Buxoriyning onasi

Farzandlarini yeru koʻkka ishonmay yurgan Fotimani Allohning yana bir imtihoni kutardi. Bir kuni goʻdak oʻgʻli Muhammad atak-chechak qilayotib, yiqildi. Shunda yerda yotgan bir shoxcha uning koʻziga zaxa yetkazdi. Oradan uch-toʻrt kun oʻtgach, ona farzandining koʻrmayotganini payqab qoldi. Fotima dunyoni unutdi. Allohga nola qildi. Shu topda u oʻgʻlining koʻra olishi evaziga hamma narsasini berishga tayyor edi. Katta oʻgʻli bilan birga buxorolik mashhur tabibnikiga joʻnadi.
Qartaygan, koʻzlari qisiq, titroq qoʻlli tabib oʻgʻlini obdon sinchiklab koʻrib, davolashga ojiz ekanini aytdi. “Shifo yolgʻiz Allohdan!” deb taskin ham berdi. Fotima tabib huzuridan boʻshashib, oyoqqoʻli holsiz qaytdi.
Fotima sarosimaga tushmadi. U tunlari toatibodatda bedor, kunduzlari roʻzador boʻlib, Allohga iltijo qilib yolvordi, chin ixlos va umid bilan farzandining kasaliga shifo soʻradi.
Kunlarning birida juda toliqib, ozroq uxlagan edi, tush koʻrdi. Hassa tutgan baland boʻyli, yuzi nurli, koʻrkam soqolli bir qariya tushiga kirdi. Keyin bilsa, bu zot Ibrohim Xalilulloh alayhissalom ekanlar. U kishi Fotimaning qarshisiga kelib, unga xursand holda: “Ey ayol, Allohga koʻp yolvorib yigʻlaganing, tinmay duolar qilganing samarasiz ketmadi. Mehribon Alloh oʻgʻlingga koʻzlarini qaytarib berdi”, dedilar.
Uyqudan yuragi hapqirib uygʻondi. Shoshilinch oʻgʻli yotgan xonaga chopdi. Kirib qarasa, koʻzi yana hammayoqni koʻra boshlagan oʻgʻli oʻrnida jilmayib yotardi. Ayol umid-iltijosi mukofotiga berilgan bu yaxshilikdan cheksiz sevindi. Allohga hisobsiz shukrlar aytdi, hamdu sanolar yoʻlladi.
Onasi suyib-ardoqlab oʻstirgan bu bola keyinchalik hadis ilmining sultoni, ulug‘ muhaddis Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (Imom Buxoriy) boʻlib yetishdi.

Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!