📖 Hikoyalar

Qissavur

11 daqiqa 3.2K marta oʻqildi
Qissavur
Yoz. Xavo issiq. Qoʻqon avtovokzaliga odam degani sigʻmaydi. Xar ikki odamning biri qoʻlidagi chitroʻmol bilan oʻzini elpigani-elpigan. Issiq ayniqsa, avtobus xaydovchilarini domiga olgan. Yuraverib oʻrganib ketgan boʻlishsa-da, baribir qoʻllaridagi qorayib ketgan roʻmolchani boʻyinlariga surishlaridan dim xavo jonlariga tegib ketganini bilib olish qiyin emas…

Panaroqda yuztacha odam turgandi. Bachqir avtobusi kirib kelganini koʻrishdi-yu, xammalari oʻsha yoqqa chopa ketishdi. Kimdir elkasiga mayda-chuyda toʻla haltani ilgan, kimdir yonidagini turta-turta oldinga intilgan. Maqsad bitta. Nima qilib boʻlmasin, avtobusga chiqib olish. Qolib ketsang, yana soatlab issiqda qovrilasan…

Yoshi oʻn ettidan oshgan, boʻyniga toʻqilgan roʻmolcha tashlab, ogʻzidagi saqichni jagʻining uyogʻidan buyogʻiga oliftalarcha aylantirayotgan Mamir xam olomon avtobusga oʻzini urganini koʻrib jinsisining choʻntagiga qoʻlini soldi-da, yarimta piska chiqardi va ikki barmogʻining oʻrtasiga joylashtirdi…

Piska choʻntakkesarlarning joni-dili. Sindirib yarmini kaftingga joylaysan-u, sumka bormi, choʻntak bormi, bildirmaygina kesib ketaverasan…

Yoʻq, buning xam oʻz yoʻllari bor. Kesgandan keyin sih xam, kabob xam kuymaydigan qili-ib kesish kerak. Choʻntak yoki sumka egasi payqamasligi lozim…

Kesdingmi, ichidaginiyam ustalik bilan olib ketishni bilishing shart. Yoʻqsa, kesishdan ne foyda?..

Mamir esa, bunaqa ishlarni qiyvoradi. Qoʻqonlik ustasi Nor qiyshiq (koʻzi gʻilayligi uchun shunday laqab orttirib olgan) ning kaltaklarini eyaverib pishgan. Ana endi oshigʻi olchi. Manaman deganini kesib, borini shilib ketadi. Sezib boʻpti!..

Xa, aytgancha, piska yana bir narsa uchun juda asqotadi. Masalan, katmon yohud pul egasi payqab qolib shartta bilagidan oldi deylik. Ana shunday maxallarda Mamir piska qistirilgan barmogʻini unga toʻgʻrilaydi-yu, bir zarb bilan yuziga tortib yuboradi. Koʻribsizki, oʻsha odam qon tizillagan yuzini qoʻllari bilan berkitib erga engashgan koʻyi to oʻziga kelguncha Mamir gʻoyib boʻladi. Melisagayam habar qilishga ulgurmay qoladi…

Mamir bir chetda ogʻzidagi sigaretini uyoqdan-buyoqqa aylantirgancha kuzatib turgan Nor qiyshiqqa maʼnoli koʻz qisib qoʻydi-da, avtobusga oʻzini urayotgan olomon orasiga kirdi. Aksiga olgandek bu erdagilarning aksariyati qariyalar ekan. Xammasining egnida chopon…

— Uf-f!..

Mamir jigʻibiyron boʻlib odamlarni turta-turta, engilroq kiyinganini, qoʻlida sumkasi borini qidira boshladi…

— Ex, ana!..

Uning koʻzlari tiqilinchda bazoʻr nafas olib inqillay-inqillay oldinga intilayotgan yoshi tahminan oʻn sakkizlardagi uzun sochli qizni moʻljalga oldi. Qiz sumkachasini qoʻltigʻiga maxkam qistirib olibdi…

Mamir ustozining «oʻgit»larini esladi.

