📖 Hikoyalar

Hazonli kunlar. Tuzoq... 4-qism

9 daqiqa 3.5K marta oʻqildi
Hazonli kunlar. Tuzoq... 4-qism
Baxorning shabodasi Sarvihonning sochlarini silab, maxzun xayollarini olis orzular sari etaklardi. U Ilyossiz xayotini tasavvur xam qilolmasdi, chunki bu honadonda uning koʻngliga qaraydigan, mexr beradigan kishi yoʻq. Qaynonasi bilan kelisholmay yashayotganiga goxida oʻzini aybdordek xis etardi. Shuning uchun qanday qilib boʻlmasin qaynonasining koʻnglini topishga chora izlardi. Uning shirin soʻzlarga beparvoligini bilib, boshqa yoʻlini izlardi. U shularni oʻylab turgandi, qaynonasi chaqirib qoldi.

–Xoy, Sarviiii, Sarviiiii,chiq buyoqqa chiq endi. Ering yoʻq ekan biz bor.

–Labbay ayajon.

–Ovqat qilmaysanmi endi. Yalpayib yotaverasanmi?

–Hoʻp boʻladi ayajon, nima ovqat tayyorlab beray? Koʻksomsa qilib beraymi? Baxorda bu juda foydali.

–Tushimmi yo oʻngimmi? Koʻksomsalarni xam bilasanmi? Shu vaqtgacha qayoqlarda eding?

–Ayajon, ahir baxor endi keldiku?

–Xa mayli, bor–bor, ishingni qil, biron yutum tayyorla. Boshimni qotirma. Aytib qoʻyay, ering bilan men hoxlasamgina gaplashasan, telefon qilib bering, gaplashay deb jonimga tegma, tushundingmi?

–Hoʻp ayajon, deya ovqat tayyorlay boshladi. Kechgi ovqatni eb boʻlishgach, Sarvihon idishlarni yuvib oldi. Soʻngra uyga kirib qaynonasining yoniga oʻtirdi.

–Ayajon, mazangiz yahshimi? Axvollaringiz yahshimi?

–Xmmm, nimaydi. Huddi tok urganu birdan mexribon boʻlib qolganga oʻhshaysanmi?

–Yoʻq, oʻzim shunchaki. Bir uqalab massaj qilib qoʻyaymi?

–E sen tulki, na muncha meni avraysan? Bor honanga yoʻqol, ering borida bir xolimni soʻramasding, endi soʻrab qoldingmi?

–Aya, boshidan meni jerkib tashlagandingiz, shundan keyin sizdan qoʻrqib qolgandim, bir ogʻiz gapirishga botinolmadim, –yoshlarini tiyib turolmadi Sarvihon.

–Koʻzyoshlarni yigʻishtir, bor dedim. Bor uhla, –dedi Gulnor opa keliniga jaxl qilib. Sarvihon bu kamsitishlardan bezib ketgani uchun honasi yugurib borib yotib oldi. Qaynonasining tosh yuragini yumshatishga urunishi bu safar xam foyda bermadi. Toʻrt oydan oshibdiki u qaynonasining mexrini qozonish uchun qoʻlidan kelganini qildi, ammo…. Ammmo xammasi sarob edi…

………………………….

Shu taxlika kunlar oʻtib borardi. Yolgʻizlik girdobiga botib borayotgan Sarvihon xamon qaynonasining zugʻumi bilan kun koʻrardi. Ilyosning ketganiga bir oydn oshgan, umuman telefonda gaplasholmasdi, oʻzining shahsiy telefonini kelin boʻlib kelgan zaxoti qaynonasi olib qoʻygan, yangi kelin telefon ishlatishi sharmandalik deb dod solgandi. Shu–shu Sarvihoning telefoni yoʻq. U bu orada onasining uyiga xam borib ikki kun turib keldi, ammo Ilyosning raqamini topolmay hunobi chiqdi, u nixoyatda sogʻingan edi. Xech boʻlmasa bir marta ovozini eshitsam boʻldi deb yigʻlardi. Uyiga qaytib kelib xam qanonasidan soʻray olmadi, ochigʻi qoʻrqdi. Ammo sogʻinch xissi uni butunlay qamrab borardi. Ohiri oʻzida iroda topib qaynonasiga aytishga majbur boʻldi.

