📖 Hikoyalar

Hazonli kunlar. Tuzoq... 5-qism

9 daqiqa 3.8K marta oʻqildi
Hazonli kunlar. Tuzoq... 5-qism
Sarvihonning yonidan bir axvolda chiqqan Shavkat aka uyidagi yolgʻiz qolgan bolalaridan havotir ila uyiga tomon yoʻnaldi. Sarvihonning yonida ota–onasi qarab qoldi. Shavkat aka uyiga borgach, hotinining yuzini koʻrmaslikka umid qilardi, chunki kecha uni ertalab uyiga dap boʻlishini tayinlab kelgan edi…

Mashinani xovliga kiritib, honasiga yoʻl oldi. Hona ship–shiydam, hotini xamma narsani egʻishtirib ketgan ekan. Oshhona tomon yoʻl olgan ShAvkat aka ikki oʻgʻlining oʻz honalarida nimalardir oʻynab yotardi. Oshhonada esa kimdir taraq–taraq qilib nimalardir tayyorlardi. Shavkat aka hotinining ketganligi xisobga olib xam xayron, xam qiziqib oshhonaga kirib bordi. Qarasaki, qizi Nuriya qozonda nimalardir tayyorlardi. Shavkat aka jilmayib, qizini kuzata boshladi.

–Ona qizim, nimalar tayyorlayapsan?

–Shoʻrva qilyapman ota, shirin chiqmasa indamaysizmi?

–Yoʻg'–e qizim, sizning tayyorlagan ovqatlaringiz men uchun dnyodagi eng shirin ovqat. Faqat extiyot boʻling qizim, –deb honasiga qaytmoqchi boʻldi. Ammo hotinini soʻrash esidan chiqqanligi bois yana iziga qaytdi.

–Qizim, enang ketdimi?
–Xa, ketdilar enam, yigʻlab–yigʻlab ketdilar. Bizam yigʻladik, boshqa qaytmaydilarmi?, –deya yigʻladi Nuriya.

–Qaytmaydi, qaytmaydi, endi oʻzimiz yashaymiz.

–Siz uyga yangi ena olib kelasizmi? –deb javdirab qaradi Nuriya.

–Kim aytdi senga buni? Yangi ona keladi deb kim aytdi?

–Enam aytdi. Senlarga yangi ena olib keladi otlaring, yoshginasida olib keladi, maktabni bitirmaganidan topib olib keladi dedi, –deb yana yigʻla shni boshladi.

–Bizga yangi ena xam, eski ena xam kerakmas, oʻzimiz yashayveramiz, yangang kelib biz bilan yashayveradilar.

–Vooyyy, jiyanli boʻldikmi ota?

–Afsuski… xa mayli, ona qizim, ovqatingni tayyorlayver, –deb kiyimini almashtirish uchun honasiga kirib ketdi…

……………………….

Shifokorlar Sarvihonga javob berishgach, uni ota–onasining uyiga olib ketishdi. Chunki erining uyida uning dam olishiga sharoit yoʻq edi. Mexri hola xayotdan koʻngli sovugan qizinig atrofida girdi kapalak edi. Sarvihon jimgina bir nuqtaga tikilib koʻzlarida yosh qalqib turardi. Onasi unga qanchalik mexr bermasin u uchun dunyo rangsiz edi, uning ilk jigarporasidan ayrilgani u uchun bir umrlik armon. Mexri hola xovliqib honaga kirib keldi.

–Qizim, qizim, mana , mana telefon qildi?

–…….

–Qizim, Sarvihon, seni soʻrayapti, ma, ol.

–Kim ena, –deb Sarvihon beforqona qarab qoʻydi.

–Ering, Ilyosjon telefon qilyapti, olsangchi…

–Nima? Nima? Qani, –deb Sarvihon koʻzlaridan duv yoshlarini toʻkib yubordi. –Allo, Assalomu alaykum…,–xamon yigʻlardi.

–Gulim, Sarvihon, va alaykum assalom.

–Yahshimisiz? Nega meni izlamaysiz, nega meni tashlab ketdingiz? Nega bolamizni saqlab qolishga yordam bermadingiz? Nega ahir, –deb baqirib yigʻlay boshladi.

–Yigʻlama, yigʻlama, boraman gulim, sen oʻzingni qoʻlga ol, men uchun keraksan gulim.

–Onangiz, onangiz…

–Boʻldi, bularni oʻylama, xali xammasi yahshi boʻladi…

–Qachon kelasiz? Keling, iltimos, iltimos begim, keling, men oʻlib qolaman, bolamning ortidan ketaman, keling iltimos, –deb qon boʻlib yigʻlardi.

