🍰 Shirinliklar

Rogalik

4.5K marta oʻqildi
Rogalik
Kerakli maxsulotlar:

250gr sariyog’ yoki margarin,
2.5 stakan un,
1 choy qoshiq istemol soda va sirka
0.5 stakan suv
qand upasi ustiga sepish uchun
Tayyorlanishi:

Unni elab xona xaroratida yumshagan sariyog’ bilan uqalaymiz. Yarim stakan suvga istemol sodasi bilan sirkani (uksus) oʻldirib, aralashtirib olamiz. Soʻng un va sariyogʻli aralashmaga oz ozdan xamir boʻlguniga qadar solib (xammasini solinmaydi), xamirimizni tayyorlab olamiz va sovutgichga damga qoʻyamiz.

Xamirimizni 6-8 zuvalalarga boʻlib, aylana qilib yoyib sakkizga boʻlib chiqamiz soʻng, yuqoridan pasga qarab oʻrab chiqib rogalik koʻrinishda xosil qilamiz. 170 darajali issiqligida qizigan duxovkada yuzi sal qizarguncha pishirib olamiz va issiqlikda qand upasiga belab olamiz. Issiqlikda qand upasi shirani yaxshi tortib oladi. Sovugach dasturxonga tortamiz. Bu pishiriq choy bilan birgalikda ogʻzda erib ketadi. Ayniqsa buvi va bobojonlar uchun juda ham eyishlik pishiriq.
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.