Kesma lagʻmon

Kerakli masalliqlar:
Qayla uchun:
1. Goʻsht - 0.5 kg.
2. Bulgʻor qalampiri (qizil) - 2 dona
3. Bulgʻor qalampiri (yashil) - 2 dona
4. Koreys karami yaproqlari - 0,5 kg.
5. Koreys turupi - 1 dona
6. Qizil sabzi - 1 dona
7. Kabachki - 1 dona
8. Pomidor - 2 dona
9. Piyo0 - 2 dona
10. Sarimsoq piyoz - 5-6 boʻlakcha
11. Koʻkat (selʼdr) - 1 bog'
12. Soya sousi - 2 osh qoshiq.

Hamir uchun:
1. Un - 4-5 stakan
2. Tuhum - 2 dona
3. Nomokob suv - 1 kosa.

Qayla tayyorlanishi:
Qozonga 1 choʻmich yog' solinadi. Yog' qizigach, toʻgʻralgan piyoz solib, qizargunicha qovuriladi. Soʻng, yirik somoncha shaklida toʻgʻralgan goʻsht solinadi. Goʻsht biroz qovurilgach, ustiga toʻgʻralgan pomidor solinadi va qovurishda davom etiladi.

Pomidor ezilib, yoʻq boʻlgach, 1 kosa suv solinadi. Suv qaynab chiqqach, olov pasaytirilib, goʻsht pishgunicha qaynatilinadi. Solingan 1 kosa suv kamayib, qovurish xoliga etganida, olov balandlatiladi. Va, yirik toʻgʻralgan barcha masalliqlar ketma-ket solinib, qovurishda davom etiladi.

5-7 daqiqadan soʻng, soya, tuz, yanchilgan achchiq qizil qalampir taʼbga koʻra solinadi. Soʻng, masalliqlar koʻmilgunicha suv solinadi. Suv qaynab chiqqach, olov pasaytiriladi va 15-20 daqiqa qaynatilinadi.

Hamir tayyorlanishi:
Un ustiga 2 ta tuhum va shoʻr suv solinib, qattiq hamir qoriladi. Hamir uzoq mushtlanib, tindiriladi.
Tingan hamir yoyiladi. Ustiga un sepib, shu xolida 5-10 daqiqaga qoldiriladi. Yoyilgan hamir biroz qotgach, uni tahlanadi va kerakli qalinlikda hamirni kesib chiqiladi. Kesilgan hamir barmoqlar yordamida titib yuboriladi. Va bu hamir qaynayotgan shoʻr suvda pishiriladi.

Isteʼmol qilish:
Avval idishga pishgan hamir solinadi. Soʻng ustiga qayla solinib, toʻgʻralgan koʻkat va oq piyoz bilan bezatilib, dasturhonga tortiladi.
Yoqimli ishtaxa!

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!