🍛 Taomlar

Oʻrdakli kanape

2.7K marta oʻqildi
Oʻrdakli kanape
Moʻjizaviy gazak! Foydalanilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib, oʻzgacha lazzatlanish baxtini taqdim etuvchi taʼmni hosil qiladi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:
  • 2 dona oʻrdak koʻkrafi (filesi)
  • 2 osh qoshiq soya sousi, shakar
  • 1 osh qoshiq asal
  • 2 osh qoshiq oq sharob yoki olma sirkasi
  • 1/2 choy qoshiq tabasko sousi yoki achchiq sous
  • 1/2 choy qoshiq kraxmal
  • 1/3 choy qoshiq zanjabil kukuni (imbi)
  • 24 dona uzum mevasi
  • 24 dona kichik mosarella yoki 2 dona katta
Oʻrdakli kanapeTayyorlash usuli:
1. Har bir oʻrdak goʻshtini toʻrtburchak shaklda, 12 qismga boʻling.
Oʻrdakli kanape2. Soya sousi, shakar, asal, sirka, tabasko, zanjabil va kraxmalni birlashtiring va aralashtiring.
Oʻrdakli kanape3. Quruq, oʻrta olovda qizdirilgan tovada oʻrdak goʻshtini har tomonlama 3 daqiqa davomida pishiring.
Oʻrdakli kanape4. Sousni goʻsht ustidan quying va 1 daqiqa davomida dimlang. Oʻrdak goʻshtini laganga suzib oling, sovuting.

5. Oʻrdak goʻshti, mosarella, uzum mevasi shu ketma-ketlikni takrorlagan holda yogʻoch shixlarga oʻtkazib chiqing.

6. Tayyor gazakni koʻkat barglari bilan bezating. Dasturxonga torting.Yoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!