📖 Hikoyalar

Shayton aralashdi

8.1K marta oʻqildi
Shayton aralashdi
Rivoyat qilinishicha, bir kishi hazrati Abu Bakr Siddiqni haqorat qildi. Paygʻambar alayhissalom ham oʻsha joyda edilar. U zot boʻlayotgan voqeadan ajablanib, hatto tabassum ham qildilar.

Haligi kimsa haqoratni juda koʻpaytirib yuborgach, Abu Bakr ham unga bir-ikki ogʻiz gap bilan javob qaytardilar. Shunda Nabiy alayhissalomning jahllari chiqdi va joylaridan turib ketdilar. Abu Bakr ham ortlaridan ergashib:

– Ey, Allohning Rasuli, u meni soʻkkanida indamay oʻtirgan edingiz, baʼzi soʻzlariga javob qaytarganimda esa, gʻazablanib, turib ketdingiz? – dedilar.
Shunda Paygʻambar alayhissalom:

– Oldin yoningda bir farishta turib, haqoratlarni sendan qaytarayotgan edi, bir-ikki soʻz aytganingdan keyin farishta ketib, shayton keldi, men shayton bor joyda oʻtirmayman, – dedilar.

"Koʻhna dunyo rivoyatlari" kitobidan

HOZIRGI ZAMONDA: Hozir bunday hollarda shaytonning kelishining hojati ham yoʻq. Oʻzimiz hatto shaytonni xijolat qiladigan darajada javobini berib yuboradigan boʻlganmiz! Bu ishimiz bilan nomai aʼmolimizni ortiqcha gunoh soʻzlar bilan toʻldirayotganimizni oʻylamaymiz ham!
Afsus...bazilarimiz Allox uzi kechirsin Barchamizni
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Gʻazab
Hikoyalar

Gʻazab

12-sentabr, 20203.5K
Olmos
Hikoyalar

Olmos

10-sentabr, 20202.2K
Otam
Hikoyalar

Otam

18-sentabr, 20203.3K