Qoʻziqorin-kartoshkali rulet

Mazali, tez va toʻyimli. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ajoyib gazak oʻrnini va mazali pirog oʻrnini ham egallaydi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!
Kerakli masalliqlar:
1. Kartoshkani tuz solingan suvda, butunlay tayyor boʻlgunga qadar pishiring. Bu vaqt mobaynida mayda toʻrgʻalgan piyozni qizdirilgan yogʻda qovuring. Shampinon, koʻkat va sarimsoqni maydalab toʻrgʻang. Pishgan kartoshkadan pyure tayyorlang. Shampinon, piyoz, koʻkat, sarimsoq, murch va tuzni kartoshka bilan birlashtiring va aralashtiring.
2. Kartoshka pyuresini ikki qismga boʻling. Lavash nonining 1 tasiga pyurening bir qismini surtib chiqing. Ikkinchi lavash nonini yoping va pyureni qolgan qismini surting.
3. Asos solingan lavash nonini rulet shaklida oʻrang. 2 sm hajmda boʻlaklarga boʻling va har tomonlama tovada qizdirilgan yogʻda qovuring.
4. Mazali va nozik ruletlarni issiq holda dasturxonga torting.Yoqimli ishtaxa!
Kerakli masalliqlar:
- 2 dona lavash noni
- 500 gramm kartoshka
- 1 dona piyoz
- 3 dona sarimsoq donachasi
- 100 gramm shampinon (pishirilgan)
- 1 bog' koʻkat
- 3 osh qoshiq oʻsimlik yogʻi va qovurish uchun
- Tuz va murch
1. Kartoshkani tuz solingan suvda, butunlay tayyor boʻlgunga qadar pishiring. Bu vaqt mobaynida mayda toʻrgʻalgan piyozni qizdirilgan yogʻda qovuring. Shampinon, koʻkat va sarimsoqni maydalab toʻrgʻang. Pishgan kartoshkadan pyure tayyorlang. Shampinon, piyoz, koʻkat, sarimsoq, murch va tuzni kartoshka bilan birlashtiring va aralashtiring.
2. Kartoshka pyuresini ikki qismga boʻling. Lavash nonining 1 tasiga pyurening bir qismini surtib chiqing. Ikkinchi lavash nonini yoping va pyureni qolgan qismini surting.
3. Asos solingan lavash nonini rulet shaklida oʻrang. 2 sm hajmda boʻlaklarga boʻling va har tomonlama tovada qizdirilgan yogʻda qovuring.
4. Mazali va nozik ruletlarni issiq holda dasturxonga torting.Yoqimli ishtaxa!Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!