Eng yahshi aka

Bankning yonida katta-qip-qizil oʻta hashamdor mashina turardi. Uning yonida esa kichkina, yetti–sakkiz yashar bolakay, unga tikilib qolgandi.
Koʻzlarini katta katta ochib hayajon va havas bilan atrofida aylanib tomosha qilardi.
U xayratdan koʻzlar chaqnab tikilib qolganidan, ortidan kelgan qimmatbaho elegant kastyum shim kiygan yigitni payqamay qoldi.
— Ha bolakay, mashinam senga yoqib qoldimi?
Oʻta zamonaviy kiyingan, soch soqoli oʻziga yarashgan, boyvuchcha yigit boʻlsa kerak, yupungina kiyingan ozgʻingina bu bolakayga mensimay qaradi..
U bankdan katta pul olib chiqayotgan boʻlsa kerak, qoʻlida qora keys uni bir qoʻlida aylantirib mashinaning orqa oʻrindigʻiga qoʻydi. Soʻng esa qoʻlida ikkita buxanka non ushlab olgan bolakayga qarab qoʻydi:
— Bu mening akamning sovgʻasi, u sehrgar emas, shunchaki eng kuchli bankir, bitta-yu bitta ukasiga eng zoʻr mashinani sovgʻa qiladi-da.
— Mashinangiz juda xam chiroyli va zoʻr ekan. Akangiz xam juda boy ekan, oh, qaniydi men xam.... Bolakay gapini tugata olmadi.
— Shunaqa akang boʻlishini xohladingmi ? — soʻradi boyvuchcha yigit:
— Yoʻq, men xuddi sizning akangizdek aka boʻlishni istayman..
Bu javobdan yigitning yuragi uvishib, juda ham gʻarib boʻlib ketdi, biroz oʻylanib qoldi.
— Xohlaysanmi, seni aylantirib kelaman?
Bolakay shu qadar sevinib ketdiki, baxtdan sakrardi..
Mashina yoʻlga tushdi..
Qimmatbaho charm qoplangan oʻrindiqlarda ikki xil dunyo — birining ongi shuurida gʻij-gʻij boylig-u davlat, ikkinchisining qalbida mehrdaryo muhabbat limmo-lim toʻla ikki inson ketib borardi.
Bolakay shunaqa qimmatbaho mashinada minib ketayotganidan magʻrurlanganicha, koʻchadagilarga gʻurur bilan qoʻl siltar ekan, sal narida koʻringan koʻp qavatli uylarni koʻrib qoʻl silkidi va:
— Aka maylimi mana shu domning podʼezdi yonigacha meni olib borib qoʻying, sizdan iltimos , u qoʻshnilariga ham maqtanmoqchi shekilli, deb yigit miyigʻida kulib, bosh irgʻadi va mashinani bola aytgan podʼezd yonigacha olib kelib toʻxtatdi..
Shunday qimmatbaho mashina podʼezd yoniga kelib toʻxtaganini koʻrib, xamma qoʻshnilar derazalaridan moʻralay boshlashdi. Bolakay gʻayrat bilan eshikdan tushib yigitga oʻgirilib qaradi.
– Aka, besh daqiqa meni shu yerda kutib turing, iltimos sizdan.
Oʻzi esa shamoldek, podʼezdga kirib ketdi va ikkinchi qavatga uyiga kirdi.
Xonada esa, besh yashar ukachasi, qanaqadir rasmli kitobchani varaqlab oʻtirardi.
Ukasi tugʻma oyoq falajligi bilan tugʻilgandi. U xech qachon yura olmasdi, faqat nogironlar aravachasiga bogʻlanib qolgandi.
Akasi ukasini bir amallab koʻtarib tashqariga olib tushdi.
«Qara koʻryabsanmi Sanjar, qara qanaqa daxshat zoʻr mashina , mana bu akaning akasi ukasiga sovgʻa qilibdi! Soʻng esa goʻyoki qasamyod etayotgandek ishonch bilan ukasiga qaradi:
— Men katta boʻlsam boy boʻlaman , keyin senga xam xuddi shunday zoʻr mashina sovgʻa qilaman. Keyin uydan magazinga magazindan uyga bemalol borib kelaveramiz! Senga koʻp oʻyinchoqlar sotib olamiz..
Keyin esa mashinangda Xudoning uyiga borib senning oyoqlaringni tuzalib ketishini soʻraymiz».
Yigit hoʻngrab yigʻlab yubordi va mashina eshigini ochdi:
— Kutib nima qildik? Mana mening mashinam borku, sizlarni magazinga ham eltib qoʻyadi.. Agar soʻrab surishtirsak, Xudoning oldiga ham yoʻlni topamiz ….

Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!