–Ayajon, men…

–Nima sen? Yana nima boʻldi.

–Aya, oʻgʻlingiz ketganiga xam bir oydan oshibdi.

–Hoʻsh? Shunga nima qilibdi?

–Bir martayam gaplasholmadim, –koʻziga yosh oldi.

–Koʻzing yonib xar balo boʻl, endi xa deb erim demasdan qorningdagi bolangni oʻyla. Qachongacha erimlab yashaysan? Xozirgi yoshlarda bet yoʻq. E afting qurisin bexayo, qari qizning axvoli shuda, ersirab qolganingniku boshida bilgandim, endi telefondayam tinch qoʻyma oʻgʻlimni uyatsiz, –deya dodlashni boshlab yubordi kobrahon, uzr, Gulnor opa… (oʻzim yozib oʻzim boʻgʻib tashlagim keldi)

–Ayajon, unaqamas, unaqamas, aya, –deb xungrab yigʻlay boshladi Sarvihon. –Shunchaki sogʻligʻini, axvolini soʻramoqchi edim aya, tushunsangizchi.

–Bizning soʻraganimiz xisobmasmi? Shu gaplarni aytisha qanday tiling bordi mishiqi gadoy. Endi sen soʻrashing kerak ekanda–a? Basharang qurisin sen yolmogʻizning, oʻgʻlim bilan meni bir–birimizga qarshi qayraganing etmaganday endi telefondayam oʻgʻlimning miyasini zaxarlaysanmi yashshamagur, –deb tutoqib ketdi. Xamon izzilab zorlanib yigʻlab yotgan Sarvihon voqeaning bunday koʻchishini etti oʻylab tushiga xam kirmagandi.

–Mayli, mayli ayajon, boshqa soʻramayman, faqat meni koʻp qiynamang, nima desangiz barchasini bajaraman, faqat meni qiynamang ayajon. Men qiynalib ketdim, iltimos raxmingiz kelsin, kelganimdan buyon bir ogʻiz shirin soʻzingizga zorman ayajon, zorman men, –deb yigʻlagan kuyi oʻrnidan turib Gulnor opaning yoniga borib tiz choʻkib tizzalaridan ushlab yolvora boshladi. –Meni qiynamang ayajon, bir ogʻiz shirin soʻzingizga zorman, sizni kaftimda saqlayman ayajon, faqat boshqa hoʻrlamang, iltimooooooos, ayajoooon…..

……(Muallifdan: Taqdir… qafasingda qayrilganlarga,
Yahshilikni, bergin, jazm qil.
Dildoshidan ayrilganlarga,
Bir iltimos, endi raxm qil…)

Kelinining bu tariqa yalinib tiz choʻkib turganini koʻrgan Gulnor opa battar jazavaga tushdi.

–Niiiimmmaaa? Sen gadoyni qiynamay? Hoʻrlamay? Tiling kesilgur yolmogʻiz yana ikki kishi eshitsa bu gapingni meni zulmkor beraxmga chiqarib qoʻyadiku? Qachon seni qiynadim? Xamma ayb oʻzingdaku? Oʻgʻlimning qoʻyniga ilondek joylashib, menga qarshi qayragan sen tulki emasmi? Endi meni aldab, avrab boshimga chiqib olmoqchimisan? Bor yoʻqol makkora gadoy, –deb kelinini tizzasi bilan itarib turtib yubordi. Sarvihon zarbdan taʼsirlanib yotib qoldi. Boshi gir aylanib butun koʻz oldi qorongʻulashib ketdi. Shu payt koʻchadan Shavkat aka kelib qoldi va boʻlib turgan voqeaning guvoxi boʻldi. Sarvihon erda toʻlgʻonib yotar, Gulnor opa esa xamon javrab yotardi.

