🌱🌹IYMON qadrini bilamizmi?

Bir daʼvatchi domla hikoya qiladi:
Amerika viloyatlaridan birida qaysidir bir mavzuda maʼruza qilayotgan edim, maʼruzam asnosida bir kishi oʻrnidan turdida:
- Domla, bu kishiga kalimai shahodatni aytdirib, talqin qilib yuborsangiz, – deb, yonida oʻtirgan amerikalik - sariqdan kelgan kishiga ishora qildi.
Men xursand boʻlganimdan: "Allohu akbar" deb yubordim. Zero, Islom neʼmati Alloh yorlaqagan kishilargagina nasib boʻladigan bebaho bir gavhar...
Amerikalik yonimga kelib, odamlar roʻbaroʻsida turgach, soʻradim:
- Sizni bu Dinga kirishga nima undadi, undagi qaysi narsa oʻziga jalb qildi?
- Men anchagina boy odamman, shirkatlarim, boyliklarim koʻp, biroq hech vaqt ich-ichdan qalbimda baxt tuygʻusini, saodat shuurini tuymas edim... Qoʻl ostimda bir Hindistonlik ishchi shirkatimda ishlar, ozgina oylik olar edi.. Qachon oldiga bormay, uni doim jilmaygan, xotirjam holda koʻrardim...
Men - millionlar sohibi esa oʻsha koʻrimsiz kambagʻalchalik hech vaqt jilmaya olmayotganligim meni juda taajjubga soldi..
Oʻzimga-oʻzim: Pullar, shirkatlar egasi men boʻlsamu, mana bu qashshoqning yuzidan tabassum arimasa?! dedim. Goʻyo bu yerda bir sir bordek tuyular, har koʻrganimda oʻsha sirni ochishga, haqiqatidan voqif boʻlishga ishtiyoq menda ortar edi...
Oxiri bir kuni oldiga keldimda, oʻtirishga taklif qilib, soʻradim:
- Nega doim jilmayib yurasiz, bunda biror sir bormi?
U oʻzining odatdagi jilmayishida davom etib, xotirjamlik bilan, soddagina qilib:
- Chunki men Alxamdullilox musulmonman, "La ilaha illalloh, Muhammad Rosullulloh" deb guvohlik berganman, - dedi...!
- Bu degani – musulmon doim baxtli, doim xotirjam deganimi?
- Albatta!
- Qanday qilib axir?
- Chunki suyukli paygʻambarimiz bizga shu hadisni aytib oʻtib ketganlar:
"Mo‘’min ishi juda ajoyib-da.. Uning barcha ishlarida yaxshilik bor, qanday ahvolda boʻlmasin, yaxshilik uni tark etmagay: Qiyinchilik, gʻam-qaygʻu yetadigan boʻlsa, sabr qiladi, yaxshilik koʻradi.. Yengillik, xursandlik yetadigan boʻlsa, shukr qiladi, yaxshilik koʻradi.."
Hayotimiz shu ikki narsadan xoli emas – gʻam-qaygʻuyu xursandlik..
Ogʻirligu yengillik..
Baxt ustiga baxt.. Ayting, baxt bu – qalb sokinligi, dil osoyishtaligi emasmi?
U gapini oʻsha odatdagi shirin tabassumi ila tugatar ekan, men qatʼiy qarorga kelib ulgurgan edim:
- Men bu dinga kirmoqchiman.
- Juda oson, oʻsha yuqorida men aytgan kalimai shahodatni keltirasiz..
Mana, oʻsha kalimani aytish uchun yoningizda turibman...
Yuragim bir toʻlqinlanib, odamlar oldida unga shahodatni oʻrgatib turdim, amerikaliklarga xos buzib-buzib, tili arang kelib, shahodatni aytdi-da, soʻng ich-ichidan kelgan yigʻisini tutolmadi, hoʻngrab yubordi.. Yupatmoqchi boʻlib kelganlarga: "Qoʻyinglar, koʻnglini boʻshatib olsin", dedim.
Yigʻidan toʻxtagach, biroz oʻngʻaysizlikka tushib, sababini bayon qildi:
- Shu vaqtga dovur qalbimga bu qadar osoyishtalik, surur kirmagan edi, buni ilk bor sezish kishini juda hayajonga solib yuborar ekan...
Ha.. Dil oromi, qalb lazzati Qalb osoyishtaligi Qurʼon tilovati, namoz, roʻza, sadaqayu ehsonlar, bir soʻz bilan aytganda..... Imon Islom dini naqadar goʻzalligini his ettiradi...
Dil oromi uchun... Har kuni La Ilaha Illallox kalimasini zikr etib qoʻying... Yangitdan tugʻilgandek boʻlasiz..

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!