📖 Hikoyalar

Bir yigitning xasratli xikoyasi

2 daqiqa 3.9K marta oʻqildi
Bir yigitning xasratli xikoyasi
Shu yilgacha onam sogʻlom edi. Toʻgʻrirogʻi men shunday deb oʻylagan ekanman. Chunki onam namozlarni tik turib ado qiladigan, ramazon roʻzalarini, xatto nafl roʻzalarni xam qiynalmasdan tutadigan, nafl ibodatlarni aslo kanda qilmaydigan muhlisa ayol edi. Men xam namoz oʻqiyman, roʻzalarni tutaman. Men ramazon oyida ota-onam bilan birga saxarlik qilishni, ular bilan birga oʻtirib iftorlik qilishni oʻzim uchun unchalik muxim sanamas edim. Toʻgʻrisini aytsam, ularning hizmatini qilishga biroz beparvo edim. Shuning uchun boʻlsa kerak, saxarlik va iftorlikda ular nima eb-ichayotganiga xam eʼtibor qilmaganman. Oʻzim esa saxarlik vaqti tugashiga oʻn daqiqa qolganda uygʻonib, dasturhonda nima bor boʻlsa, shuni eb-ichib ogʻiz yopardim va bomdodni oʻqib yana uyquni davom ettiraverar edim.

Ota-onam bilan birga saxarlik qilishimiz uchun hotinimga “taom tayyorlab ber” deb aytmaganman. Hotinimni ayaymanmi yoki undan qoʻrqamanmi bilmadim?! Balki hotinim roʻza tutmagani uchun uni tong saxarlab uygʻotgim kelmagandir. Extimol ...

Farzandlarim yoki hotinim betob boʻlib qolsa, darxol doʻhtirga chopaman. Lekin onamni biror marta doʻhtirga olib borganimni, uning sogʻligi uchun tunlari bedor boʻlib qaygʻurganimni eslolmayman. Onam esa doʻhtirga oʻzi borib koʻrinar edi. Indamagani uchun boʻlsa kerak, yahshi ekan deb hotirjam yuraveribman. Aslida, uch-toʻrt yil oldinoq doʻhtir onamga roʻza tutishni taqiqlagan ekan. Musulmon boʻla turib roʻza tutmaslikni tasavvur qila olmagan onam qiynalib boʻlsa xam roʻza tutaveribdi. Doʻhtir onamga parhezni buyurganini bilar edim. Lekin onamga nima mumkin, nima esa mumkin emasligini men notovon soʻrab xam koʻrmabman. Uyga bozorlik qilsam, oʻzimga yoqadigan narsalarni harid qilib kelaverar edim. Hotinim nimani yoqtirishini bilamanu, lekin onam nimalarni yoqtirishini bilmayman.

Endi esa onamning betobligi gʻolib kelib, bu yildan (2018) boshlab roʻzani tutolmayapti. Namozlarni xam deyarli oʻtirib oʻqiyotgan ekan.

Onam xajga olib borishimni rosa hoxlar edi. Imkonim boʻla turib, buni xam shu kungacha ortga surib keldim. Xozirgi kunga kelib uzoq safar qilishga toqat qilolmaydigan boʻlib qoldi.

Bu yil xam roʻza tutyapman. ...

Endi onamga saxarlik yoki iftorlik qilib berishimning foydasi yoʻq. Endi onam bilan birga saxarlik qiladigan boʻlsam, tong saxar onamni bezovta qilgan boʻlaman. Chunki onam roʻza tutolmaydi.

Afsusdaman, duo qilinglar, Allox taolo onamga shifo bersin, onam bilan birga saxarlik va iftorlik qilay, onamga saxarlik va iftorlik taomlarini oʻz qoʻllarim bilan edirib qoʻyay, iltimos duo qilinglar!

Xa, azizlar, extimol biz xam mazkur yigit kabi beparvolikka yoʻq qoʻyayotgan boʻlishmiz mumkin. Ota-onamizni gʻanimat bilaylik. Umr oʻtib boryapti, ota-onamiz bizni kutib turishmaydi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!