🍰 Shirinliklar

Olmali pirog

4.3K marta oʻqildi
Olmali pirog
Bugun sizlarga Svetaevning olmali pirogini tayyorlashni oʻrgataman. Uni tayyorlashni xatto, pazandalikni endi oʻrganayotgan uy bekasi xam bemalol pishira oladi. Pirog recepti juda xam oddiy. Tayyorlash uchun koʻp vaqt ketmaydi.

Shuncha yillardan buyon nega bu pirogning nomi bunaqa ekanligini aytish mushkul. Afsonalarga qaraganda, opa-singil Anastasiya va Marina Svetaevalar oʻzlarining aqlli mexmonlarini shu olmali pirog bilan mexmon qilar ekanlar. Shu sababli receptni mumtoz pazandalikka aloqador desa xam boʻladi.

Olmali pirogOlmali pirogOlmali pirog
Hamir uchun kerakli maxsulotlar:
160 gr un;
100 gr saryog', eritilgan;
70 gr qaymoq;
1 choy qoshiq razrihlitel'.

Olmali pirog
Krem uchun kerakli maxsulotlar:
200 gr shakar;
1 dona tuhum;
200 gr qaymoq;
2 osh qoshiq un;
3ta katta olma;
Bir chimdim korisa (taʼbga koʻra).

Olmali pirog
Tayyorlanishi:
Un, qaymoq, razrihlitel' va eritilgan saryogʻni aralashtirib, hamir qorib olamiz.

Olmali pirog
Tayyor boʻlgan hamirni formaga solib, tekislab chiqamiz.

Olmali pirog
Shakar va tuhumni krem uchun koʻpirtirib olamiz.

Olmali pirog
Un qoʻshamiz

Olmali pirog
va qaymoqni xam

Olmali pirog
Olmalarni tozalab olamiz

Olmali pirog
Olmalarni boʻlaklarga kesib, hamir ustiga terib chiqamiz

Olmali pirog
Ustidan krem quyib, karica sepib yuboramiz

Olmali pirog
Oldindan 180° qizdirib olingan pechda 40 daqiqa pishiriladi.

Olmali pirog
Pirogni sovuganda xam, issiqligida xam isteʼmol qilish mumkin. Ammo pirogning xaqiqiy mazasi, sovuganda va bir muddat muzlatgichda turgandan keyin bilinadi, degan fikr mavjud.

Olmali pirog
Yoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.