— «Agar koʻrinishidan engiltak, oliftanamo qizlarni tunamoqchi boʻlsang, — degandi Nor qiyshiq. — Avval ularning badaniga qoʻl tekkizib koʻr. Ishon, engiltak qizlar erkakning qoʻllarini badanida tuysa, erib ketishadi. Sen ana shundan foydalanib qolasan…»

Mamir qiynalib-siqtalib boʻlsa-da, qizning orqasidan tushdi.

Xa, u xaqiqatan ofatijon edi. Sochlari taqimini oʻpgan, kaltagina koʻylagi ostidan turtib chiqqan siynalari oxanrabodek oʻziga tortadi…

Mamir amal-taqal avtobusga chiqdi-da, qizning orqasiga oʻrnashib oldi.

«Oʻlja» bu tahlit tiqilinchlarga koʻnikmagan ekanmi, tez-tez silkinib qoʻyar, qovogʻidan qor yogʻilardi.

«Xozir seni muloyimlashtirib qoʻyadi akang! — hayolidan oʻtkazdi Mamir qizning mayin sochlarini xidlab-xidlab qoʻyarkan. — Sochiga yuzim tegsayam indamadi. Demak, buyam ustoz aytganidek ketaveradigan hilidan…»

Ishqilib, ohiri bahayr boʻlsin!..

Shu tobda aksiga olgandek, odamlar uyoqdan-buyoqqa sirgʻalib oʻtib Mamirning bemalol xarakatlanishiga halal berardi…

— Yoʻq, — dedi oʻziga oʻzi kutilmaganda mushtlarini tugib. — xozir xarom ish qilib oʻtirmayman. Bekorga vaqt kyetkazib nima qilaman?.. Ketvorgan bittta bumidi?.. Katmonini olvolsam, bunaqalarning oʻntasiga etadi…

Yana ustoz oʻrgatgan usullar ishga tushdi. Mamir barmoqlari orasidagi piskaning tigʻini sumkachaga tekkizib sekingina tortgandi, toʻrtta barmoqcha siqqulik teshikcha paydo boʻlib, sumkacha ichidagilar uning kaftini toʻldirdi.

Bu xolatni qiz tugul, yonidagilar xam sezmay qolishdi…

Mamir kaftidagilarni maxkam gʻijimlarkan, bugun kechagidan xam moʻmayroq pul ishlab topganini darrov xis qildi…

* * *

— Bolam-ey, qay goʻrlarda sangʻib yurasan-a sen? — shom payti uyga kirib kelgan shirakayf Mamirni urisha ketdi onasi Munis aya. — Ertalabdan beri yoʻlingga koʻz tikaman.

— Oʻynab yurganim yoʻq-ku, ona!.. — gʻoʻldiradi Mamir aftini bujmaytirib. — Tirikchilik qilib yuribman, tirikchilik!

— Obbo, qachon soʻrasam, bir gapni qaytaraverasan. Nima ish qilganingni aytmaysan. Ahir, men onangman! Ichingdagini bilishim kerakmi-yoʻqmi?

— Bilib nima qilasiz? Sizga pul olib kelsam boʻldimi?

— E, olib kelgan pulingam qurib ketsin!.. Havotir olganim-chi?..

— Mang, manavi pullarni olib qoʻying! — Mamir bir dasta mingtalik chiqarib Munis ayaning qoʻliga tutdi.

— Voy, men oʻlay, shuncha pulni qaerdan olding?.. Ilgari bunaqa katta pul olib kelmasding-ku!.. Ayt, qilgan ishing qanday ish ekanki, shuncha pul toʻlashsa?.. (Munis aya shu kunga qadar oʻgʻlim birovlarning xojatini chiqarib pul topyapti deb oʻylardi)

— Sizga nima? — onaning koʻzlariga baqrayib tikildi Mamir. — Uzumini eng-u, bogʻi bilan ishingiz boʻlmasin!..

— Yoʻq, aytasan. Qaerdan olganingni aytmaguningcha qoʻymayman.