–Boraman, boraman. Meni kut…

Ular telefonda ancha gaplashishdi. Sarvihonni bu suxbat ancha tetiklashtirdi… u shu kundan boshlab xayotga qiziqish bilan qaray boshladi va tuzala boshladi…

……………………………………

Gulnor opa ertalab uyidan narsalarini egʻib, raxmatli ota–onasining uyiga bordi. Eshikni taqillatar ekan, roʻmoli tushib, sochlari toʻzgʻigan, ayanchli bir axvolda edi. Eshikni taqillatar ekan, negadir uzoq turib qoldi. Bir payt eshikni ukasi ochdi. Opasining bu xolatini koʻrgan ukasi bir muddat qotib qoldi.

–Opa? Nima boʻldi?

–Ular meni xaydab solishdi. Pochchang meni xaydab soldi, u meni urdi, –deb yigʻlay boshladi. Opasining barcha qilmishidan habari bor ukasi opasiga beraxmlarcha nazar soldi.

–Opa, sizning karomatingiz bilan uyingizda janjal boʻlmagan kun yoʻq. Jiyanimning xam xayotini buzibsiz, kelinga kun yoʻq emish. Endi mening tinch xayotimni buzmoqchimisiz?

–Ukam, ukajonim, unaqa dema, sen mening jigarimsan, ukamsan, meni koʻchaga xaydama.

–Oʻz bolasiga raxm qilmagan ayol menga raxm qilarmidi? Yoʻq opa, mendan hafa boʻlmang, sizni uyga kiritolmayman, tinch oilamning buzilishini hoxlamayman.

–Unda qayoqqa boray ukajon?

–Akamning uyiga boring, kiritishar, xarqalay singlisisiz.

–Bu er ota–onamning uyiku, shu erda oʻsdim, uzatildim, nega kiritmaysan ukajon?

–Opaaaa, endi bu mening uyim. Agar sizam salgina mexribonroq boʻlganingizda edi, jon deb kiritardim.

–Ukam, iltimos..

–Boʻldi, boʻldi opa, meni tinch qoʻying, mexmonlikka kelsangiz uyim ochiq, ammo biz bilan birga yashashingizga rozi boʻlolmayman, hayr, –deb eshikni yopdi…

Bunday odamlarga, xatto oʻz jigari xam eshigini maxkamlaydi, Gulnor opaning koʻzlarida alamzadalik koʻzyoshlari qalqib, koʻchada qolib ketdi. Endi birdan–bir umidi akasidan edi…

Gulnor opa akasining uyiga xam bordi, ammo u akasi xam uni oilasiga qabul qilishmadi, aksincha unga baqirib berdi.

–Bor, yoʻqol, ket, oʻz oilangni buzib qaysi yuz bilan uyimga kelding? Qizlarim voyaga etib qolgan, ularga seni deb jabr boʻlishini istamayman, ket, –deb Gulnor opani xaydab soldi. Endi koʻzlari ochilib, qilmishlaridan afsus chekayotgan Gulnor opa oʻzining naqadar hudbin boʻlib ketganligini angladi. Chunki, xatto jigarlari xam undan yuz oʻgirishdi, inson uchun bundanda ogʻir xolat yoʻq boʻlsa kerak… Endi u qaerga boradi? Koʻchada horu zor boʻlib yuradimi? Uyiga qaytsachi? Yoʻq, Shavkat aka uni qabul qilmaydi, kechirmaydi. U nabirasining tugʻilmasdan xalok boʻlishida sababchi. Ikki yoshning orzuqib kutgan birinchi farzandining bevaqt ketishiga sababchi. Yana eng ayanchlisi shuki, Sarvihon befarzand boʻlib qolishi mumkin…

………………………………..

Sarvihon ancha oʻziga kelib qoldi va erining uyiga qaytdi. Ular qaynotasi va qaynukalari bilan axil yashay boshlashdi. Faqat Nuriya baʼzida honasiga bekinib xoʻng–xoʻng yigʻlardi. U xali goʻdak, u xali mexrga zor, uxali murgʻak qalb egasi. U shu yoshida bir oyga yaqin ovqat qildi, uy supurdi, roʻzgʻor tebratdi. Sarvihon kelganidan keyin u bu ishlardan ozod boʻldi, biroq baribir uning koʻngli kemtik, koʻngli yarim. Endi uning sochlari qirq kokil qilib oʻrilmagan, endi unga xar oyda parparagi bor kuylak tikilmaydi, endi unga kechalari ertak aytib beradigan kishi yoʻq, u bir narsaga zor–Ona meriga… Bola uchun onaning yo moni yoʻq, u uchun ona aziz va uning mexrini xech nima bosolmaydi. Sarvihon va Shavkat akaga qanchalik yomon koʻringan Gulnor opa Nuriyahon uchun juda mexribon ona edi, onasiz ichikib kasal boʻlish darajasigacha etgan edi…

