Erni davolovchi dori

Bir ayol dugonasini oldiga kelib eridan shikoyat qila boshladi:
- Erim qachon uyga kelsa menga tashlanadi, baqiradi, tergaydi, bundan qutulishni iloji boʻlmayapti...
Dugonasi:
-Bilasanmi dugonajon, menda bir dori bor, uni menga bir tanishim bergan edi, qaysi ayol bu dorini istemol qilsa eri tinchlanib, sokin boʻlib qoladi. Senga undan bir shisha beraman. Dorini qoʻllash uslubini yodingda tut: Qachon ering kelib senga baqirishni boshlasa, sen darhol dorini qoshiqga olib ogʻzinga sol, lekin yutib yuborma, qachon ering tinchlansa, keyin yut, - dedi.
Ayol dorini olib uyiga ketdi. Bir haftadan keyin dugonalar yana uchrashishdi. Dorini istemol qilgan ayol dugonasiga:
-Rahmat senga, haq ekansan, dori erimga yaxshi taʼsir qildi. Qachon dorini ogʻzimga solsam, oʻsha zahoti erim tinchlanib qoladi, - dedi xursand boʻlib.
Dugonasi:
- Eringni tinchlantiruvchi dori - bu aslida sukutingdir, - dedi.
Er gapirganda sukut saqlashni oʻrganing, ayollar! Bu ish faqat va faqat foyda keltiradi, urush-janjallarni daf qiladi, roʻzgʻoringizga baraka olib keladi! Ayol kishi eriga gap qaytaradigan, hurmatsizlik qiladigan, odobsiz boʻlsa, Alloh asrasin, bunday oila tagidan yemirilgan oila hisoblanadi va ertami-kechmi u qulab tushadi, parchalanib ketadi!.....

Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!