— Uf-f!.. Hotin kishi degani oʻzi… Noshukur boʻlarkan-da!.. Aytdim-ku, buyogʻini surishtirmang deb, ona!.. Tergayverarkansiz-da!..

Mamir Munis ayaning xay-xaylashiga eʼtibor qilmay honasiga kirib ketdi.

Xozir yolgʻiz qolib tungi rejalar xaqida bosh qotirishi lozim edi.

* * *

Oydin kecha. Shaxar koʻchalarida oʻtkinchilarning xam deyarli keti uzilgan. Faqat Mamirgina egniga qora shim, qora koʻylak kiyib boshini eggancha nomaʼlum tarafga ketib borardi.

Chorraxaga etganda boshini yanada pastroq tushirib oldi. Bu oʻgʻrilarga hos odat. Chiroqlar yorugʻidan xam havfsirashadi. Kunduzi kissasi kesib ketilgan kimsalarning birontasi beihtiyor uchrab qolishidan qoʻrqishadi…

Nixoyat, u koʻzlagan tor koʻcha koʻrindi. Koʻcha boshida kelishilganidek uni Nor qiyshiq kutib turardi.

— Namuncha sudralmasang? — doʻqlagan boʻldi u Mamir yaqin kelib ulgurmay. — Lallayaverarkansan-da qachon qarasa!..

— Bratan, nima deyapsiz? — tirjaydi Mamir. — Bugun «loy»ning kattasini qoʻlga kiritdim.

— Yoʻg'-e… Hoʻsh, qancha?

— Uyogʻini surishtirmang-da! Mana, ulushingiz!..

Nor qiyshiq shogirdining qoʻlidan bir dasta mingtalikni olarkan, koʻzlari chaqchayib ketdi.

— Obbo sen-ey!.. Qotiribsan-ku-a?.. Qani, bir boshdan ayt-chi!.. Qaysi boyvachchani oʻmarding?..

— Avvaliga anavi koʻrsatgan qizingizni. — maqtana ketdi Mamir. — Keyin narigi avtobusga chiqqandim, bir oliftanamo qariya oʻtirgan ekan. Vey, qiyiqqa tugvopti pullarini… Seki-in yaqin bordim. Qarasam, mudrab boryapti. Paytdan foydalandim-u, astagina qoʻlidagi qiyiqni sugʻurvolib juftakni rostladim. Ishonasizmi, qimirlab xam qoʻymadi.

— Yonidagilar-chi?

— E, bittasi ola qarash qilgandi, piskani shundoq tomogʻimga olib borib uyoqdan-buyoqqa yurgazim qoʻydim. Tushundi shekilli, aybdor odamday erga qarab oldi, xi-xi-xi-xi!..

— Bas, kulishni bas qil!.. Devorniyam qulogʻi bor deyishadi… Aytgancha, qizni qitiqlab koʻrmadingmi?

— Toʻgʻrisi, bratan, koʻnglim tortmadi.

— Koʻnglingdan oʻrgildim, tirrancha!.. Oʻzing kimsan-u, koʻngling nima boʻlardi.

— Ja erga uravermang!.. Bilasiz-ku, uncha-munchasiga qarayvermayman!.. Sizning taʼlimingizni olganman-da!..

— Boʻpti, endi quloq sol!.. Xozir bir erga boramiz. Honadonni oʻmaramiz.

— Bratan, havfli-ku!..

— Quyonyurak boʻlma! Men tashqarida atrofni kuzatib turaman. Sen ichkariga kirasan-da, pul qidirasan. Esingda boʻlsin, buyum-suyumga eʼtibor qilib oʻtirma. Faqat pul qidir!..

— Xovlimi?

— Yoʻq, kvartira. Ja boy odamniki…

— Boʻpti, ketdik unda!..

— Men oldinroqda, sen oʻn besh metr orqada borasan. Unisi-bunisi hitlanmasligi kerak.

— Ja ustasiz-da!.. — Nor qiyshiqning elkasiga urib qoʻydi Mamir va tayinlangandek oʻn besh metr orqada qolib yoʻlga tushdi…

* * *

Afsuski, bu reja amalga oshmaydigan koʻrinib qoldi.

