Uch vasiyat

Luqmoni xakim oʻlimidan oldin oʻgʻliga uch vasiyat qildi: birinchisi – zinxor hotiningga siringni aytma, ikkinchisi – boylikka yangi etishgan nokasdan qarz olma, uchinchisi – mirshab bilan doʻst tutinma.
Otasi vafot etgach, oʻgʻil bu uch vasiyatni sinab koʻrmoqchi boʻldi. Bozordan bir qoʻy oldi-da, soʻyib qopga soldi. Ogʻzini maxkam bogʻlab, uyga keltirdi. Hotini soʻradi:
–Bu qopda nima bor?
– Birovni behos oʻldirib qoʻydim. Izni yoʻqotish uchun uni qopga solib olib keldim. Eringdan ayrilib qolishni istamasang, zinxor bitta-yarimtaga gullab qoʻyma, – dedi.
Keyin yangi boyigan kishidan qarz oldi.
Mirshab bilan doʻst tutindi.
Bir kuni hotini bilan gapi qochib, uni tutib urgan edi, etti maxallani boshiga koʻtardi:
– Voy-dod, musulmonlar! Erim odam oʻldirib oʻrgangan, endi meni xam oʻldirmoqchi!
Bu gapni darxol xokimga yetkazdilar.
–Qochib qolmasidan uni qoʻlga olinglar, – deb buyurdi xokim.
–Uni kim tutib keladi? – deyishganida mirshab:
–Men uning uyini bilaman, – dedi. – Oʻzim tutib kelaman.
– Ey doʻstim, meni qoʻyib yubor – qochib ketay, – deb iltimos qildi u. Lekin mirshab koʻnmadi.
Voqeadan habar topgan yangi boy oʻpkasini qoʻltiqlab keldi:
– Qarzingni toʻlab qoʻy, oʻlib ketsang, men pulimga kuyib qolaman.
Birovdan olib, uning pulini toʻladi.
Mirshab uni xokim xuzuriga olib bordi. Xokim uni tanib:
–Luqmonday odamning oʻgʻliga shu ish munosibmi? – dedi.
–Ruhsat ber, oʻsha qopni olib kelishsin, – iltimos qildi u.
Qopni olib kelib, xokimning qoshida ochdilar – soʻyilgan qoʻy chiqdi.
– Nima gap oʻzi? – dedi xokim. – Tushuntirib bersang-chi?
U boʻlib oʻtgan barcha voqealarni xikoya qilib berdi:
– Otam menga uch vasiyat qilgan edi. Sinab koʻray deb shu ishlarni qildim. Otamning xamma gaplari rost chiqdi...

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!