……………………………………

Yoz ohirlab, kuz fasli boshlanay deb qolgan. Xamma bolalar maktab taraddudida. Kimdir kitob olsa, kimdir kuylak tikdirmoqda. Bu xayajonlar Nuriya uchun begona, u ohirgi paytlarda soʻlib qolgan guldek soʻlin, tez–tez kasal boʻlib qolardi. Sarvihon uni qanchalik parvarishlamasin, uning yuzida tabassum yoʻq… Nuriyaning yuzida nur yoʻq, fayz yoʻq, jon yoʻq….

……………………………………..

–Allo.

–Assalomu alaykum.

–Va alaykum assalom.

–Dada, bu men, Ilyosman.

–Xa oʻgʻlim, yahshimisan?

–Yahshi raxmat, Oʻzlaringiz yahshimi?

–Biz xam yahshimiz, raxmat.

–Ota, enamdan habar olib turibsizlarmi?

–Yoʻq, habar olganim yoʻq. Nega soʻrab qolding?

–Enam nonvoy sehda ishlayotgan ekan, xam oʻsha erda yotib ishlar ekan.

–Nima qipti? Jazosi shu onangning, shuncha zugʻumlariga javob beryapti.

–Ota, baribir onamizku, odamlar xar nima deb gapirayotganmish, onam xam ancha charchab qolibdi, besh oydan buyon naxotki bir marta habar olmadingizlar?

–Oʻgʻlim. Onangning qilmishini koʻzim bilan koʻrdim, bolangning nobud boʻlishida onang sabachi, men senlarni deb uni xaydab soldim.

–Singlim va ukalarimchi? Ular onamni sogʻinishmagan deb oʻylaysizmi? Naxotki ularning koʻzlariga qarab onam kerakligini bilmasangiz, iltimos, onamning olib keling.

–Men olib kelmayman. Agar olib kelgin kelayotgan boʻlsa, ana kelib olib kel.

–Siz rozi boʻlmasangizchi?

–Kel, qarshi chiqmayman.

–Raxmat dada…

Ilyos otasining roziligini olib, hursand boʻlib ketdi va zudlik bilan bilet olib uyiga qatdi…

……………………………..

Ilyos uyiga kirib kelar ekan, xovlisida uni ukalari va otasi kutib turardi. Barchasi Ilyosni koʻrib oldiga yugurishdi. Nuriya akasining boʻyniga osilib yigʻlay boshladi.

–Akajon, enamni olib keling. Iltimos, olib keling, enamni sogʻinib ketdim.

–Hoʻp, hoʻp singlim…

Ilyos oila aʼzolari bilan salomlashib, honasiga kirdi. Sarvihon huddi birinchi kungi kelinchakdek derazaga qarab hayol surib turardi. (Shu erda salomlashish saxnasini yozmayman, chunki bu na dinga, na dunyoga toʻri keladi, hullas, salomlashdi…)

–Begim, bolamizni asrab qololmadim, meni kechiring, –dedi yigʻlab.

–Oʻzingni aybdor sezma, xammasi yahshi boʻladi. Men onamni uyga olib kelmoqchiman, onam koʻchada hor, sen hafa boʻlmaysanmi?

–Meni koʻp urushsayam ayamni sogʻinganman. Ammo bolamning nobud boʻlishida ayamning…

–Boʻldi, men onamni boqishim farz. Onamni rozi qilmasam ikki dunyo yolchimayman.

–Ammo mening xayotimchi??? Yana qiynalib yashaymanmi?

–Yoʻq, agar yana shu xol takrorlansa, bu xovlidan koʻchib chiqamiz, faqat enamni olib kelishimiz kerak…

–Hoʻp, roziman, faqat yana qiynalishimga tomosha qilib turmang begim, boshqa farzandimni yoʻqotishni istamayman…

…………………………….

Ioyos onasi ishlaydigan nonvoyhonaga bordi. Onasini chaqirib tashqarida turdi. Onasi kelib Ilyosning yoniga keldi…

–Bolam…

–Enajon…

–Bolam, keldingmi bolam, –deb yuzlaridan oʻpib yigʻladi.

–Ena, yuring uyga, yuring.

