Musofirlar taqdiri.... (4 qism)

Murodalini “uylanganligi va bolalik ” boʻlgani xaqidagi gap tez orada butun qishloqqa tarqaldi. Xammadan kutsa xam Murodalidan kutishmagandi bunday ishni. Onasi qishloqni namunali oilalaridan boʻlgan Nuriddin muallimni qizi Nargizaga sovchilikga borib turgandi. Nargiza Murodalidan ikki yosh kichik, Murodali uni yoshligidan “koʻzni tagiga” olib yurgandi. Nargiza xam undan boshqasiga tegmaslikga vaʼda bergan, Murodali toʻyni pulini ishlab kelish uchun musofirlikga ketgandi.
Bu gapu soʻzlardan keyin Nuriddin muallim “Rossiyada hotini borga guldek qizimni berib xali axmoq boʻlmadim”- deb ikki oyogʻini bir etikga tiqib oldi. Nargiza oʻzi xam na ishonishini na ishonmasligini bilmay oʻylanib qoldi. Bu qishloqda uni kutib yursayu u shartta bir boshqaga uylanib, bolalik xam boʻlib olgan boʻlsa....yoshi xam 25 dan oʻtib qoldi. Bu tengilarni bolasi yugurib yuribdi...Ex sadqai odam....Rosa yigʻlab boshqa kutmaslikga, sovchilarni kelganiga rozi boʻlib, erga tegib ketishga qaror qildi. Ravshan xam alam ustida Nargizaga Murodali xaqida boʻlgan boʻlmagan gaplarni aytib shu usul bilan goʻyoki undan oʻchini oldi.
Qishni sovuq kunlari edi. Bu yil Rossiya qishi xar galgidan xam sovuq keldi. Evropadagi krizis, Sochi Olimpiadasiga tayyorgarlik, Moskvadagi ruslar va ozorbayjonlar oʻrtasidagi janjal, rus yigitini oʻldirilishi musofirlar boshiga kutilmagan sinovlarni soldi. Policiya oʻng kelganni olib soʻrab oʻtirmay qamab qoʻyar, FMS kim duch kelsa “depor” qila boshladi. Rus nacistlari xam qoʻl qovushtirib oʻtirmadi, koʻziga koʻringan musofirga tashlanar...Ishhonalar koʻpchilikni pulini bermay “kidat'” qilardi. Lekin bu muammolar Murodalini qaygʻurishiga sabab boʻlolmaydi. Uni joyi issiq, oyligi naqd. Birgina kamchiligi pasporti xali xam shefda. Kerak xam emas xozircha pasport. Qishloqdagi gaplardan behabar, vaʼdasiga muvofiq Aynur va qizi Jildizni taʼminlab yurardi. Biror marta Aynurga yomon nazarda qaramas, doʻstimni ayoli deb, doim koʻzini tiyardi.
Lekin.... Tunlarni birida ikkita oʻrta osiyolik dachalardan biridagi qariya rus bogʻbonni pichoqlab, dachadan koʻpgina qimmatbaxo narsalarni olib chiqib ketibdi. Policiya birma-bir yana xammani qiyratishni boshladi. Albatta Murodali xam bu narsani boshidan kechirdi. Dachani kelib rosa titkilashdi. Shef kelib bu holatni koʻrib FMS, policiya va maxsus operativ guruxni yigitlari bilan rosa tortishdi. Ular ketgach Murodali va Aynurni chaqirib: “-Narsalaringni yigʻlaringda, joʻnalaring, kerakmas sizlarni deb shuncha gʻavgʻo”... “-Qayerga boramiz shef, ahir qish boʻlsa, yosh bolam boʻlsa”... “Ya ne znayu, boshlaring oqqan tomonga, magazindagi qolgan gastarbayterlarni xam yoʻq qilaman”- deb ikkalasini shaxar markaziga olib kelib tashladi...Qishni qaxratonida ikkalasi xam ishsiz, joysiz qolib ketishdi....(davomi bor)

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!