📖 Hikoyalar

Xalol sevgi

1 daqiqa 6.1K marta oʻqildi
Xalol sevgi
Uning ismini qoʻl telefonimga (Hadija) deb yozib qoʻydim. Lekin oʻziga bu xaqda aytmagan edim. Bir kuni qoʻl telefonimni olib ishlatmoqchi boʻldi. Qarasa (Hadija) ismi turgan ekan. Darrov shu zaxoti qoni qaynab, peshonasidan ter donalari chiqib ketdi. Jahl bilan mendan (Hadija)ni kim ekanligini soʻradi. Oʻzimni xuddi ikkilanganday tutib, savoliga javob bermadim. Jahli yanada zoʻrayib baland ovoz bilan:
"Ayting..... Javob bering...... meni koʻzlarimga qarab ayting.."
Va nixoyat javob berdim: " uning oʻzidan soʻra"
U boʻlsa: " Juda yahshi, oʻzidan soʻrayman".
(Hadija) ismiga qoʻngʻiroq qilishi bilan oʻzining qoʻl telefonini jiringlagan ovozini eshitib qoldi. Telefoniga qarashi bilan qoʻngʻiroq qilayotgan shahs eri yaʼni men ekanligimni koʻrib hayron boʻlib qoldi.
Hech narsani anglab yetmay telefoniga qarab dedi:
"mening ismim Hadija emas!"
Shunda men:
" sifatingchi? ... mexringchi? ... meni tshunushingchi? ... menga boʻlgan muxabbatingchi? ... mendan xavotir olishlaringchi?
Sen mening oilamsan. Sen bu dunyodagi butun molu davlatim. Sen mening nomim va sharafim, ayblarimni yashirguvchimsan, oliy firdavslardagi rafiqamsan ( in shaa Allox) ... sen mening ayolimsan..."
Qoʻllarim bilan yonoqlariga qarab oqib tushgan koʻz yoshlarini artar ekanman, gapimni davom etdim:
"endi bildingmi (Hadija)ni kimligini?"
U shunday deb javob berdi:
"in shaa Allox shunday xam boʻlaman. Yuzingizni aslo yerga qaratmayman".
Alloxim, biz sendan xalol sevgini barcha aka uka, opa singillarimizga soʻrab qolamiz. Barchalarimizni xalol sevgi, ishonch, mexr, muxabbat, baht xamda solix farzandlar bilan rizqlantirgin.

Bugungi xikmat
Eng goʻzal inson bu - koʻngli toza, qalbi pok, xech kimni yomon koʻrmaydigan, xech kimga xasad qilmaydigan, kechirimli, va boshqalarga nisbatan kek saqlamaydigan, xamisha dillarni yashnatib, qalblarga sevgi muxabbatni ekib yuradigan insondir
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!