📖 Hikoyalar

Hazonli kunlar. Tuzoq... 3-qism

9 daqiqa 3.5K marta oʻqildi
Hazonli kunlar. Tuzoq... 3-qism
Kun tushdan ogʻib, kechga qarab yoʻl olgan bir maxal. Qish kunlari kunlar qisqa,tunlar uzun. Xa deganda tushlik vaqti, egʻishtirib boʻlar–boʻlmas kechki ovqatga unnash kerak. Sarvihon kechki ovqat tayyorlash maqsadida oshhonaga yoʻl ola boshladi. Yosh kelinlarning birdan bir katta muammosi nima ovqat qilishda. Sarvihon bu tarafdan xam xam omadi chopmaganlardan, chunki qaynonasidan soʻrab boshi baloga qoladi. Ilk ovqat voqeasiga bir toʻhtalsak.

Kelin boʻlib kelganiga ikki kun boʻlgandi. Sarvihon kechki ovqatga nima tayyorlashni soʻrash maqsadida qaynonasining oldiga bordi.

–Aya, nima ovqat tayyorlay?
–Bilganingni qilaver, goʻsht bor, shirin chiqmasa noʻnoqligingdan, –deb jerkib bergan, shu–shu boshqa ovqat borasida qaynonasidan maslaxat soʻramaydigan boʻlgan. Mana, bugun xam ovqat qilish maxali Sarvihonning ichiga ola mushuk kirib, joylashib, tirnay boshlagan. Chunki xar ovqatdan baxona, kamchilik topishga usta boʻlib qolgan Gulnor opa Sarvihonga qanday qilib boʻlmasin bosim oʻtkazish payida. Xech ayb topmadimi ovqatning turidan ayb qidirib boshlaydi. Osh boʻlgan kuni shoʻrva ichkisi kelganini aytib baqirsa, shoʻrva boʻlgan kuni osh egisi kelganini aytib keliniga azob beradi.

………………………..

Qoʻlida qola elim halta (salafan paket) koʻtarib kelgan Ilyos toʻgʻri oʻz honalariga yoʻl oldi. Buni derazadan kuzatib turgan Gulnor opa oʻgʻlining gʻalati xarakatini kuzatish va qora elim haltadagi narsaning nima ekanligini bilish maqsadida xar doimgidek joyi–kelin–kuyovlarning honasi derazasining yoniga oʻtirib oldi va ularni poylay boshladi.

Ilyosning honasiga kirib ketganini oshhonadan kuzatib turgan Sarvihon yugurib orqasidan kirib keldi.
–Keldingizmi begim?, –xol soʻradi Sarvihon.
–Xmmmm, begimmish, ichidan pishgan pismiq, –ichida toʻngʻilladi Gulnor opa.
–Keldim, mana bu senga, –deya qoʻlidagi qulupnoylar solingan elim haltani uzatdi. Sarvihon haltachani ochib ichidagi qip–qizil boʻlib tovlanib turgan qulupnoylarni koʻrib sevinib ketganidan oʻzida yoʻq edi. Chunki uning butun ishtaxasi faqat qulupnoyni talab qilardi, bu esa homilaga foyda edi.
–Voy begim, katta raxmat. Huddi endigina uzulgandek turibdi. Aytgancha, xozir qulupnoylarning vaqti oʻtgan, qaerlardan topdingiz, narhiyam osmon boʻlsa kerak–a?
–Sen uzumini eginda, bogʻini soʻrama, ana, sandiqchanga solib qoʻyginda uch–toʻrt donadan egin, –ovozini pasaytirdi Ilyos.
–Hoʻp boʻladi oʻzimning mexribonim, –deya Sarvihon xam ovozini pasaytirib, erining yuzidan choʻlp etib oʻpib qoʻydi. Bularning barchasiga bevosita guvox boʻlib turgan Gulnor opa oʻziga sigʻmas darajada qizishib ketdi va oʻzini tutib turolmasdan vajoxat bilan sapchib oʻrnidan turdi–da, derazadan ichkariga boshini sugʻib, ikki yoshga baqira ketdi:

–Er boʻlmay xar balo boʻl lapashang, onanga, singillaringa bir marta olib kelmagan qulupnoyni qishning qoq oʻrtasida mana bu oyimchanga olib kelding, –deya ogʻzidan xaqoratlar yogʻila boshladi.
–Ena, tushunsangizchi, keliningiz shunga boshi qorongʻu boʻlibdi, olib bermasam homlaga zarari bor deyishganku, –dedi Ilyos oʻzida kuch topib.
–Men xam tuqqanman, bir emas toʻrttani tuqqanman, ammo birontangda nagʻma qilmaganman. Chunki bizning koʻzimiz toʻq boʻlib, xech narsaga zoriqmay, oʻsganmiz. Mana bu gadoying nafsini tiyolmasdan senga qulupnoyni baxona qilibdi, bilasanmi xozir buning kilosi qancha turishini? Qulupnoyni endi koʻrayotgandir bu qurumsoqing, –deb Sarvihonni yana kamsitishga tushdi. Buni koʻtarolmagan Sarvihon koʻzlariga yosh olib, elim haltani olib qaynonasining oldiga qoʻydi.

–Oling, oling aya, emaganim boʻlsin, olib borib engizlar, faqat… faqat ota–onamni kamsitishni bas qiling, biz gadoy boʻlib biron marta birovning xovlisiga osh–non tilanib bormadik, topganimizga shukur qilib yashadik, bizda mol–dunyo koʻp boʻlmasa xam fayz koʻp, –deb yigʻlay boshladi azoblardan boʻynigacha toʻlib borgan Sarvihon.

–Xooooo, fayz koʻp degin, oʻsha fayzing qorningni toʻygʻazmaydi, bu erda sening fikringni xech kim soʻramadi, oʻgʻlimning ustiga chiqib olding, uni egovlab, boʻynidan ip oʻtkazishni bas qil, –jazavaga tushdi qaynona.

–Boʻldi, tortishmangizlar, ena, sizga qulupnoy kerakmi? Ana, oldingizda turibdi, oling, boshqa olib kelmayman. Janjalni egʻishtiringizlar, shundogʻam janjaldan toʻyib ketdim.

–Xammasiga mana bu supurging aybdor, ilondek toʻlgʻonib seni oʻziga boʻysundirib oldi.

–Etar, ena, boʻldi dedim. Shuyam birovning bolasiku, nega buncha uni qiynaysiz, shuncha vaqt chidadim, onam deb xurmatingizni qidim, bugun sabrim toʻlyapti tushundingizmi? Men birov uchunmas, hotinim va bolam uchun olib kelgandim qulupnoyni, sizam onasiz, ayolsiz, buni mendan xam yahshi bilasizku, nega tinch xayotimizga zaxar solasiz, qachongacha ena, –oʻzini tutib turolmadi Ilyos.

–Koʻrnamak bola, sen oʻz onanga baqirdingmi? Shu manjalaqi hotiningni deb menga tik boqdingmi? Xe, bola, qargʻishimni olma, koʻkarmaysan, bildingmi, koʻakrmaysan, –ovozi titradi Gulnor opaning.

–Ayajon, iltimos, oʻgʻlingizni qargʻamang, mana meni qargʻang, faqat oʻgʻlingizni qargʻamang, xamma ayb menda, menda ayajon, –deb zorlanib yigʻlashga tushdi Sarvihon. –Qulupnoyni men tayinlagan edim, uni men eyman deb tayinlagan edim, oʻgʻlingizda ayb yoʻq ayajon.