Koʻchaning narigi yuzida boʻyi naq ikki metr keladigan, xar qoʻli gurzidek Homit qimorboz xamtovogʻi Gʻani bilan birga oʻtib ketayotgan ekan. Nor qiyshiqni koʻrib birdan toʻhtadi.

— Xoy, qiyshiq! — qichqirdi u koʻchani boshiga koʻtarib. — Nima balo, koʻzingni yog' bosganmi?..

Nor qimorbozni tanib chuqur uf tortgancha unga yaqin bordi.

— E, akalar, qalay, oshiqlar olchimi ishqilib? — xazillashgan boʻldi Nor.

— Qayoqqa ketyapsanlar? — javob berish oʻrniga soʻradi Homit.

— Xa, endi… Sizlarning qaerga ketayotganingizni soʻrayotganimiz yoʻq-ku, brat!..

— Seni ja boyib ketdi deyishyapti?.. Qachon akalaringga ulush berib, mundoq duo olasan-a?..

— Aka, oʻgʻrining xech qimorbozdan duo olganini koʻrganmisiz?..

Bu gapdan Homit sal ranjiganday boʻldimi, kutilmaganda ayyorona koʻz qisib Norning elkasidan ushlab chetga tortdi.

— Xozir zoʻr oʻyin boʻladi. Yur, shogirdingni olib bir chetda tomosha qilasan. Vey, u erda oʻzing bilasan-ku, xammasi boʻkib ichishadi. Oʻng kelsa, birontasini shilvolarmiding…

Nor birdan boshini ushladi.

Xaqiqatan, qimorboz toʻgʻri aytyapti. Katta qimorligi rost boʻlsa, unaqangi erlarda ilgariyam boʻlgan. It egasini tanimay qoladi. Bemalol kimnidir shilib juftakni rostlab yuborsa boʻladigan… Qolaversa, xam pulli boʻladi, xam kayf qiladi…

— Men rozi, qani boshlang oʻsha qimoringizga!.. — dedi Nor yonidagi Mamirga bilinar-bilinmas koʻz qisib. — Bunaqangi ishlarni mana, Mamir qoyillatib tashlaydi.

— Lekin aytib qoʻyay, — dedi Homit pichirlab. — Birovga dimingni chiqarmaysanlar!..

— Albatta. Gap boʻlishi mumkinmas…

* * *

Shu choqqacha shaxardagi manaman degan oʻgʻri xam qimorbozni oʻmarmagandi.

Nor tavakkal qildi.

Mamirga ishondi.

Katalakdekkina xovlidan oʻtib qimorhonaga kirib borarkan, ostona xatlagandanoq ichkarida yonboshlagancha kayf surayotgan oʻn chogʻli katta-kichik qimorbozlarga bir-bir razm solib chiqdi. Shu asnoda pul berkitib qoʻyilishi mumkin boʻlgan joylarni koʻzdan kechirdi.

Hona boʻm-boʻsh. Jixoz deganining oʻzi yoʻq. Demak, bular yutgan pulini yo sholcha ostiga, yo burchakda qalashib yotgan sumkalarga joylashadi…

— Qani, joʻraboshi, qartalarni suz!.. — dedi Homit deraza tokchasida turgan bir piyola aroqni simirib ichgach. — Kutishga toqat yoʻq.

Joʻraboshi deganlari Mamat ismli qirqlarni oralagan, oq sochli, qoshlari qalinligidan buralib-buralib ketgan, oriq bir erkak edi. Erinibgina oʻrnidan turdi-da, qoʻlidagi qartalarni aralashtira-aralashtira, dasturhon ustiga tashladi.

— Avval xamma ataganini oʻrtaga tashlasin! — Mamat bir-bir qimorbozlarga koʻz soldi. — Nimaga ammamning buzogʻiday lallayib oʻtiribsanlar? Tashlasang-chi xammang!..

— Oʻzi… Bugun qanchadan tikamiz? — soʻradi Homit.