–Tur oʻrningdan makkor, endi bir kami baxona qilishing qoluvdi. Raxmini keltiraman deb oʻylama, sendaqa yolmogʻizga anavi lapashang ering ishonadi, –deb tepasida baqirib yotardi. Bularni koʻrib Shavkat akaning qoni qaynab ketdi va shiddat bilan Gulnor opa tomon bordi.

–Xoʻoʻo' maraz, nimalar qilding, –deb Gulnor opaning yuziga bir tarsaki tortib yubordi. Kutilmagan tarsakidan yuzi lov boʻlib yongan Gulnor opa alamidan erini xam ayamadi.

–Qoʻlingizni torting, aslida ota–bola lapashang, lattasizlar, erkak boʻlmay…

–Bas qil iflos, sen xayotimni kuydirding, –deb yanada qattiq tarsaki tushirib yubordi. Bu safar Gulnor opa erda ogʻriqdan ingrab yotgan Sarvihonning yoniga uzala tushib yotib oldi. Koʻzlaridan yosh bilan birga oʻt chiqib ketdi.

–Xali sen shoshmay tur, qamoqda chiritaman, –yigʻlab bidirlay boshladi Gulnor opa. Shavkat aka jaxl ustida hotinining sochidan ushlab boshini koʻtardi va yuziga tikilib dedi:

–Shuncha yil sening zaxar tilinga, chegara bilmaydigan qilmishlaringa chidadim. Nima uchun bilasanmi???

–……

–Gapiiiiirrrr, bilasanmi dedim iflos?

–Sochimni qoʻyvoring ogʻriyapti, –dedi Gulnor opa.

–Savolimga javob ber bilasanmi nega chidadim maraz?, –deya yanada qattiqroq tortdi sochidan.

–Bilmayman, qoʻyvoring, ogʻriyapti, –yalinishga moyil gapirdi Gulnor opa.

–Xaaaa, ogʻriyaptimi? Qoʻy, senam ogʻriq neligini bil, senam odam kabi azoblan. Shaytonlik qilib xammaga azob berding, endi senam azoblan, –deya baqirdi. Buni kuzatib turgan bolalari derazadan qarab yigʻlashardi. –Sen bilmaysana nega shuncha yil sabr qilganimni?

–Yoʻq dedimku otasi.

–Otasi demaaaaa…. Bilmasang, bilib qoʻy, men bolalarim uchun, muqaddas nikoxim uchun sabr qildim, tilimni tishimning orasida saqladim, ammo bugun sabrim sindi, meningku xayotim kuydi, endi sen iflooosss (shu erda Shavkat aka yigʻlab yubordi) , sen iflos bolalarimning xam xayotini kuydiryapsan, sen maraz endi ularning xayotini duzahga alantiryapsan, endi jim qarab turolmayman, –deb Shavkat aka bir necha yillik alamlarini chiqarar, koʻzlaridan alam va armon yoshlari qalqirdi. Sarvihon xamon erda ingragancha yotardi. Shavkat aka Gulnor opani itarib yubordi.

–Ertaga shu xovlida qorangni koʻrmay, tushundingmi qorangni koʻrmay, yoʻqol uyimdan, –deb Sarvihonning tepasiga bordi.

–Qizim, tuzukmisan? Oʻrningdan turolasanmi?

–Immmm, dadajon, yordam beringizlar, bolammmm…

–Nuriyayaya, yugur buyoqqa, –chaqirdi qizini.

–Xa ota.

–Yangangning boshini koʻtar, tez boʻl men moshinani oʻt oldiray kasalhonaga boramiz, –deb moshinani oʻt oldira boshladi. Sarvihon esa qaynsinglisi yordamida boshini koʻtardi, ammo ikki qoʻli bilan ichini ushlab ingrardi. Mashinani xozirlab ularni chaqirdi.

–Kelinglar, oʻtiringlar, –deb Nuriya va Sarvihonni oʻtirgʻizdi. Humrayib oʻtirgan Gulnor opaga qarab oʻzini bosib turolmadi.