–Ikkiyuzlamachi, sen oʻgʻlim bilan mening oramizaga qora devor tushurding, sening kasoftangni deb uyimda xar kuni janjal, xalovatimizni oʻgʻirlading zoti pas, afting qurisin, –deb elim haltadagi qulupnoylarni olib Gulnor opa oʻz honasiga ravoni boʻldi…

–Qachongacha, qachongacha begim, men tamom boʻldim, sabrim qolmadi, sabrim qolmadi, –deb oʻksib yigʻlay boshladi Sarvihon.

–Yigʻlama, yigʻlama jonim, xali xammasi yahshi boʻladi. Yangi xovli qurib bu xovlidan koʻchib chiqib ketamiz, men, sen va farzandlarimiz bir butun oila boʻlib yashaymiz. Oʻshanda bu koʻrguliklaringa nuqta qoʻyiladi. Onamning uyiga mexmon boʻlib kelamiz, oʻshanda qadrli boʻlsak ajabmas, –deb Sarvihonni bagʻriga bosib, sochlarini silay boshladi. Bu soʻzlargina Sarvihonga yashashga kuch berardi. Uni faqat shu soʻzlar ushlab turardi bu honadonda.

–Qulupnoy egim kelgandi, tomogʻim tushdi, xammasini olib ketdi, –yigʻisini toʻhtata olmadi Sarvihon.

–Xali oʻzim yana olib kelib beraman. Onamga teng boʻlib janjallashish befoydaligini bilasanku, –degan xam edi Nuriya singlisi kosada qulupnoy olib kelib qoldi. Xali 6–sinfda oʻqiganligi bois uncha narsalarga axamiyat bermaydigan qizcha eshikni taqillatmasdan kirib keldi.

–Aka, mana buni yangam esinlar ekan. Qornidagi jiyanchamga katttttaaaaa foyda ekan, –dedi Nuriyahon.

–Kim berib yubordi Nuriya?, –xayrat bilan soʻradi Ilyos.

–Enam berdi. Aytdilarki, yangam uyga chaqaloq olib kelar ekan. Ammo yangam shuni baxona qilib ishlamay yotib olmasligi kerak ekan, otamga aytdi, –deb barcha gaplarni yetkazib keldi qizcha.

–Raxmat degin enamga, sengayam raxmat, mana bu senga, –deya ikki dona qulupnoy uzatdi.

–Yoʻq, men emayman. Enam emanglar, yanganga bular deb xammasini muzlatkichga solib qoʻydi, birontang tegmanglar, boʻlmasa tayoq eysanlar deb urishdi, –deb boʻlgan gaplarni aytdi.

–Oling Nuriya, oling eng, shirin ekan, –deb Sarvihon qulupnoylarni qaynsinglisiga edira boshladi. –Shirinmikan?

–Xaa, shirin ekan.

–Ana bu boshqa gap, –dedi Ilyos singlisiga jilmayib.

–Raxmat, –deb Nuriya honani tark etdi. Ilyos va Sarvihon kutilmagan voqeadan gangib, na hursand boʻlishini, na hafa boʻlishini bilmay qolishdi. Xartugul bu shuncha kunlardan buyon Gulnor opaning ilk yahshi tarafga oʻzgarishi edi. Xarqalay u–ona, u xam bolaning aziz neʼmatligini yahshi biladi. Balkim bu mexribonchilik faqatgina kelinining qornidagi bolasi uchundir, ammo baribiram yahshi tarafga bir qadam tashlangan edi. Kelin–kuyov shularni oʻylab koʻngli biroz hotirjam boʻlardi…

……………………….

Muxammad Yusufning shunday misralari bor…

Yomon kunlar bir kun,
Yahshi boʻlar–u,
Yomon odam yahshi
Boʻlmas xech qachon…

Qon bilan kirgan feʼl–atvor jon bilan chiqar. Gulnor opaning bu mexribonchiligi daqiqalargacha choʻzildi, holos. Aslida, u oʻgʻlining aytgan gaplariga achchiq qilib qulupnoylarni, xatto bolalariga edirmay zaxariga shu esin qabilda muzlatkichga solib qoʻygan ekan. Buni Ilyos va Sarvihon kechki ovqat vaqtidagina bilishdi. Oilaviy ovqatlanish maxali Gulnor opa Shavkat akaga gap solib qoldi.

