🍛 Taomlar

Honim

9.2K marta oʻqildi
Honim
Kerakli masalliqlar:

1. Qoʻy charvi yogʻi yoki mol yogʻi - 200 gr.
2. Kartoshka - 1,5-2 kg.
3. Piyoz - 1 kg.
4. Un - 1-1,5 kg.
5. Pomidor - 2 dona.
6. Tuz va ziravorlar

Honim
Tayyorlanishi:

Shoʻr suvga oddiy hamir qoriladi.

Honim
Hamir tinguncha qiymasini tayyorlaymiz. Kartoshka va piyoz artib, somoncha toʻgʻraladi. Charvi yog' mayda kubik toʻgʻraladi. Xamma masalliqlar aralashtirilib, ziravorlar solinib, tuzi rostlanadi.

Honim
Honim
Honim
Honim
Tingan hamir iloji boricha yupqa qilib yoyiladi. Yoyilgan hamir ustiga dogʻlangan yog' surtib, soʻng qiymani bir hil qalinlikda hamir ustiga sochib chiqamiz.

Honim
Honim
Soʻng bir chekkasidan 10 sm. qalinlikda rulet xoliga keltirib oʻrab chiqamiz. Xar 3-4 qavatdan soʻng hamirni uzunasiga kesib, manti-qasqonning yog' surtilgan listiga oʻrab chiqamiz. Qasqonga suv solib, qaynatilinadi. Va suv qaynab chiqqach, listlar qoʻyilib, 40-45 daqiqa davomida pishiramiz.

Qizil qayla. Piyoz toʻgʻralib, qizigan yogʻda, tovada qovuriladi. Soʻng, ustiga qirgʻichdan chiqarilgan yoki mayda toʻgʻralgan pomidor solinadi va tuzi rostlanib, biroz qovuriladi.

Pishgan honimni kerakli hajmda kesib, likopchalarga qoʻyamiz. Dasturhonga qizil qayla, qatiq va koʻkat bilan tortamiz.

Yoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Norin
Taomlar

Norin

29-sentabr, 20187.5K
Quymoq
Taomlar

Quymoq

29-sentabr, 20186.9K