Beshbarmoq

Kerakli masalliqlar:
Mol goʻshti - 300 gr.
Qoʻy goʻshti - 300 gr.
Ot goʻshti - 300 gr.
Qazi - 1 dona
Zira

Hamir
Un - 1-1,5 kg,
Tuhum 2 dona.
Nomokob suv - 1 kosa.

Tayyorlanishi:
Birinchi navbatda, qozonda, goʻshtlar, qazi, tuz va zira solinib, 3 soat davomida suvda qaynatiladi. Suv birinchi qaynab chiqqan vaqtida koʻpikni olish kerak. Yodingizda boʻlsin! Koʻpikni qanchalik erinmay olsangiz, suv shunchalik tiniq boʻladi.

1 kosa suvda 1 osh qoshiq tuz eritiladi. Tayyor eritma unga solinadi va 2 ta tuhum qoʻshib, hamir qoriladi. Hamir yahshilab mushtlab, tindirib qoʻyiladi. Tingan hamirimiz yupqa, bir tekisda qilib yoyiladi. Hamir qalinligi chuchvara hamiri qalinligidek (2-3 mm) buladi. Yoyilgan hamir, 8 ga 8 toʻrtburchak qilib qesiladi. Hamir boʻlakchalari aloxida suvda pishiriladi.

Pishgan hamirni chovli yordamida laganga suzamiz va ustiga goʻshtlar qaynagan shoʻrvadan quyamiz. Parrak qilib kesilgan qazi, hamda goʻshtlar bilan taomni bezatamiz va dasturhonga tortamiz.
Eslatma: taomdagi goʻshtlar sizning taʼbingizga qarab oʻzgartirilishi mumkin. Sur goʻsht boʻlsa taom yanada hushhoʻr boʻladi.
Yoqimli ishtaxa!

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!