📙Naqadar goʻzal axloqlisiz, yo Rasulalloh!

Qishloqdan bir kambagʻal kishi, qoʻlida bir kosada toʻla uzum ila Rasululloh sallollohu alayhi va sallam huzurlariga, hadya qilmoq niyatida keldi.
Rasululloh sallollohu alayhi va sallam qoʻlidagi bir kosa uzumni olib undan yedilar, bir marta olib yeganlaridan keyin bir tabassum qildilar, ikkinchi bor olib yeganlaridan soʻngra yana jilmaydilar.
U zotni tabassumlarini koʻrgan faqir kishi xursandligidan osmonga uchay dedi.
Atrofida turgan U zotning asʼhoblari qarab turardilar ammo har galgidek asʼhoblariga bu safar uzumni ulashmadilar hatto kosadagi uzumni har yeganda tabassum qilib, oxirigacha yeb tugatdilar.
Faqir kishi xursandligidan oʻziga sigʻmay, qaytib ketdi.
Sahobai Kiromlar Rasululloh sallollohu alayhi va sallamga qarab:
– Yo Rasulalloh! Nima uchun bizni uzumga sherik qilmadingiz? – dedilar.
Rasululloh sallollohu alayhi va sallam ularga bir tabassum qilib:
"U uzumdan bir olgandim judayam achchiq ekan, sizlar ila sherik boʻlsam, birortangiz u kishini xursandligini buzib qoʻymoqligingizdan qoʻrqdim! dedilar".
Assolatu vassalamu alayka,
yo Rasulalloh

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!