📖 Hikoyalar

Bir yosh yigit hikoya qiladi

3.1K marta oʻqildi
Bir kuni onam bilan tortishib qoldik. Ovozlar koʻtarilishgacha bordi. Oldimdagi kitob-daftarlarimni zarda bilan stol ustiga otdim-da, honamga kirib ketdim. Oʻsha paytda koʻnglimga qil ham sigʻmasdi. Odatda biror narsadan qattiq hafa boʻlsam, uyqu bilan yozilardim . . .
Ertasi kuni universitetdan qaytayotib, oʻzimni qoʻyarga joy topolmay, qaerda yurganimni ham bilolmay, bezovtalanib, ohiri mehribon onajonimga hazilnamo bir noma yozdim. Nomada jumladan shunday deyilgandi:

"Eshitishimcha, inson oyogʻining osti ustiga nisbatan muloyimroq va yumshoqroq boʻlarkan. Muborak oyogʻingiz shu gaplarning toʻgʻriligini lablarim bilan tekshirib koʻrishimga ijozat berarmikin!"

Uyga kelsam, volidam meni ostonada kutib turardilar. Koʻz yoshlari yanoqlariga oqib tushardi.
Dedilar: "Oyogʻimni oʻpishingga hech qachon ruhsat bermayman. Sen aytgan gapga kelsak,men uning toʻgʻriligini yosh paytingda oyoqchalaringning ustini ham, ostini ham oʻpaverib, allaqachon bilib boʻlganman".
Koʻz yoshlarim yuzimni yuvdi!

Parvardigorim amri ila ular bir kuni oʻtib ketadilar. Bas, bu kunlarni gʻanimat bilib, hizmatlarini qilib qolinglar. Oʻtib ketgan boʻlsalar, duoi hayr ila yod olinglar!
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.