📖 Hikoyalar

​​🌱🌹 Ibratli hikoya

2 daqiqa 11.6K marta oʻqildi
​​🌱🌹 Ibratli hikoya
Rum shaxriga bir yosh savdogar tashrif buyurdi. Bu shaxarda mashxur bir tikuvchi bor edi. Yosh savdogar shu chevarda kiyim tiktirishni xoxladi.

Yoʻlovchi moʻysafiddan chevarning doʻkoni qayerdaligini soʻradi. Moʻysafid unga chevarning doʻkoni qayerda ekanligini tushuntirib berdi va ogoxlantirdi:

- Bolam, u mashxur chevar boʻlgani bilan, qoʻli egri. Extiyot boʻl. Mana man deganlarning matolaridan oʻzlariga bildirmay qirqib oladi.
- Ex otaxon, men savdogarlikni bekorga qilib yuribmanmi? Oʻgʻridan koʻpini koʻribmanmi? Xali mening matolarimni oʻgʻirlaydigan oʻgʻri tugʻilmagan!

- Bolam u juda moxir oʻgʻirida!
- Otaxon, mendan xech narsa ololmaydi. Manzilni koʻrsatganingiz uchun raxmat!

Otaxonga shu javobni aytib, savdogar chevarning doʻkoni tomon ravona boʻldi. Doʻkonni qidirib topdi. Ichidan chevar chiqib keldi. Chevar shunday mulozamat qildiki savdogarga, xuddi ming yillik tanishlardek kutib oldi. Savdogar chevarning oldiga oʻzi bilan olib kelgan qimmatbaxo matoni yoydi. Chevar savdogarning oʻlchamlarini olib matoni qaychi bilan qirqa boshladi.

Oʻz ishini bajarayotib Rumning goʻzal qizlari xaqida gapirardi, turli xil latifalar aytardi. Latifalarning qiziqligidan savdogar boshini tepaga qilib, qaxqaxa otib kulardi. Chevar bu onda tezlik bilan matoning bir tomonini qirqib olar va berkitar edi.

Keyingi safar undan xam kulguliroq latifa aytardi. Savdogar kulaverganidan koʻzlari yumilib ketar, bu onda chevar matoning yana bir parchasini qirqib olib yashirar edi. Birdaniga chevar jim boʻlib oʻz ishini bajarishda davom etdi.

- Ey chevar, juda qiziq latifalar bilar ekansan. Nega jimib qolding? Davom et . . . - dedi savdogar.
- Ey savdogar, agar yana bir marta latifa aytsam, senga kiyim tor kelib qoladi . . . deb javob qaytardi.

Aziz dindoshim, endi sizga bu qaxramonlarni tanishtiray:
Xikoyadagi savdogar bu - siz, men, barcha insonlar. Moʻysafid esa bizga nasixat qilguvchidir. U otamiz, ustozimiz, xikoya, ibratli voqea va xokazolardir. Chevar bu dunyodir. Uning qirqib olayotgan qimmatbaxo matosi esa, insonning qimmatli vaqtidir.

Dunyo shunday, sizga kulgili, koʻngil-ochar narsalarni koʻrsatib, vaqtingizni oʻzining oʻtkir qaychisi bilan “zip” etib qirqib olaveradi. Buni payqamay qolasiz. Baʼzan payqaganingizda, kiyimingiz tor kelib qolgan boʻladi. Yaʼni vaqtimiz juda oz qolgan boʻladi dunyoda. Vaqtni bekor sarflamaslikni bugun sizga va oʻzimga nasixat qildim!
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.