Otam

Oʻsmirlik yillarim edi. Nima boʻldi-yu, bir kuni nogaxon nojoʻya soʻz tufayli otamning dilini ranjitib qoʻydim. Bir ozdan soʻng uyimga keldim, qilgan aybimni oʻylab, koʻzlarimga yorug‘ dunyo tor boʻlib ketdi. Endi qanday qilib otamdan kechirim soʻrash yoʻlini izlay boshladim. Otam uyimiz oldidagi yoʻl boʻyiga mevali daraxt oʻtkizayotgan edi. Men oʻzimni goʻyo otamga qarashayotgan tutib, yonida kuymalana boshladim. Ammo otam mening kelganimni sezmaganday oʻz ishi bilan ovora edi. Otam mening kelganimga parvo qilmagani sayin ezilib borardim.
Nihoyat, sukunatni buzish maqsadida soʻz boshladim:
- Ota, nega hamma joyga mevali daraxt ekaverasiz? Shunda otam:
- Bolam, noqobil farzanddan koʻra shu mevali daraxt xam yaxshida, - deb javob berdi.
Otamning bu javobi yuragimga oʻqdek qadalgandi. Naxotki, shu mevali daraxtcha boʻlolmagan boʻlsam?... Toʻgʻri, otam meni kechirdi. Keyinchalik otamning imkon qadar dilini ogʻritmaslikka harakat kildim. Mana, oradan ancha yillar oʻtib ketdi. Otam bu foniy dunyoni tark etib, boqiy dunyoga rixlat qildi. Otam ekkan oʻsha olma daraxtlari bugun gʻarq pishib xosilga kirdi. Goxida uyda turib koʻchadan oʻtgan odamlarning "shu daraxtni ekkanga raxmat", degan soʻzlari qulogʻimga chalinib qoladi. Shunda men oʻyga tolaman: Oxirgi marta qachon "Otangga raxmat", degan soʻzni eshitdim. Baʼzan kechalari uyqum qochadi, koʻchaga chiqib oʻsha daraxtni otamni quchganday quchaman va:
"Otam avliyo ekan", deyman shivirlab...

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!