–Borolmayman bolajonim, men hotiningni koʻp qiynadim, borolmayman…

–Ena, yuring iltimos, sizni otam, ukalarim, keliningiz kutib oʻtirshibdi.

–Yoʻq borolmayman. Men borolmayman, –deb yigʻlardi.

–Enajon,sizni xamma kechirgan, yuring, axvolingizga bir qarang, biz borku, siz nega koʻchada uy–joysiz hor boʻlishingiz kerak, yuring, –deb onasini uyiga olib ketdi…

……………………………………

Ilyos onasini xovliga etaklab keldi. Birinchi boʻlib kelini Sarvihon qaynonasini kutib oldi. Gulnor opa kelinining koʻziga qaray olmadi.

–Kelin, meni kechiring, –koʻzlariga yosh oldi Gulnor opa.

–…..

–Meni kechiring. Men Ilyosjonimni dunyoga keltirganimda juda hursand boʻlgandim. Birinchi bolam deb juda hursand boʻlgandim. Ammo men sizning birinchi bolangizdan ayirdim, –deb yigʻisini tiyolmadi.

–Ayajon, hush kelib sizsiz uyimiz xuvillab qoldi, –deb qanonasini bagʻriga oldi… Bolalari onasining bagʻriga otilishdi, Nuriya sevinch koʻzyoshlari bilan onasini bagʻriga bosardi. Shavkat aka deraza tirqishidan qarab hotinining naqadar qiynalib ketganini koʻrib unga ich–ichidan raxmi keldi. Ranglari soʻlgʻin, sochlariga qirov tushgan. Xatto, oʻzini koyidi xam, nodon er, hotiningni shunaqayam hor qilasanmi deb. Xarqalay NIKOX MUQADDAS, BIR YoSTIQQA BOSh QOʻYISh YuKSAK MEXR… ENDI OILA BIR BUTUN… Faqat bir narsa, Gulnor opaning feʼl–atvori yana avalgidek boʻlib qolmasmikan…

………………………………..

Oradan toʻqqiz oy oʻtdi. Ayni yozning boshlanishi. Sarvihon xavoning issiqligidan xovliga suv sepa boshladi. Ichkaridan elpigʻichini tebratib qaynona Gulnor opa chiqib keldi. Rangi uchib, jaxli chiqib javray boshladi.

–Xoy quloqsiz kelin, men sizga nechi marta aytdim? Qachon odamdek gapimga quloq solasiz?

–Voy ayajon, uzr.

–E bidirlamang, gap qaytarmang, qani, chelakni oting, sizga bir nima boʻlib qolsa men nima qilaman? Nabiramning sogʻligʻini oʻylang, boshqa koʻtarmang ogʻir yuk, tashlang dedim, –deb jerkib berdi. Toʻgʻri, Gulnor opaning gapirish usuli xamon oʻsha–oʻsha, ammo bu mexrga oʻzgartirilgan usul…

…………………………………

Oradan 6 oy oʻtdi…

Gulnor opa tutoqib kelinining oldiga kela boshladi.

–Sarvihon, turing oʻrningizdan. Bu nimasi? Qarang, uyqusirab yotibsiz, siz borib honangizga yotib biroz dam oling, men oʻzim qarab turaman bolangizga, –deb jajji chaqaloq nevarasini bagʻriga bosib koʻtardi…

Shavkat aka va Ilyos soʻrida yonboshlab yotar ekan, kelin–qaynonalarning muomalasini kuzatar ekan, Ilyos otasiga dedi.

–Ota, enamning butunlay oʻzgarishiga nima sabab?

–Eeeehhhhh oʻgʻlim, onangning butunlay oʻzgarishiga ogʻir kunlar sababchi boʻldi. Onangni uydan xaydab solganimda u ukasining va akasining uyiga borishini bilgandim va ularga telefon qilib nima boʻlganda xam onangni uyga kiritmasligini soʻradim. Ular rozi boʻlishmadi ammo men onanga TUZOQ qoʻydim, onang tuzoqqa tushib HAZONLI KUNLARNI boshidan oʻtkazib va bugun u oʻsha–oʻsha harakteri bilan mexribon ona va qaynonadir… koʻrdingmi bolam, oila muqaddas, uni mustaxkamlash uchun baʼzan tuzoq qoʻyish xam kerak, –dedi va ular jilmayib tomosha qilardi…

Xikoya tugadi. Sabr bilan oʻqiganlar uchun katta raxmat. Xar narsa yahshilik bilan tugasin iloxim, Barchangizga katta raxmat yana bir bor deb, muallif Alijon Safarov.

Xikoyamiz tugadi! Salomat boʻlinglar!!!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!