–Ertaga kelgunimcha shu uyda qorangni koʻrmay, tushundingmi qorangni koʻrmay, boʻshatib qoʻy jannatdek xovlimni shayton, –dediyu mashinaga oʻtirib kasalhonaga joʻnab ketdi…

…………………………..

Kasalhona tomon mashina qushdek uchib borar ekan, Sarvihon dil va jon ogʻrigʻidan ingrab yigʻlab borardi. Shu onda uning butun koʻrgan va kechirganlari kino tasmasidek bir bir tizilib oʻtardi. Uning xayoti va kelajagi bir oxanga, bir qoʻshiqqa joy olgandek edi. Naxotki? Naxotka oʻsha qoʻshiq Sarvihon uchun yaralgan. Xa… butun qoʻshiqda uning alamli kunlari tasvirlangan… u qoʻshiqni xayolan koʻnglidan oʻtkazib, yurak torlari bilan oxangini yaratib, koʻzyoshlari bilan kuylar edi…

Ayt sevgi bu ahir nima qilganing,
Men yorga desam sen qayga chorlading.
Oʻlanchilar eski oʻlanni qoʻying
Bilsangiz eng dardli yor yorni ayting.

Qizning koʻnglidanda qiziq narsa yoʻq,
Siniq koʻnglidanda siniq narsa yoʻq,
Mening armonimdan tiniq narsa yoʻq,
Bilsangiz eng dardli yor yorni ayting.

Tindiring surnayning ovozasini,
Berkitishdi bahtim darvozasini.
Larzaga keltirib
Toʻyhonasini.
Bilsangiz eng dardli yor yorni
ayting... Yor–yorni ayting…

ENDI OYDEK QIZMAS,
BAHTSIZ KELINMAN.
BILSANGIZ ENG DARDLI
YoR–YoRNI AYTING…

Kasalhonagacha shu qoʻshiq va soʻzlarini xayolan takrorlab kelgan Sarvihonni qaynotasining ovozi tarqatib yubordi.

–Qizim, etib keldik. Xozir xamshiralarni chaQiraman, –deb kasalhonaga kirib ketdi. Bir zumda tibbiyot aravasini sudrab uch hamshira chiqib kelishdi. Ular sekinlik bilan Sarvihonni yotqizib ichkariga olib kirib ketishdi. Shavkat aka NUriya qizi bilan kasalhona karidoriga kirib oʻrindiqlardan biriga oʻtirdi. Bir hamshira kelib uni bosh shifokor chaqirayotganligini aytib, chaqirib ketdi. Shifokor honasiga yaqinlashar ekan, yomon habar eshitmaslikka oʻzini koʻndirardi.

–Taq–taq….

–Kiring.

–Assalomu alaykum.

–Va alaykum assalom, keling oʻtiring.

–Chaqirtirgan ekansiz doktor.

–Xa, siz Sarvihon …..vaning qarindoshimisiz?

–Xa, qaynotasiman. Nima gap doktor?

–Xozir tekshirdim, axvoli jiddiy, yana bir marta sinchiovlik bilan tekshiramiz.

–Bolachi? Bolaga nima qilibdi?

–Xozircha bolaga bir nima deyishimiz qiyin, ammo 25% kafolatimiz xam yoʻq. Koʻp qon yoʻqotyapti. Bola besh oylik boʻlib qolgan, eng ogʻir vaziyat bu, agar etti oyliklar boʻlib qolganda jarroxlik yoʻli bilan uni qutqarib qolshiga urinardik, ammo xozirgi vaziyat juda jiddiy.

–Kelinimchi? Uning axvoli qanday?

–Keliningz umuman kamqon, qon bosimi xam tushib ketgan, juda katta ruxiy kechinmalar oʻz taʼsirini koʻrsatgan,uzr, bu bilan oilangizni nazarda tutmadim, ammo bizning ishimiz vaziyatni aytish.

