🍛 Taomlar

Farshli seld baligʻi

2.2K marta oʻqildi
Farshli seld baligʻi
Bu juda ham mazali! Eʼtiboringizga taomnoma uchun chinakam yangilikni taqdim etamiz. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Foydalanilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib ajoyib taʼmni yuzaga keltiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:
  • 1 dona seld baligʻi
  • 1/2 dona sabzi
  • 1 dona tuxum
  • 40 gramm yumshoq pishloq
  • 20 gramm saryog'
  • 1 osh qoshiq zaytun yogʻi
Tayyorlash usuli:
1. Seld baligʻini ichki qismini tozalang. Natijada 2 dona baliq filesi tayyorlang.
Farshli seld baligʻi2. Har bir baliq filesini 5 mm qalinlikda kesib chiqing.
Farshli seld baligʻi3. Kesilgan baliq goʻshtini mayda toʻrgʻang, pishirilgan tuxum va sabzini ham mayda shaklda toʻrgʻang.
Farshli seld baligʻi4. Aloxida idishda maydalangan masalliqlar, eritilgan saryog', qirgʻichning katta tomonidan chiqarilgan pishloqni birlashtiring. Aralashtiring.
Farshli seld baligʻi5. Stol ustiga oziq-ovqat plonkasini yoying va zaytun yogʻi surting. Baliq filesini bir qismini qoʻying. Ustiga tayyorlangan asosdan soling.
Farshli seld baligʻi6. Asos ustidan ikkinchi baliq qismini yoping. Oziq - ovqat plonkasi bilan zich qilib oʻrang. 30 daqiqaga muzlatgichga qoʻying.
Farshli seld baligʻi7. Seldli ruletini 2-3 mm qalinlikda, extiyotkorlik bilan kesing. Laganga tering va taʼbga koʻra koʻkat bilan bezating. Mazali va nozik gazakni dasturxonga torting.Yoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!