Qovoq dimlama

Kerakli masalliqlar:
1. Yogʻli qoʻy goʻshti yoki dumba - 200-300 gr.
2. Kartoshka - 9-10 dona.
3. Qovoq - 1 dona.
4. Piyoz 2-3 dona
5. Bulgʻor qalampiri (qizil va yashil) - 2 donadan
6. Baqlajon - 1 dona
7. Sarimsoq piyoz - 6-7 boʻlakcha

Tayyorlanishi:
Xamma masalliqlar yirik boʻlaklanadi. Qozon tubiga birinchi parraklab kesilgan dumba boʻlaklari terib chiqiladi.

Keyin, piyoz, goʻsht, kartoshka va qolgan masalliqlar solinadi (terib chiqiladi). Xar bir qatlam orasiga tuz va ziravorlarni solasiz (xoxishga qarab).

Eng ustiga qovoq boʻlaklari solinadi. Soʻng, qozon gazga qoʻyilib, tagi balandlanadi va ustiga 1 piyola suv solinib, qopqogʻi yopiladi.

Suvi qaynagach, olov pastlanib, 1 soat davomida dimlab pishiriladi. 30 daqiqadan soʻng qozon qopqogʻi ochilib, masalliq kavlanadi, yaʼni, tagidagi ustiga va ustidagi tagiga tushiriladi va dimlashda davom ettiriladi.
Bu taomga taʼbingizga qarab goʻsht solishingiz mumkin, yoki yoʻq.
Yoqimli ishtaxa!

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!