— Boshqalarni bilmadim-u, lekin men boshlanishiga oʻn ming tikaman. — Mamat birinchi boʻlib dasturhon ustiga bir dasta yuztalik tashladi.

— Unda men yigirma ming tikaman. — deya Homit xam bir dasta ikki yuztalikni oʻrtaga qoʻydi…

Hullas, kimdir besh ming, yana kimdir oʻn mingdan pulni tashlab boʻlgandan soʻng koʻngli taskin topgan Mamat qartalarni suzishga tushdi.

Nor esa, xamon bir narsani oʻylardi. Tezroq qaysidir qimorboz yutib, yutuqni «yuva» boshlasa-yu, Mamirni imlasa. Mana shu… Dasturhonning naq yarmini egallab turgan pullarni imi-jimida oʻmarib juftakni rostlasa…

— Bular kimlar? — kutilmaganda Homitga yuzlanib soʻradi Mamat Nor va Mamirga ishora qilib. — Bular xam oʻynaydimi?

— E, bular shunchaki tomosha qilishga kelgan. Mening ukalarim.

— Sotib qoʻyishmaydimi ishqilib?

— Nega sotarkan? Bular xam oʻzimizdan. Faqat boshqa yoʻlminan pul topishadi…

— Shunaqami?.. Xa mayli, boshladim boʻlmasa!..

Qimor boshlandi. Qartasining yuz tomonini yashirib olgan qimorbozlar alang-jalang edi.

Honada pashsha uchsa eshitilgudek sukunat.

Kimdir qartasiga boqib norozi bosh chayqab qoʻyadi. Kimdir bilinar-bilinmas jilmayib qoʻyadi.

Oradan oʻn besh daqiqalar vaqt oʻtib faqat Homitning qoʻlida uchta, Mamatda bir donagina qarta qoldi.

Qimorbozlar xayron edi. Yutqazish nimaligini bilmaydigan uchar odam naxotki bu kecha oʻyinni boy bersa?..

Homitning oʻzi boʻlsa, hotirjamgina bir muddat qartalarga tikilib oʻtirdi.

— E, bu oʻyin-da, akasi! — nixoyat oʻrtadagi jimlikni buzdi Mamat. — Bu gal yutqazgan boʻlsang, keyingi gal yutarsan. Shungayam qovoq-tumshuq qilib oʻtiradimi odam?..

— Kim yutqazibdi? — dast oʻrnidan qoʻzgʻalib tizzalab oldi Homit. — Sen Mamat ja xaddingdan oshaverma!.. Qani, qartangni koʻrsat-chi!.. Xm-m… Mana boʻlmasa!..

Dasturhon ustiga Homitning qoʻlidan uchta tuz uchib tushdi.

Oʻtirganlar ox tortib yuborishdi.

— Meni yutadigani xali tugʻilmagan, Mamat! — xayqirdi Homit va shosha-pisha oʻrtadagi pullarni siqimlab-siqimlab qora charm sumkasiga joyladi. — Men onamning qornidaligimdayoq boshlaganman qarta oʻynashni, uqdilaringmi? Qani, aroqdan quy endi!..

Bu Nor uchun kutilmagan vaziyat edi. U boshqa bir begona qimorbozning yutishini kutgandi.

Endi nima boʻladi? Bu erga Homitning oʻzi boshlab keldi-ku!.. Endi oʻzini tunab ketadimi?.. Qanday boʻlarkin?..

«Oʻzidan koʻrsin! — koʻnglidan oʻtkazdi u Mamirning biqiniga oxista turtib. — Shunday boyvachchaning kvartirasini tashlab bu erlarga kelib oʻtiribman. Quruq ketamanmi endi. Homit peshonasidan koʻraveradi…»

* * *

Xash-pash deguncha ichkilik boshlandi. Kimdir alamidan ichardi, kimdir shunchaki vaqt oʻtkazish uchun qadax urishtirardi. Homit esa… Bu tahlit «bayram»larga koʻnikkani sababmi, odatiga koʻra katta piyolaga toʻldirib-toʻldirib aroq quyar, xar koʻtarganda «Sharmanda qilmasin!» degan soʻzni albatta tilga olardi…

— Mamir, boʻl, sumkani qoʻlga ol!..

