🍛 Taomlar

Koʻza shoʻrva

6.1K marta oʻqildi
Koʻza shoʻrva
Kerakli masalliqlar:

1. Goʻsht - 500 gr.
2. Piyoz - 2 dona
3. Kartoshka - 3 dona
4. Sabzi - 1 dona
5. Pomidor - 1-2 dona
6. Bulgʻor qalampiri - 2 hil 1tadan
7. Sarimsoq piyoz - 5-6 boʻlak
8. Koʻkatlar

Koʻza shoʻrva
Tayyorlanishi:

Koʻzalarning ichiga, avval, kerakli boʻlaklarga boʻlingan goʻsht, sabzi, kartoshka, pomidor, piyoz, sarimsoq piyoz, bulgʻor qalampirlari, koʻkatlar solinadi va tuzi rostlanadi. Taʼbingizga koʻra ziravorlar solsa xam boʻladi. Ustidan, masallliqlarni koʻmgunicha suv solinadi. Soʻng, koʻzalar oldindan qizdirilgan gaz duhovkasiga joylashtiriladi. Koʻzadagi suv qaynab chiqqach, gaz duhovkasining olovi oʻrtacha pasaytiriladi. Bunda, koʻzadagi suv miqdori kamayib ketmasligi shart. Bu koʻza shoʻrvani, goʻshtning qattiq yoki yumshoqligiga qarab, 1,5-2 soat pishiriladi.

Koʻza shoʻrva
Taom shoʻrvasi aloxida kosada va masalliqlari likopchada dasturhonga tortiladi.

Yoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Quymoq
Taomlar

Quymoq

29-sentabr, 20186.9K
Honim
Taomlar

Honim

29-sentabr, 20189.2K