📖 Hikoyalar

Oʻz manfaatini oʻylagan Shox

2 daqiqa 3K marta oʻqildi
Oʻz manfaatini oʻylagan Shox
Qadim zamonlarda bir podshox oʻz shaxrida masjid qurdirmoqchi boʻlibdi. U masjidni qurishda xech kim na biror moli va na biror boshqa narsa bilan yordam bermasligini qattiq tayinlabdi. Chunki u masjidni biror bir yordamsiz, faqat oʻzining molidan qurdirmoqchi ekan...

Shunday qilib masjid qurilishi xam boshlanibdi. Masjid qurilishi yakunlangandan soʻng, podshoh masjid tepasiga naqshinkor xarflar bilan oʻz ismini yozdirib qoʻyibdi.

Oʻsha kechasi podshoh bir tush koʻribdi. Tushida samodan bir farishta tushib, masjidda yozilgan nomni oʻchirib oʻrniga bir ayolni nomini yozib qoʻyibdi. Podshoh xavotirga tushgan xolda uyqudan uygʻonibdi va askarlarini oʻsha masjidga - ismi yozilib turibdimi, yoʻqmi bilib kelish uchun yuboribdi. Ular qaytib kelishgach:

- Xa shohim, ismingiz oʻzingiz yozdirganingizdek turibdi, - deyishibdi.

- Xa, bu shunchaki uzuq-yuluq tush ekanda, - deb qoʻya qolibdi podshoh...

Ikkinchi kechada xam podshoh aynan shu tushni koʻribdi. Samodan bir farishta tushib, masjidda yozilgan podshohning nomini oʻchirib, bir ayolning ismini yozib qoʻyibdi. Tongda shoh uyqudan uygʻongach, yana masjidga ismi yozilganmi yoʻqmi aniq bilib kelishlarini taʼkidlab joʻnatibdi. Ular qaytib kelishgach, ismi xali xam yozilib turganini aytishibdi. Podshoh xam taajublanibdi, xam jahli chiqibdi...

Uchinchi kechada xam aynan shu tush takrorlanibdi. Podshoh uyqudan uygʻongach, farishta ismini yozgan ayolni ismini eslab qolibdi. Soʻng shu ayolni topib kelishni buyuribdi.
Uning oldiga qari bir munkillab qolgan ayolni olib kelishibdi. Podshoh undan:

- Masjid qurilishida biror yordam berganmiding? - deb soʻrabdi.

Ayol:
- Men qari, yoshi katta bir ayol boʻlsam. Buning ustiga sizning masjid qurilishiga: "XECh KIM YoRDAM BERMASIN!" degan buyrugʻingizni xam eshitgan boʻlsam. Qanday qilib sizga itoat qilmasligim mumkin? - debdi.

- Alloxning nomi bilan soʻrayman, masjid qurilishiga aloqador qanday ish qilganding? - deb yana soʻrabdi podshoh.

Ayol:
- Alloxga qasamki, bu masjid qurilishida xech qanday ish qilmadim, faqatgina...

- Nima faqatgina??

- Qurilish boʻlayotgan paytda masjid yonidan oʻtayotgan edim. Qurilish ashyolari va yogʻochlarni tashiydigan eshakni qoziqqa bogʻlab qoʻyishganini koʻrdim. Bechora qancha urinmasin yonida turgan chelakdagi suvga etolmas, tashnalikdan xolsizlanib borardi. Raxmim keldi, chelakni unga yaqinlashtirib qoʻydim va u suvdan qonib ichdi. Qilgan ishim shu holos, - dedi ayol.

Podshoh esa boshini silkitib, hoʻrsingan xolda:
- Sen bu ishni XOLIS ALLOX UChUN qilganding, Allox bu amalingni qabul qildi. Men esa bu ishni falonchining masjidi deyishlari uchun qilgandim, Allox bu ishimni qabul qilmadi, - dedi.

Shundan keyin podshoh, masjid peshtoqidagi oʻz ismini oʻchirtirib, keksa onahonning ismini yozib qoʻyishni buyurdi.

SubxanAllox! Nazdingizda kichik tuyulgan xar qanday "YaHShILIK"ni xam xaqir sanamang. Zero, u siz uchun abadiy SAODAT EShIKLARIni ochishi mumkin.
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.
Hikoyalar

Bir yosh yigit hikoya qiladi

15-avgust, 20183.1K