🍛 Taomlar

Toshkentcha osh (palov)

1 daqiqa 7.2K marta oʻqildi
Toshkentcha osh (palov)
Kerakli masalliqlar:

1. Qoʻy goʻshti - 1 kg.
2. Qoʻy dumbasi - 200 gr.
3. Sariq sabzi - 1 kg.
4. Piyoz - 0,5 kg.
5. Guruch - 1 kg.
6. Ivitilgan noʻhot - 1 stakan.
7. Ziravorlar.
8. Zigʻir (pahta) yogʻi - 1 choʻmich

Toshkentcha osh (palov)
Tayyorlanishi:

Qozonga yog' solinadi. Va u qizigach, goʻsht solinib, qizargunicha qovuriladi. Ustiga toʻgʻralgan piyoz solib, uni xam qizargunicha qovuriladi. Oshni rangi piyozni qovurilishiga qarab oʻzgaradi. Agar siz oqishroq oshni xoxlasangiz, piyozni koʻp qizartirib qovurmang. Agar piyozni goʻsht rangiga yaqin qizartirib qovursangiz, osh qizil tusda boʻladi.

Toshkentcha osh (palov)
Toshkentcha osh (palov)
Qizargan piyoz ustiga toʻgʻralgan sabzini solamiz. Sabzi ezilib, yoʻq boʻlib ketmasligi uchun uni uzoq qovurmang. Sabzi biroz oʻlgach, masallliqlar koʻmilgunicha suv solamiz. Keyin, oshda dumba erib, yoʻq boʻlib ketmasligi uchun suvga dumba solinadi. Agar dumbani taʼbingiz koʻtarmasa, qozonga solinadigan yogʻning miqdorini ikki barobar koʻp soling. Soʻng, taʼbga koʻra tuz, zira, dumba va noʻhotni solamiz. Ushbu daqiqada osh uchun mahsus ziravorlar toʻplamini solishingiz xam mumkin.

Toshkentcha osh (palov)
Toshkentcha osh (palov)
Masalliqlar 15-20 daqiqa qaynagach, tuzini yana bir marotaba tekshirib koʻrib, yetarli boʻlmasa, sozlaymiz. Qozon tagidagi olov balandlanib, ustiga guruch solamiz. Bunda, guruchni ikki hil usulda solish mumkin. Birida guruch tozalanib, yuvilib, solinadi. Ikkinchisida guruch avvaldan suvda ivitib qoʻyiladi. Ikkinchi usul qoʻllangan xolatda qozondagi qaynayotgan masalliq suvi miqdori kamroq boʻlishi lozim. Chunki guruch ivitilgan vaqtda kerakli suvni shimib olgan boʻladi.

Toshkentcha osh (palov)
Toshkentcha osh (palov)
Qozonga solingan guruch suvi tortilgunicha aralashtirilmay qaynatilinadi. Bunda qozondagi guruch bir hilda qaynashi lozim. Aks xolda, qaynayotgan tomon guruchi yetilib, qaynamagan joyi guruchi esa tirik boʻlib qolishi mumkin. Suv tortilganini qozon chetiga kapgirni tiqib koʻrib, bilamiz. Suv tortilgandan soʻng guruch oʻrtaga doʻppidek yigʻilib, oʻrtasiga kapgir sanchiladi. Bu kapgir sanchish guruch atrofida bug' aylanishini taʼminlaydi. Soʻng, qozon usti yopilib, osh 15-20 daqiqa past olovda dimlanadi.

Yoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Quymoq
Taomlar

Quymoq

29-sentabr, 20186.9K
Honim
Taomlar

Honim

29-sentabr, 20189.2K