Qimorbozlarning aksariyati tarqagan. Honada faqat Mamat hurrak otib uhlar, Homit boʻlsa, tashqariga shamollab kelish baxonasida chiqib ketgandi.

— Tezroq quyon boʻlmasak kech boʻladi. — dedi shivirlab Nor. — Yurishidan pishib qolgandi Homit. — Qani, derazadan oshib tushamiz…

Mamir itoatkorona sumka toʻla pullarni qoʻltigʻiga qisdi-da, Norning ortidan deraza oshib pastga sakradi.

Afsuski, ikki-uch metr narida Homit ikki qoʻlini beliga tiragancha ularni kuzatib turardi.

— Voy ifloslar-ey!.. — asabiy shivirlab ikki oʻgʻriga yaqin keldi u. — Xali meni chuv tushirmoqchi boʻldilaringmi, meni-ya?..

— Buni peshona deb qoʻyibdi, brat! — boʻsh kelmadi Nor xam. — Yutishingizni oʻzingiz xam bilmagansiz, shundaymasmi?.. Xa-endi… Biz xam katta bir ishni tashlab orqangizdan kelganmiz…

— Mana senga, qanjiq!.. — behosdan basharasiga kelib tushgan musht Norni erga qulatdi. Uning orqasidan huddi shu tahlit Mamir xam er tishladi…

— Jon aka, urmang bizlarni, urmang!.. — baquvvat Homitning oyoqlari ostida changga belanib yotgan ikki oʻgʻri baravariga yalinishardi. — Jon aka, tavba qildik!.. Tavba qildik!..

Homit yana bir-ikki tepki bilan ularni siylagach, shoshilmasdan Mamirning yonida yotgan sumkani qoʻliga oldi.

— Endi bachchagʻarlar… Oʻzingga oʻzing qip qoʻyding ikkalangam!.. Ertadan boshlab avtobus bekati atrofida koʻrmay senlarni! U erda mening jiyanim boʻladi ertadan. Mabodo koʻrib qolsam, naq boʻgʻizlab tashlayman!..

— Boʻpti, aka!.. Faqat… Qoʻyvorsangiz boʻldi!..

* * *

— Qimorboz bizni bopladi! — dedi ertasi kuni Nor Mamirga koʻkargan yuzlarini silay-silay. — Maraz baribir bir kun oladiganini oladi. Uni sog' qoʻymayman!..

— Keling, boshqa gapdan gaplashaylik! — norozi toʻngʻilladi Mamir. — Oʻshandan boʻlak tashvishimiz yoʻqmi?.. Anavi aytganingiz nima boʻladi endi?

— Qaysi? Xa-a, kvartirami? Vey, shu ishni bir yoqli qilish kerak. Bir dunyo pul boʻlishi aniq uyida. Oʻzim koʻrganman. Yolgʻiz ayol oʻgʻliminan yashaydi. Yoshiyam anchaga borib qolgan. Oʻgʻli qachon qarasa, Rossiyada yuradi. Oʻsha yoqlarda yurib «soqqa» qiladi deyishardi…

— Ishqilib, oʻgʻli kep qolmasmikan?

— Yoʻq. Yaqindagina joʻnab ketgan. Kampir ja begʻam hotin ekan. Pishillab uhlagani-uhlagan emish… Hullas, xammasini aniqlaganman…

— Boʻpti, aka, shu bugunoq kiramiz unda. Xa endi, bizam bir qaroqchilik qilsak qilibmiz-da-a, nima dedingiz?..

— Sen boʻshashmasang boʻldi.

— Menam anoyi emasman. Mana koʻrasiz, qotirib opchiqaman borini…

Ikkovlari shu kunni chekka-chekkada oʻtirib, pivo ichib kech qilishdi. Mamir xam uyiga bormadi. Munis aya qaerda mushtlashib yuzlari qashqa boʻlganin
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!