–Boshimda erim bor, erday boʻlib sizam men va bolalariga xech zamonda qulupnoy olib kelmagansiz. Oʻzim borib olib kelsam bor, boʻlmasa yoʻq.

–Shu masalani yana ochma hotin. Olib kelsa kelninga olib kelibdi, begonagamasku, nabirang uchun foydali ekan, nima qilibdi olib kelsa? Menam senga anor olib kelganim esingdan chiqdimi? Ilyosga boshqorongʻu boʻlganingdayam aynan yanvar oyi edi. Seni koʻngli oʻksimasin deb onam raxmatlik meni qoʻyarda qoʻymay poytahtga yuborgandi anorga. Oʻshanda xozirgidek bozor rivojlanmagan bir paytda onam senga deb meni yuborgandi, oʻshanda bir karopka anor olib kelgandim, onam esa xammasini senga edirgani esingdan chiqdimi? Nega shularni eslamaysan–a onasi, –deya kuyindi Shavkat aka.

–Men keliningizga oʻhshab pismiq va gadoy emasdim, borimni oʻrtaga qoʻyardim, mana buningiz bugun qulupnoylarni sandiqchamga yashirib eb yuraman dedi, bezbet, oʻgʻlim xam unga shalpayib qoʻshilib oʻtiribdi erkak boʻlmish.

–E–eeee, sengami, Hudo bas kelsin–eee, ovqatniyam zaxar qilding, –deb Shavkat aka oʻrnidan turib ketdi. Ilyos va Sarvihon bularning barchasi sarob ekanligini anglab, ichidan uzildi…

……………………..

Kun botadi, tong otadi, kunlar izidan kunlar oʻtadi. Sarvihonning homilasi xam toʻrt oyni qarshilab qolgan. U bu oylar orasida ne bir kunlarni koʻrmadi, xatto homila tushib qolish darajasigacha bordi, qaynonasining sharofati bilan u oʻn kunlab ota–onasining uyida koʻrpaga mihlanib yotib qoldi. Sovuqning kunida kir yuvish, issiq tandirda non yopish, ogʻir yumushlarni qilish Sarvihonning boʻynida edi. Qaynona boʻlmish yordam beirsh nari tursin, aksincha, homilasidan soʻng unga yumushlar sonini koʻpaytridi, nimanmish, qancha xarakat koʻp qilinsa, homila shuncha sogʻlom boʻlarmish. Bu narsa oʻz kuchini koʻrsatib, homlaning tushib qolishiga bir baxya qoldi, ammo Ilyos hotinini onasining uyiga olib borib, to sogʻayguncha olib kelmadi. Chunki onasi uyda unga beraxmlarcha ish buyurar, homlasi xaqida butkul qaygʻurmas, xa deganda oʻzini misol keltirardi. Mexri hola qizining bu yarim yaltiroq, yarim qoramtir bahtidan qaygʻuda edi. Qudasining hurmacha qiliqlariyu qiziga berayotgan azobu sitamlarini bilsa xam bir ogʻiz gapirishga botinolmasdi. Ogʻzi polvon Gulnor opa qudalarini umuman pisandga ilmas, roʻy–rost qilib gadoylar deb javrardi. Aslida, Shavkat aka xam qudasidan uncha boyroqmas, uy–joyini xisobga olmaganda, shuni xam Ilyosning Rossiyaga borgani sharofati bilan qurib olgan. Boʻlmasa Shavkat akaning ishi uyni tebratib turishga etadi, holos. Gulnor opa esa uyda, bekorchi. Unga kibr otasining xovlisidan oʻtib kelib meros qolgan, chunki Gulnor opaning otasi oʻz davrining bardam odamlaridan edi.

