🍰 Shirinliklar

Keks tayyorlash - retsepti, usullari, oddiy keks pishirish uchun kerakli masalliqlar

1 daqiqa 6.9K marta oʻqildi
Keks tayyorlash - retsepti, usullari, oddiy keks pishirish uchun kerakli masalliqlar
Keks deb biskvitli yoki xamirturushli xamiridan tayyorlangan shirin qandolat pishirigʻiga ataladi. Kekslar tayyorlash usui qadimgi Rimda ham maʼlum boʻlgan, ammo bu pishiriq Oʻrta asrlarda mashhurlik yigʻa boshladi. XVI asrdan boshlab keks Evropa boʻylab keng tarqaldi. Koʻpgina mamlakatlarda ushbu pishiriq toʻy, Rojdestvo va Pasxaga tayyorlanadigan marosim pishirigʻi boʻlib sanaladi.

UY SHAROITIDA ODDIY KEKS TAYYORLASH RETSEPTI
Oddiy, lekin mazali keks tayyorlash uchun quyidagi masalliqlar kerak boʻladi:

100 gramm sariyog’ (yoki margarin)
1 stakan shakar upasi
200 gramm smetana
2 ta tuxum
1/2 choy qoshiq isteʼmol sodasi
vanillin
100 gramm mayiz
200 gramm tozalangan yongʻoq
8-9 osh qoshiq un
KEKSNI PISHIRISH BOSQICHLARI
Keks xamiri tuzilmasini yaxshilash va pishiriq havodor va koʻtarilib pishishi uchun xamirni havo bilan boyitish kerak. Buning uchun unni xamirga solishdan oldin yaxshilab elab olish darkor.

Keksni pishirish uchun:

Avval yumshoq sariyog’ yoki margarinni shakar upasi bilan aralashtiring;
Soʻngra tuxumni urib, uni va sariyog’ va shakar aralashmasiga qoʻshib, aralashtirishda davom eting;
Soʻng aralashmaga smetana, soda va vanilin qoʻshing;
Barcha masalliqlarni bir xil massa hosil boʻlgunga qadar aralashtiring;
Shundan keyin tozalangan mayiz va pichoq bilan maydalangan yongʻoq qoʻshing;
Barchasini aralashtiring va oxirida unni qoʻshing. Xamir quyuq qaymoqdek konsistentsiyada boʻlishi kerak.
Issiqlikka chidamli boʻlgan shaklni margarin bilan yogʻlab oling, soʻng unga xamirni soling. Sirtini qoshiq bilan tekislab, 40 daqiqa davomida pechda pishiring. Bunda pechni oldindan 180 °C ga qizdirib olish muhim. Uyda tayyorlanadigan kekslar oʻrtacha haroratda pishiriladi.

Keks tayyorligini gugurt yoki tish tozalagich yordamida tekshiring. Mayizni xush koʻrmaydiganlar uni qoʻshmasliklari ham mumkin. Keksga rang berish uchun xamirga kakao qoʻshiladi. Shuningek keksga kichik shokolad boʻlaklari va maydalangan bodom qoʻshish ham mumkin. Keks kichik shaklchalarda pishirilsa, bu kamroq vaqt oladi va uni taqsimlash oson boʻladi.
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.