–Kelinim omon qolsa bas, ammo bolani saqlab qolishning bor ilojini koʻringizlar, oʻgʻlim safarda, qancha pul ketsa…

–Qoʻlimizdan kelgan barchasini qilamiz. Keliningizning birinchi homilasi ekan, uni qanday qilib boʻlmasin saqlab qolish kerak, boʻlmasa kelajakda nimalar kutib turganini bilmaymiz. Ochigʻini aytsak, agar keliningizning jonini saqlab qolib, bolani saqlab qololmasak, keliningiz bir umr befarzand boʻlib qolishi xam mumkin.

–Yoʻq, yoʻq, –deya yoshini tiyib turolmadi Shavkat aka. Bolani saqlab qolsangizlar, keyin u yana farzand koʻradimi?

–Xa, yana farzand koʻrishi mumkin, faqat u xolatda xam onaning, xam qornidagi bolasining xayotini havf ostiga qoʻyishimiz mumkin. Shuning uchun sizlar bir yoʻlni tanlangizlar, faqat tezkor qaror qabul qilmasangizlar xar ikkalasining xam xayotiga zomin boʻlishimiz mumkin.

–Doktor, men qaror qabul qilib boʻldim, kelinim, kelinim omon qolsin, uning joni omon qolsin, men oʻgʻlimga nima deb javob beraman, –deb stolga boshini qoʻyib yigʻlay boshladi.

–Unda siz bardam boʻling, biz xoziroq ishga kirishishimiz kerak, –deb ginekolog jarrox ayol Sarvihonga qarash uchun ketdi…

…………………………..

Erta tong… kasalhona xovlisi, soya va salqin. Derazadan mayin nur tushib, Sarvihonga salom berdi, shamol xam pir etib uning yuzini siladi. Ertalabdan etib kelgan Sarvihonning ota–onasi va Shavkat aka uning yuziga termilib turishibdi. Sarvihon koʻzlarini sekin ochdi va atrofga qaradi… koʻoʻoʻoʻp odamar, onasi va otasi judayam koʻoʻoʻoʻppp koʻrindi koʻziga…

–Ana, oʻziga keldi, –dedi onasi Mexri hola yoniga kelib.

–Qizim, –dedi qoʻllarini tutib. Boshqalar xam uning yoniga kelishdi.

–Enaaaa, men qaerdaman?
–Senmi? Sen… xammasi yahshi, ortda qoldi qizim, xammasi yahshi…

–Bolam… Bolam qani? –deya qornini ushlab, atrofga qaray boshladi xali xam oʻziga kelmagan Sarvihon. –Bolam qani ena? Nega u koʻrinmaydi?

–Bolam, jonim qizim, xali koʻoʻoʻoʻp bolalik boʻlasan, xali xayoting oldinda, xali koʻoʻoʻpp bolali boʻlasan qizim, –deb Mexri hola yum–yum yigʻlab Sarvihonning qoʻllaridan oʻpar edi. Bolasidan judo boʻlganini anglab etgan Sarvihon butun honani boshiga koʻtarib bolam deb yigʻlardi, Sarvihonning otasi Shuxrat aka va qaynotasi Shavkat akalar xam qizlarining ayanchli qismatidan yigʻlashardi. Birinchi farzandi–jigargoʻshasidan ayrilgan Sarvihon oʻzini qoʻyarga joy topolmay qon boʻlib baqirib–chaqirib, bolam deb yigʻlardi. Deraza oldidagi daraht shoxida bir qush kelib sayragancha ular tomon mungli kuy chalardi goʻyo, bu kuy sadosi esa yigʻidan dodlayotgan Sarvihonning qismatini chizib berardi goʻyo…

Endi oydek qizmas,
Bahtsiz kelinman.
Bilsangiz, eng dardli,
Yor–yorni ayting,
Yor–yorni aytiiiiiiinggggggggg….!

Toʻrtinchi qism tugadi! Sabr bilan oʻqiyotganlarga raxmat, uzr bugun sal kech kiritdim, sababi judayam jiddiy edi, ammo vaqt topib kech boʻlsayam yozib kiritdim… Sarvihonga sabr, xayotiga maʼno kiradimi? Bilsangiz, eng dardli yor–yorni ayting…, deb
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!