📖 Hikoyalar

Musofirlar taqdiri.... (3 qism)

2 daqiqa 3.8K marta oʻqildi
Musofirlar taqdiri.... (3 qism)
“Yakshanba kuni xam notinch oʻtadigan koʻrinadi, biror chora topish kerak, ex xayvon, meni shuncha tashvishga qoʻyib ketding. Bular meni atayin yashirayabdi deb doʻpposlab yuribdiya”....Tonggacha uhlolmay chiqdi. Kechagilar yana kelishdi. Yana oʻsha manzara. Lekin bugun doʻpposlashmadi. Aynur boshqacha variant taklif qildi. “-Meni vataningga olib borasan, uni topib oʻsha yerda qolaman”- dedi. “-Bunday qilolmayman Aynur, meni xam tushinsangchi, ahir endigina ishga kirdim.

Ota -onam qarib qolishgan. Sharoitimiz yahshimas, men ishlamasam, ancha qiynalib qolamiz, musofir boʻlib turib qilayotgan ishingni qara. Kecha xam noxaqdan urdirding. Bilsam men oʻzim topib berardim oʻsha nomardni”. “-Unda men nima qilay, skaji Murat, kak ya budu jit', rabotat' esli skoro chaqaloqlik boʻlsam? Meni xam oʻylagin, osonmi begona joyda yosh bola bilan yashab, ishlash?” “-Nega buni men oʻylashib kerak, Ravshan bilan benikox yashab yurganlaringda sizlar oʻylashlaring kerak edi.

Yemagan somsaga nega men pul toʻlayman?” Aynur jim qoldi. “-Ketinglar” dedi olib kelgan odamlariga. Ular Murodaliga bir-bir oʻqrayib qarashdida, chiqib ketishdi. “-Murat yordam ber”- dedi yalinish ohangida. “-Mayli yordam beraman, lekin xar balolarni oʻylab yurma” -dedi Murodali. Turib choy qoʻydi. Ikkalasi choy ichishdi. “-Men xam shefimizga aytaman seni ishga oladi. Dachasiga sadovnik qidirib yuruvdi”- dedi Aynur. Ertasiga aytganidek uni shefi Murodalini chaqirdi. Ishidan bir ozga javob olib bordi. Shefi ruschalab bir qancha gapni aytib tashladi. Murodali quloqlariga ishonmasdi. Qiladigan ishi dachaga qarab yurish ekan. Oyligi esa bu yerdagidan 4 barobar koʻp. Mazaku. Rozi boʻldi.

Bu ishidan ketib, narsalarini olib shefni aytgan eriga bordi. “-Pasportingni ber, men hujjatlaringni qonuniy qilib beraman”- deb pasportini olib ketdi. Shu bilan pasportni qaytib koʻrmadi. Kunlar oʻtib Aynur qizchalik boʻldi. Shef uni ancha oldin dachaga olib kelib qoʻygandi. Murodaliga “”- dedi. “-Uylanmayman, men xali uylanganim yoʻq, lekin mayli bolasi katta boʻlguncha, ularga qarayman. Oʻzi ishlaydigan boʻlguncha yordam beraman”- dedi. Bechora boshqa nima xam qilardi.

Bir tarafdan pasporti ularni qoʻlida, ikkinchidan xamqishlogʻini bolasi sarson boʻlishi mumkin. Qolaversa “oʻzbeklar nomard ekan” degan gapga Murodali chiday olmasdi. Ravshan esa bir marta boʻlsada qoʻngʻiroq qilmadi. Vijdoni qiynalsada, Aynurni unuta olmasada, lekin oilasidan qayta sovugisi yoʻq edi. Yakshanba kuni ertalab Murodalini onasi kirib keldi. “-Keling holajon, tinchlikmi?” deb Ravshan holaga choy uzatdi. Hola choydan hoʻplar ekan past ovozda: “-Murodali bir qirgʻizga uylanib olganmish, habaring bormi?” dedi. Ravshanni ustidan sovuq suv quyilgandek boʻldi. “-Yoʻgʻe, Murodni qoʻlidan bunday ish kelmaydi. Kim aytdi sizga?”-dedi. “-Kecha yigitlar kelishgandi. Rustam onasiga Rossiyadagi sarguzashtlarini aytib berib, Murodali bir qizga uylanib olgan, bolali boʻlib, shahardan boshqa joyga ketishgan”-deb aytibdi.

Sekin borib bilib kel, Rustam bilarmish bu xaqida. Ravshanni Murodalini uylanishi emas, Aynurni xayoti koʻproq qiziqtirardi. Tez kiyinib Rustamlarnikiga otlandi. Rustam bilganlarini aytib berdi. “-Seni sarqiting Murodga meros qolibdi. Bolalik boʻlishgan”- dedi. “-It....kutib yurgan ekanda meni ketishimni. Sezardima, doim hasad bilan qarardi menga. Ohiri maqsadiga yetibdida”....(davomi bor)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!