🍛 Taomlar

Pishloqli mandarinlar gazagi

2.2K marta oʻqildi
Pishloqli mandarinlar gazagi
Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov! Nozik va mazali gazak! Taomnoma uchun chinakam yangilik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:
  • 3 dona sabzi
  • 300 gramm yumshoq pishloq
  • 2 dona tuxum
  • 2 choy qoshiq qaymoq
  • Taʼbga koʻra sarimsoq
  • 30 gramm saryog'
  • Taʼbga koʻra zaytun donachalari
Tayyorlash usuli:
1. Tozalangan sabzini qirgʻichning kichik tomonidan chiqaring. Sabzini eritilgan saryogʻda, taʼbga koʻra tuz va shakar solib, butunlay tayyor boʻlguncha dimlang. Soʻng, sovuting.
Pishloqli mandarinlar gazagi2. Pishloqni qirgʻichning kichik tomonidan chiqaring. Pishirilgan, mayda toʻrgʻalgan tuxum va sarimsoqni qoʻshing. 2 osh qoshiq qaymoq yoki smetanani soling va bir xil massa hosil boʻlguncha aralashtiring.
Pishloqli mandarinlar gazagi3. Qoʻlingizni suvuq suv bilan namlang va tayyorlangan pishloqli massadan mandarin shaklida, zaytun donachasini ichki qismiga joylashtirgan holda yumaloq shakllar yasang. Yumaloq sharchalarni sabziga yumalating.
Pishloqli mandarinlar gazagi4. Tayyorlangan gazakni 30 daqiqaga muzlatgichga joylang. Dasturxonga tortishdan avval koʻkat shoxchasi yoki lavr bargi bilan bezating.Yoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!