Niyatim amalga oshganidan afsusdaman

Yaratgan sizga farzand ato etadi, biroq uning jinsini siz rejalashtirolmaysiz, xatto u sogʻlom tugʻiladimi-yoʻqmi, buniyam bilish mushkul masala. Atrofga nazar tashlab, butkul soppa-sog' odamlar xam nogiron, biron joyi kemtik farzandlar koʻrishganining guvoxi boʻlganman. Bunga balki qandaydir sabablarni roʻkach qilib koʻrsatish mumkindir (masalan, yaqin qarindoshlar orasidagi nikox, tamaki chekish, spirtli ichimliklar ichish va boshqalar), biroq oʻz misolimda bularning xech birini koʻrsata olmayman. Shunchaki men boshidan niyatni notoʻgʻri qildim, butun soʻrash oʻrniga kemtik soʻradim, Yaratgan xam soʻraganimni berdi, niyatim amalga oshdi, lekin bundan menga yahshi boʻlgani yoʻq, aksincha, dardim koʻpaydi, tashvishim ortdi. Ex, qani edi, vaqtni ortga qaytarishning iloji boʻlganda, balki bari boshqacha boʻlarmidi?
Toʻrt nafar qizim bor, bir-biridan shirin, aqlli, zukko qizaloqlar onasiman. Ulardan nolishga xaqqim yoʻq. Lekin tan olaman, xech bir qizim tugʻilganda hursand boʻlmaganman, “yana qizmi, nega yana qiz tugʻildi?”, deb xoʻngrab yigʻlaganlarim yodimda. Oʻgʻil tugʻib, kerilib yotgan xamhonalarimga xam xavas, xam xasad bilan qaraganlarim esimda. “Nega ular oʻgʻil tugʻishadi, mening esa bu borada omadim chopmay, mudom qiz tugʻaveraman, ulardan qanday kam joyim bor, nega Allox menga nisbatan bunaqa noxaqlik qilaveradi?”, deb oʻylardim. Aslida, erim biron marta menga ortiqcha gap aytmagan, nega qiz tugʻding, deb taʼna xam qilmagan. Eganimiz oldimizda, emaganimiz ketimizda, biron nimaga zoriqtirmagan, qizlarimga yahshi qarar, yahshi kiyintirar, ularga mexr berardi. Xamma gap menda edi, qizlarimga qarab turib, faqat Hudoga nola qilardim: ”Ey, Hudo mengayam oʻgʻil ber, mayli, u biron nuqsoni bilan tugʻilsin, mayli, uning biron yeri kam boʻlsin, nogiron boʻlsayam mayli, faqat oʻgʻil bola boʻlsa, bas”, derdim. Xozir bu aytgan gaplarimdan nechogʻlik pushaymonligimni bilsangiz edi. Oʻshanda bu gaplarning moxiyatini anglamagan boʻlsam kerak, shunchaki til uchida aytib qoʻyganman, azbaroyi oʻgʻillik boʻlishni qattiq hoxlaganimdan ogʻzimdan chiqayotgan soʻzlarga eʼtibor bermaganman, men qiz emas, oʻgʻillik boʻlishni juda istaganimdan, shunday deganman. Lekin niyat qildingmi, uni butun qilish kerakligini oʻylamabman. Bu gapning amalga oshishi mumkinligiga ishonmabman.
Oʻz vaqtida ayollar koʻrigiga chiqdim, meni xisobga olishdi, bir qator taxlillar topshirdim. Shifokorim skrining markaziga joʻnatganda, nimalarnidir baxona qilib, bormadim, u yerga nasha chekadiganlar, spirtli ichimliklar ichadiganlar boraversin, erim xam ichmasa, chekmasa, bizdan nogiron bola tugʻilarmidi, deb oʻylaganman. “Buyam qiz boʻlsa kerak, nima boʻlsa, boʻldi, endi buyogʻi peshonamdan, koʻrikdan xam oʻtmayman, qiz boʻlsa, boshqa tugʻmayman”, deb oʻzimga oʻzim vaʼda berdim. Lekin yuragimda yana umid uygʻondi, Yaratgan nolalarimni eshitgan boʻlsa kerak, koʻz yoshlarimga raxm qilib, menga oʻgʻil ato etar, degan oʻydan yiroq emasdim.
Hullas, tezda toʻqqiz oy xam oʻtib, bola tugʻiladigan vaqt keldi. “Oʻgʻil” degan hitobni eshitishim bilan, oʻzimda yoʻq hursand boʻlib baqirib yubordim. Shunaqayam hursand boʻlganmanki, buni soʻz bilan ifodalab bera olmayman. Necha yillik orzuim nixoyat ushaldi, men oʻgʻillik boʻldim.
Chaqaloqni dabdaba bilan tugʻruqhonadan olib chiqdik, xamma bahtiyor, xamma hursand.
Bola ikki oylik boʻlguniga qadar xech bir oʻzgarish sezganimiz yoʻq. Uni ilk tekshiruvga olib chiqqanimda, shifokor oʻz shubxalarini aytdi, tekshiruvga joʻnatdi.
Ex, bolam tugʻma falaj boʻlib tugʻilgan ekan, uni koʻrsatmagan doʻhtirlarimiz, olib bormagan tabibu, shifohonalarimiz qolmadi, xamma tuzatamiz, qoʻldan kelgancha xarakat qilamiz, deydi-yu, biron bir oʻzgarish sezilmaydi. Shu tariqa oʻgʻlimiz katta boʻla boshladi. U bilan birga tashvishlarimiz ortdi, yugur-yugurlarimiz koʻpaydi.
Unga nogironlar aravachasini olib berib, uzzukun dam qizlarim, dam men parvarishlaymiz, chunki unga mudom eʼtibor kerak...
Oʻgʻillik boʻlishni orzu qilgandim, Allox menga oʻgʻil berdi, lekin oʻzim istagandek, kam-koʻsti, kemtigi bilan berdi. Oʻz niyatimga yarashasini oldim, endi dardimni kimgayam aytardim. Men oʻz bahtsizligimni oʻzim soʻrab oldim.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!