🍛 Taomlar

Norin

7.5K marta oʻqildi
Norin
Norin shoxona taom boʻlib, oʻzbek milliy taomlari orasida tayyorlanishi ancha murakkab boʻlgan taomdir. Asosan yilning sovuq fasllarida tayyorlanadi. Taomni taʼbga qarab mol yoki ot goʻshtidan tayyorlash mumkin.
Ushbu taom 8-10 kishilik.

Kerakli masalliqlar:

1. Goʻsht - 1 kg.
2. Tuhum - 2 dona
3. Un - 1,5 kg
4. Yog' - 150 gr.
5. Zira
6. Tuz

Norin
Norin
Tayyorlanishi:

Goʻsht suvda 1 soat davomida qaynatiladi. Pishgach, suvidan olib, sovutiladi. Soʻng, mayda somoncha (kokil) shaklida toʻgʻraladi.

Norin
Norin
Un ichiga tuhum chaqib solinib, nomokob suvda oʻrtacha qattiq hamir qorib, tindirib qoʻyiladi. Tingan hamir oʻrtacha yupqalikda yoyilib, toʻrtburchak shaklida kosa kengligida kesib chiqiladi.

Norin
Norin
Bu boʻlaklar shoʻr suvda pishirib olinadi. Pishgan hamirlar suvdan olingach, issiqligida dasturhon ustiga yoyib quritiladi. Bunda hamirlar bir-biriga yopishib qolmasligi uchun issiqligida toʻliq yoyishga harakat qiling. Ikki tomoni quritilgan hamirlar laganga bir hil tekislikda oralariga yog' surilib, ustma-ust tahlanadi.

Norin
Norin
Tahlangan hamirdan uzun lentalar kesib olinib, mayda kokil qilib toʻgʻraladi.

Norin
Norin
Toʻgʻralgan goʻsht va hamir zira bilan aralashtiriladi.

Norin
Taom dasturhonga alohida idishda goʻsht qaynagan shoʻrvasi bilan tortiladi.

Eslatma: Goʻsht oldindan tuzlab, ziralab qoʻyilsa yanada mazali boʻladi.

Yoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Honim
Taomlar

Honim

29-sentabr, 20189.2K