📖 Hikoyalar

Musofirlar taqdiri.... (5 qism)

3 daqiqa 3.2K marta oʻqildi
Musofirlar taqdiri.... (5 qism)
Vaziyat chigallashib ketdi. Murodali ilgari birga ishlagan yigitlari bilan gaplashib ularnikida ikki uch kun yashab turishga koʻndirdi. Ular Aynur va bolasini yigitlar orasida yashashini istashmasdi. Lekin sovuqda bu musofirlar qayerda qoladi deb Murodali ularni xam olib bordi. Kechga borib bir xaftalardan beri qoʻngʻiroq qilolmagani uchun onasiga telefon qildi. Onasi telefonga javob berar zaohti Murodalini tergab ketdi: “Sharmanda qilding meni, sharmanda, shu umidda katta qilgandimmi, shumi menga koʻrsatgan karomating. Rossiyaga uylanishga pul ishlayman deb aslida uylanishga borgan ekansanda, yuzimni erga qaratding”....Murodali: “onajon, nima gap oʻzi” -deya onasini toʻhtatishga urinar, lekin onasi uni eshitishni xam istamas, bir ovozda lekciya oʻqirdi.

To onasi charchagunicha jim turdi. Keyin onasi sovugandan soʻng, “endi yotigʻi bilan tushintiring, nima gaplar oʻzi”, dedi. Onasi voqealarni bitta xam qoldirmay aytib berdi. “Gap bu yoqda deng...Eh nomard Rustam, nomard Ravshan! Shu boʻldimi insonlik”...Aynurga nafrat bilan qaradida: “Tur yoʻqol, sen iflosni deb shunchalar sharmanda boʻlibman, mayli men, onamni aybi nima edi”....uni baqirishidan onasini qoʻlida endigina koʻzini ochgan Jildiz yigʻlab yubordi. Honadagi xamma “ovozini oʻchir, ozgina dam olaylik” deb Aynurga oʻqrayib qaradi. Birinchi boʻlib Murodalini raxmi keldi.

“Yur biror narsa yeb olaylik” -deb konserva bankasini tagida qolgan tushenkani mikrovolnovkaga qoʻyib isitib ikki burda lavash non bilan yeb olishdi. “Kirib endi meni joyimga uhla, ikkalamiz sigʻmaymiz”, deb Aynurga oʻzi uchun tayyorlagan joyini boʻshatib berdi. Oʻzi esa ovqatlangan joyida boʻlib oʻtganlarni xazm qilolmay oʻylanib qoldi. “Naxot endi Nargizani boshqaga berishgan boʻlsa, naxot endi qishloqda xamma ishni qilgan Ravshan “namunali ota, namunali er” boʻlsayu, bu boʻlsa bu erda uni dahmasalari bilan birovlarni eshigida sigʻindi boʻlib yursa, qani adolat, qani bu odamiylik uchun mukofot? Shu kuyi stulda oʻtirib uhlab qoldi.....Ertasiga Aynur gazetadan bir eʼlon topib keldi. Unda yozilishicha ayol qizlarga honada oʻtirib ishlash va yahshigina daromad topish xaqida yozilgan ekan. Darhol eʼlon pastida koʻrsatilgan manzilga telefon qildi. Zara degan tatar ayol koʻtardi va xaqiqatdan shunday ish borligi xaqida eʼlon berganini aytib, uni “sobesedovanie”ga chaqirdi. Bolasini olib bordi. Zara ajoyib ayol ekan, bolalarni xam yahshi koʻrarkan. Jildizni koʻrib boshi osmonga etdi. “Bolang bilan joylash shu yerga” deb unga aloxida hona berdi.

U yerda ikkita yoshroq qiz xam yashardi. Lekin vaʼda qilingan ishdan darak yoʻq edi. Aynur havotirlanib “nima ish, qachondan ishlaymiz” deb soʻradi. “Bolangni menga qoldirda, borib “razreshenie na rabotu” ga dokument topshirib kel” dedi. Aynur kiyinib, bolasini qornini toʻydirib, uni Zaraga qoldirdida oʻzi FMS ga ketdi. Odam koʻp, navbat rosa kech etdi. Uyga holdan toyib qaytdi. Kelsa bolasi yoʻq ekan. “Bolam qani”- dedi Zarani oldiga kirib. “Bilmadim, anavi honadagi qizlardan biriga bergandim, kiyintirib magazinga tushib ketdi”, dedi. Oradan ancha vaqt oʻtsa xam qizidan darak boʻlmadi. Yugurib narigi honadagi qizni oldiga kirdida “qizimni qaerga olib ketdi”- deb boʻgʻizladi. “Ruchki uberi, i ne krichi, dura, bolangni Zara dom malyutkiga (chaqaloqlar uyi) ga topshirib keldi. Endi bolang yoʻq” dedi. Aynur hushidan ketib yiqildi. Anchadan keyin ustiga quyilgan sovuq suvdan oʻziga keldi.

Boshida Zara turardi. “Nima, bu yerda yetimu yesir, haromilarni boqadigan mexribonlik uyi ochilibdi deb oʻylabmiding, bolaliklar menga kerak emas, menga ishlaydigan, daromad keltiradigan yosh, chiroyli qizlar kerak. Pasportingni ber”.... (xikoyani shu qismida, Aynurni xayotiga 2011 yil yanvar' oyida Rossiya shaharlaridan birida Qirgʻizistonlik Elʼnurani boshidan kechirgan real voqea kiritildi. Bolani berib yuborgan va uyida ayollar savdosi bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan ayolni ismi Zarrina, asli samarqandlik ayol boʻlgan, Elʼnurani bolasi qiz emas, oʻgʻil, ismi Arsen, otasi Toshkentlik bola boʻlgan va ayni qishda ularni tashlab vataniga quyon boʻlgan bir yigit boʻlgan. Muallif bu ishni, yaʼni bolani qaytarib olish sud processida ishtirok yetgan va voqea tafsilotlarini toʻliq oʻrganib chiqqan) (davomi bor)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!