📖 Hikoyalar

Musofirlar taqdiri.... (6 qism)

3 daqiqa 4.1K marta oʻqildi
Musofirlar taqdiri.... (6 qism)
Aynur' qattiq kaltak yeyishiga qaramay, bu yerdan chiqib ketishga muvaffaq boʻldi. Dom malyutkaga borib bolasini topishga urinib koʻrdi. Lekin uning bolasini nomi bilan birorta joyda goʻdak roʻyxatdan oʻtmagandi. Kimdir unga oʻzbeklar, qirgʻizlar diasporasiga murojaat qilishni maslaxat berdi. Xayriyatki, sahovatli, yahshi kishilar bor ekan, u bolasini topdi.

Lekin u yerdagi shartnomaga “men bolamdan voz kechaman” deb imzo chekilgandi. Imzoni esa Zara qoʻygandi. Bu ish sudga borib yetdi va aybdor jazosini olib Aynurga diaspora va duotalab kishilar tomondan chiptaga pul yigʻilib vataniga qaytarishdi...Aynurning keyingi xayoti xaqida xech qanday maʼlumot yoʻq. Balki oʻz yurtida bahtini topib ketgandir.

Murodali esa ikki oycha stroykada ishlab yurdi. Ketishga chora izlardi. Lekin puli biletga etmasdi. Undan tashqari baxor kelib xamma ishga Rossiyaga kelayotgan bir paytda uni qaytib ketishi toʻgʻri kelmasdi. Lekin onasini koʻrgisi, xaqiqatni aytgisi kelardi. Kutilmaganda stroykada fojea yuz berdi. Yoshi qirqlardan oʻtgan bir kishi baland qavatli binodan tushib ketib vafot etdi. Uni vatanga joʻnatish kerak edi. Qarindoshlari topilmagach yigitlar yordam soʻrab mamlakat elchihonasiga murojaat qilishdi. Elchihonadan biror yordam olisholmagach, Jumʼa kuni namozda shu murdani vatanga joʻnatishga pul toʻplanayotgani xaqida eʼlon berildi. Ikki kun ichida murdani va uni olib boruvchi shahsga pul toʻplandi. Murodali murdani olib borib oilasiga topshirishni boʻyniga oldi.

Vatanga qaytib, boʻynidagi vazifasini ado qilgach uyga qaytdi. Xech kimga xech narsani isbotlamoqchi emasdi. Nargiza unashtirib boʻlingan. Rustam yana Rossiyaga qaytib ketgan, Ravshan oilasi bilan bahtli edi. Onasini oldiga kelib: oyijon, vijdonim toza, men xech ayb ish qilganim yoʻq, Allox shoxid, deb bor gapni aytib berdi. Albatta onasi oʻgʻliga ishonardi. Oradan koʻp oʻtmay unga oʻziga munosib kelin xam topildi. Ishlab kelib toʻy qilaman deb Rossiyaga qaytib kelib ishlab pul topib, koʻngildagidek toʻy qildi. Tog' tog' bilan uchrashmas, inson inson bilan albatta uchrashadi deganlaridek Ravshan bilan Murodali koʻrishib qolishdi. Ravshan gap boshladi: “Xa doʻstim, bizdan qolgan sarqit shirin ekanmi, hali samoletdan tushmasimdan uylanib olibsan?”. Murodali sekin sekin gap boshladi va barcha boʻlib oʻtgan voqealarni Ravshanga aytib berdi. Ravshan qarshisida turgan insonni oldida qanchalar qarzdor ekanligini xali idrok yetolmasdi....Lekin Murodali uni yukini yengillatdi: “Peshonamdagini koʻrdim doʻstim, endi oilangni qadriga yetgin, koʻr hassasini bir marta yoʻqotadi”, deb uyiga qarab ketdi....Ravshan esa xazrati insonni ortidan qaragancha qoldi....

Hulosa oʻrnida...
1. Rossiyaga xech kim oʻynagani bormaydi. Xamma xam Alloxni bergan rizqini tergani boradi. Rizqingizni halolidan tering, birovlar ustidan non yemang, birovlarni xaqqiga zulm qilmang. Bu ikki dunyoda xam insonni bahtsizlikga yetaklaydi.
2. Rossiyada uzoq muddat yurib, uydagilarni unutmang. Ayniqsa uylanganlar, farzandi borlar, albatta imkon qadar uydagilar bilan aloqani uzmang. Doim ulardan hol ahvol soʻrab turing. Unutmang, ular sizni kutadi.
3. Kimnidir vaqtinchalik yoqtirib qolib, u bilan birga yashash, kvartiraga ega boʻlish, yoki boshqa maqsadlarda, u insonlarga yolgʻon gapirmang, ayniqsa farzandu oilangiz boʻla turib, men xali uylanmaganman demang. Allox boringizdan ayirib qoʻyishga Qodirdir!
4. Unutmang, zinoni kasofati barcha ishlaringizni chappasidan keltiradi. Uyingizda ayolingiz, qizingizni tashlab ketayabsizmi, demak Alloxdan ularni asrashini soʻrang. Zero rasuli akram sollalloxu alayxi vasallam aytganlar: “Kim zino qilsa, uni xam zinosini qilishadi”.
5. Axil boʻling, bir vatandoshingizni boshiga kulfat tushganda uni yolgʻiz qoldirmang, insonni boshida xar narsa bor. Musulmonlar bir biriga birodardir!
6. Rossiyada mumkin deb, turli qallobligu, gunoxlarga qoʻl urmang, vatanda Alloxni hukmi qanday boʻlsa Moskvada xam, Hantida xam, Vladivostokda xam Severda xam shunday, zero U Basiyr va Samiy Zotdir, barchasini koʻrib, eshitib turadi.
7. Nima boʻlganda xam millat nomiga dog' tushirmang. Birgina sizni deb butun boshli millat vakillarini azoblashlari mumkin. Bir kishi hato qiladi, koʻpchilik aziyat chekadi.
Boshingiz toshdan boʻlsin, olganingiz oltin boʻlsin, aziz musofir birodarim! Sizni vatan kutadi, siz xaqiqiy mard kishilarsiz! Xar biringizni nomingizni shon shuhrat kitobiga yozib, xar biringizni nomingiz bilan bir koʻchani atasa arziydi! Allox barchangizni panoxida asrasin!

Shu bilan Musofirlar taqdiri deb atalgan qisqagina xikoyamiz tugadi. Bu Rossiyada yuz berayotgan real xayotdan bir lavxa edi holos. (Xikoyadagi deyarli barcha voealar xaqiqatdan yuz bergan yoki qisman yuz bergan). Qodir qilganicha yozishga xarakat qildim. Agar biror naf olgan boʻlsangiz Alloxdan, kamchiliklari boʻlsa kamina hodimingizdan deb biling, duo qiling, shu jumladan millionlab mard musofir birodarlarimizni xam!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!