………………………

Mart oyi… Baxor, dillarga muxabbat urugʻini sochib, oʻzining yomgʻirli tunlari bilan urugʻlarni oʻlkan darahtga aylantira oladigan mo''jizakor fasl. Bunda butun borliq yangitdan chiroy ochib, butun tabiat huddi endi tugʻilgan chaqaloqdek pokizaga aylanadi. Darahtlar kurtak yozib, butun xayotini boshidan boshlaydi. Adirlarni aytmaysizmi, sargʻayib tuproqqa aylanib ketgan adirliklar bir zumda yashilikka burkanadi. Ana tabiat mo''jizasi, butun borliq yangilanadi, qaniydi… Qaniydi inson qalbi xam baxor kelishi bilan huddi tabiat singari eski xayotini tashlasayu yangitdan chiroy ochsa, yashnasa, yayrasa. Balkim oʻshanda Gulnor opadek qaynonalarning qalbiga iliqlik kirib, yahshi tomonga oʻzgarsa. Na yahshi soʻz, na yomon soʻzni yoqtiradigan Gulnor opa oʻzining hurmacha qiliqlarini xech tashlamasdi. Bu orada Ilyosning Rossiyaga ketish vaqti xam boʻlib qolgan edi. U xamroxlari bilan birga safarga ketish taraddudini boshlab yubordi. Bu esa Sarvihon uchun alamlarning ibtidosi edi. U qanchalik yalinmasin Ilyosni bu yoʻldan qaytara olmasdi.

–Begim, qoʻying, Rossiyaga bormang. Oʻzimizdayam ish koʻpku, ana qancha odamlar oʻzimizda ishlab roʻzgʻor tebratishyapti.

–Men joʻralarimdan ayrilib shu erda ishlashni hoxlamayman. Keyin mashinam xam ancha eskirib qoldi. Uni yangisiga almashtirishim keraki.

–Begim, ahir…

–Boʻldi, boʻldi jonim, uzogʻi bilan sakkiz oyda kelaman. Sen ungacha menga qoʻchqordek oʻgʻil tugʻib berasan. Men kelib ikkovlaringni bagʻrimga bosaman. Xali xammasi yahshi boʻladi, –deb Sarvihonga tasalli berdi. Sarvihon koʻzidagi marjon yoshlarini yuziga tomizib bu oylar mobaynidagi qora kunlarining qay darajada oʻtishini oʻylardi. Ilyos ketsa unga suyanchiq yoʻq, butun kuni qaynonasining zugʻumiga bogʻlanadi. Necha marta koʻnglini olay deb shirinsoʻzlik xam qildi, baribir befoyda. Xayotda shunday onalar xam, qaynonalar xam uchrab turishi, afsuski muqaddas oilalarning ildiziga bolta uradi…

……………………….

Kuni kelib Ilyos safarga joʻnab ketdi. Joʻnab ketishidan oldin Sarvihon uni qoʻyib yubormaslik uchun maxkam bagʻriga osdi, ammo beshafqat vaqt ularni ayirdi. Ilyos Rossiyaga, Sarvihon sukunat qaʼriga yoʻl olishdi. Gulnor opaning keyingi qiliqlari Sarvihonga qanday kunlar solishini vaqt davomida bilib olasiz…

Uchinchi qism tugadi. Ana endi voqelarning keskinlashuviga etdik. Sizlardan oʻsha oʻsha iltimos, sabr bilan oʻqing, afsus qilmaysiz. Zero xayot maktabining asl koʻrinishini xikoyada yoritib boryapman. Xech qanday boʻrttirish, lof yoʻq, bularning barchasi xayotning qogʻozlardagi aksi. Sarvihonning kelajagi va buguni xaqida kuzatib boring. Gulnor opa oʻzgaradimi yoki yoʻq, Sarvihon farzandli boʻladimi yoki yoʻq, Ilyosning taqdiri, keyingi qismlarda, sabr bilan oʻqiyotganlarga yana bir bor raxmat, deb...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!