📖 Hikoyalar

Alloh oʻzi kechirsin

2 daqiqa 4.6K marta oʻqildi
Alloh oʻzi kechirsin
Chorshanba kuni ertalab nonushta paytida yoshlari 40 dan oshgan 50 ga yetmagan bir ayol toʻsatdan titroq kelibdiyu joni chiqibdi...

... Tezda kelinlari, oʻgʻillari, nabiralari qiy-chuv qilishibdi, qoʻshnilarni chaqirishibdi...
Sal oʻtmay janozaga qavmu qarindosh, yoru-birodarlar, tanish bilishlar kelishni boshlashibdi...
Oʻgʻil onasi uchun bir yaxshi taqvoli gʻassol ayolni olib keldi va oʻzi qabristonga goʻrkov huzuriga borib, onasi uchun qabr hozirlashini va mayitni peshin namozi vaqtida olib kelishligini aytib tayinladi...
Gʻassol ayol oʻz ishini mayitning kiyimlarini yechishdan boshladi...
Yotgan mayitning koʻylagini qaychida kesib yechintirgan ediki, mayit badanini qurt bosib ketganini koʻrdi...
Gʻassolga qarashayotgan mayitning 3-4 ta yaqinlari hayratdan yoqa ushlashdi...
Gʻassol ayol bu hayratni bildirmay oʻzi bilgan duolari bilan ishni suv quyishdan boshladi...

Bir xil qurtlar suvda oqib ketar, bir xillari tanadan ajratib boʻlmas darajada yopishib yotardi... Soʻng gʻassol ayol mayitni qornini bosib qornini boʻshatmokchi boʻldi... U qornini ohista bosdiyamki, qorinda yigʻilgan najas (axlat) mayitning ogʻzidan qaynab chiqa boshladi.
Koʻp urinishlarda 32 chelak suv bilan ham mayit tanasi toza boʻlmagan edi ...
Peshin namoziga yarim soat qolganida janoza uchun kelganlar mayitni koʻtarishga shay boʻlishdi.
Odamlar juda koʻp edi... Kattaroq yoshdagi qoʻshni erkak :
- Mayyit tayyormi? - deb soʻradi, lekin mayit hali kafanlanmaganini ichkaridan eshitgach, - unda peshin namozidan oʻtibroq koʻmamiz, tezlashtiringlar, - deya qattiq gapirdi.

Eshik tagida tumonat odam yigʻildi...
Asr vaqti kirdi gʻassol ayol amallab kafanladi va tobutga yotqizishdi...
Odamlar tobutni koʻtarib uydan olib chiqib ketishdi. Janoza oʻqildi.
Mayitning oʻgʻillari xilxonasi tomon odamlarni boshladi...
Oʻgʻillar ne koʻz bilan koʻrsinlarki, bir emas 3 ta goʻrkovlar hali lahatni kovlab ulgurushmabdi...
Xamma hayron!
... Goʻrkovlar yarim metr xam yerni kovlab ochisha olmagan edi...
Qarindoshlar ichidan 90 yoshni oralagan bir moʻysafid chol janozadagilarga yuzlandi va:

- Jon bolalarim... Bu mayitga janoza oʻqildi, telefonlaringizni oʻchiringlar. Amallab mayitni qabrga qoʻyishimiz shart! Bu Allohning ishlari! Goʻrkovlardan lopatka ketmonlarni olinglar! Men qabr ustida duo qilib Qurʼon oyatlardan oʻqib turaman... Galma-gal goʻrkovlarga qarashib yuboringlar! – dedi.
Qabristonga kelgan barcha odamlar birma bir qabrga ketmon urishibdi...
Ayrimlar qabristondan ketib ham qolishibdi...
Hullas, shom vaqti ham oʻtib xufton mahal kirganida, 12 ta qarindosh bilan mayitni yerga qoʻyishibdi va uyga qaytishibdi.
Ertasi kuni bu janoza voqeasi hamma joyga tarqalib ketibdi...

... Kelinlar aytarmish:
- Yer borib aytmasinu, oyimlarni bir chiroyli gaplari yoʻq edi. Ogʻzilari juda shaloq boʻlib, oʻtgan ketganni, oʻlik tirikni yomon qargʻardilar. Hech kimga kun yoʻq edi ...

...Yaqin qoʻshnilari aytarmish:
- Yer borib aytmasinu, kiyim kechak, tilla taqinchoqqa juda oʻch edilar, bozorlarda behudaga pul sovurib, gapma gap, toʻyma toʻy yurishdan qolmasdilar...

... Tanishlari oʻrtoqlari aytarmish:
- Yer borib aytmasinu, davralarda juda katta gapirib, hech kimni mensimay, soddaroqlarimizni jerkib, kamsitardilar...

... Odamlar soʻrashibdi:
- Astagʻfirulloh ... Bu ayolni ibodati, namozlari, tutgan roʻzasi, hech boʻlmasa yetim yesirga qilgan sadaqasi bormi?
... Hamma jim turib yelkasini qisarmish...

... Yon atrofimizda boʻlgan bu voqea biz tiriklarga ibrat boʻlsin, azizlarim.... Feʼlimizni keng qilib, bolalarimiz, yaqinlarimiz qoʻni-qoʻshnilarimizni dilini ogʻritishdan, dilozorlikdan saqlanaylik...
... Bu oʻtkinchi dunyodan oʻzimiz bilan faqat va faqat qilgan yaxshi amallarimizni, sadaqa savoblarimizni, beminnat qilgan yaxshiliklarimiz savoblarini olib ketaylik...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Gʻazab
Hikoyalar

Gʻazab

12-sentabr, 20203.5K
Olmos
Hikoyalar

Olmos

10-sentabr, 20202.2K
Otam
Hikoyalar

Otam

18-sentabr, 20203.3K