Goʻdak qismati

Qizcha shiringina uyqudan baqir-chaqir ovozi sababli uygʻonib ketdi. Koʻzlarini ishqalab kravatidan tushdi va ovoz kelayotgan tomonga yura boshladi. Uning ota-onasi har kungidek oʻzaro janjallashishardi. Ular qizchaning uygʻonganligiga ham eʼtibor berishmasdi. Ota-onasining janjalidan qoʻrqib, bir chetda ularni kuzatib turgan toʻrt yoshli qizcha yigʻlab yubordi.
Bir-birlarini turli odob doirasidan tashqarida bölgan soʻzlar bilan haqorat qilayotgan er-xotin bolaga eʼtibor berishmasdi: - Siz men uchun nima qilib qoʻyibsizki, menga baqirasiz? - Oʻchir ovozingni shallaqi, iflos, bolangni olib yoʻqol bu uydan. Menga sen ham, bolang ham kerakmas. - Nima dediz? Hali bolamni olib yoʻqolaymi? Mayli, ketsam, oʻzim ketaman! Bu uyga yolgʻiz kelganmanmi, yolgʻiz ketaman! Bola bitta meniki emas, tugʻdirib qoʻydizmi, tak shto eplab boqing endi! Ayol shunday dedida jahl bilan xonasiga kirib ketdi.
Xuddi shu taxlit ota ham tashqariga chiqib ketdi. Qizcha esa hamon yigʻlardi. U endigina toʻrt yosh boʻlsada, ota-onasiga kerak emasligini, ularga ortiqchalik qilayotganligini tushunib turardi. Chunki deyarli kun ora shunday janjallar yuz berardi. Qizaloq nima qilishni bilmas, u ham koʻchaga chiqib ketishni va uyga hech qachon qaytmaslikni istardi. Onasining yoniga kirmoqchi edi, yoʻqol koʻzimdan degan javobni olgach nihoyat koʻchaga chiqdi. Qizaloq qayerga borishni bilmas, yagona biladigan joy narigi mahalladagi buvisining uyi edi.
Qizcha buvisining uyi tomon ketarkan oʻylardi: "Buvim meni yaxshi koʻradi, meni haydamaydi, agar uydan ketib buvimni yonida yashasam, adam oyimni urmaydi, oyim ham boshqa yigʻlamaydi. Men ularga yaxshi qiz boʻlolmadim..." Shu hayollar ichida ketayotgan qizaloq yonidan chiqib qolgan mashinani sezmay qoldi. Qizcha yoʻl chetida holsiz yotar, kichkina yuzlariga yosh aralash boshidan qon sizardi.
Ogʻriq kuchli, qiz hatto ovozini chiqarib yigʻlay olmasdi. Haydovchi mashinaga qattiq urilgan qizaloqni qoʻliga koʻtarib olarkan, qizcha unga qarab achchiq jilmaydi, qon sizib chiqayotgan kichkina lablari bilan soʻnggi marta pichirladi: "Rahmat amaki... Endi adam bilan oyim hech qachon urushishmaydi..."

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!