Muzqaymoq tayyorlash - retsepti, sirlari, uy sharoitida tayyorlash usullari, masalliqlar

Muzqaymoq barcha yoshdagi kishilar xush koʻruvchi desert hisoblanadi, bolalar ham, kattalar ham uni sevib isteʼmol qilishadi. Keng assortiment har bir kishi oʻzining sevimli taʼmidan rohatlanishiga imkon beradi: sof va qoʻshimchalarli plombir, sutli va qaymoqli muzqaymoq, mevali va shokoladli, vaflyali stakanchada va shokoladli glazur bilan. Qarshilik koʻrsatish qiyin.
Ushbu yozgi desertning boshqa afzalliklari orasida ajoyib bir narsa – siz osongina uyda muzqaymoq tayyorlashingiz mumkin. Muzqaymoq tayyorlash uchun qurilma (мороженица) boʻlmasa ham. Uy sharoitida muzqaymoq tayyorlash qiyin emas. Bundan tashqari, uyda tayyorlangan bunday shirinlikni doʻkonda hech qachon topa olmaysiz. Va parallel ravishda ajoyib kulinariya jarayonidan orom olasiz. Ushbu maqolada uy sharoitida tayyorlasa boʻladigan eng mazali muzqaymoqlarning retseptlari keltiriladi.
UY SHAROITIDA MUZQAYMOQ TAYYORLASH UCHUN MASLAHATLAR
Maslahatlar va retseptlar har qanday uyda tayyorlangan muzqaymoq uchun qoʻllaniladi. Muzqaymoqni muzlatgichda yoki maxsus qurilmada tayyorlashingiz mumkin. Tamoyillari umumiy.
Eng muhimi. Muzqaymoq tayyorlash uchun qurilmasiz tayyorlangan muzqaymoq yaxshilab aralashtirishni talab qiladi. Muzlatgichda saqlanishi davomida har 20 daqiqada – 1 soatda, oʻrtacha 3-5 marta aralashtirishga toʻgʻri keladi.
Agar siz muzqaymoq tayyorlash uchun qurilmadan foydalansangiz, aralashmani quyishdan oldin idishni sovutib oling.
Faqat eng yaxshi mahsulotlarni tanlang. Muzqaymoq, uning tarkibidagi masalliqlar qanchalik yaxshi boʻlsa, u shu qadar mazali boʻladi. Eng yangi sut, qaymoq, tuxum, meva va rezalarni sotib oling; faqat yuqori sifatli shokolad, aromatizatorlar (tabiiysidan foydalanish afzal), vanil. Misol uchun, tabiiy vanil qalamchasi muzqaymoqqa oʻziga xos aromat bagʻishlaydiki, unga bunday aromatni vanilin va hatto tabiiy vanilli shakar ham bera olmaydi.
Agar kaloriyalarni hisoblasangiz. Buni keyinga qoldiring, chunki muzqaymoqning taʼmi va krem tuzilishi yog’ tarkibiga bogʻliq. Yogʻsizlantirilgan mahsulotlarni ishlatganda muz kristallari boʻlgan muzqaymoqqa ega boʻlasiz. Bunday muzqaymoq tishlarda gʻichirlaydi. Istisno – mevali sorbe, unda yog’ manbai boʻlmaydi.
Aromatizatorlar qachon qoʻshiladi. Aromatizatorlarni, ayniqsa ekstrakt yoki xushboʻy alkogol, muzqaymoq massasi sovugach, eng oxirgi bosqichda qoʻshilishi kerak.
Agar krem qaynatma boʻlsa, muzqaymoqni muzlatgichga joylashtirishdan oldin uni sovutgichda sovutib oling. Bir kechaga qoldirishingiz mumkin, bu muzlatilganda silliq va qaymoqli tuzilma hosil boʻlishiga olib keladi.
Yongʻoqlar, yangi yoki quritilgan mevalar, shokolad boʻlakchalarini qoʻshish. Eng yaxshi natija qoʻshimchalar deyarli sovugan muzqaymoqqa qoʻshilsa olinadi. Ular ham sovuq boʻlishi kerak, shuning uchun ularni ishlatishga qadar muzlatgichda saqlang. Qoʻshilganidan keyin yaxshilab aralashtiring.
Uyda tayyorlangan muzqaymoqni saqlash vaqtida muz hosil boʻlishini oldini olish. Agar muzlatgichda saqlash toʻgʻri keladigan katta portsiyali muzqaymoq tayyorlamoqchi boʻlsangiz, muz kirstallari hosil boʻlishi muqarrardir. Buni oldini olish uchun muzqaymoqqa alkogol qoʻshish mumkin, masalan, mevali muzqaymoqqa mevali likyor (yoki xushboʻy qoʻshimchani istamasangiz, faqat spirt) qoʻshishingiz mumkin. Ammo bunday muzqaymoq bolalar uchun emas, ular uchun joʻxori yoki invert sirop, asal, jelatin ishlatish mumkin, bu mahsulotlar muzqaymoq muzlab qolishiga yoʻl qoʻymaydi.
UY SHAROITIDA TAYYORLASH UCHUN MUZQAYMOQ RETSEPTLARI
Muzqaymoq uchun tayyorlangan aralashmani quyidagilarga joylash mumkin:
Muzlatgichga va har 20 daqiqada-1 soatda aralashtirib turish
Muzqaymoq tayyorlash uchun qurilmaga, bunda koʻrsatmalarga rioya qilish kerak
PLOMBIR RETSEPTI
Bu mazali muzqaymoq, ehtimol, eng yogʻli, unda kamida 15% yog’ boʻlishi kerak. Bundan tashqari, eng shirini ham. Qizigʻi shundaki, shirinligi desertni ustidan mevali sous, asal, murabbo va shokoladni quyib isteʼmol qilishga xalaqit bermaydi.

Kerak boʻladigan masalliqlar:Plombir retsepti
sut – 300 ml
qaymoq 35% – 250 ml
quruq sut – 35 gramm
shakar – 90 gramm
Vanilli shakar – 1 choy qoshiq
joʻxori kraxmali – 10 gramm
Uyda haqiqiy plombir tayyorlash
Idishda shakarni hammasini quruq sut bilan aralashtiring. Aralashtirayotib, asta-sekin 250 ml sutni quying. Qolgan 50 ml sutda kraxmalni eritib oling.
Idishni oʻrta olovga qoʻying, sut qaynay boshlagach, kraxmalli sutni qoʻshing. Aralashtirib, aralashma quyuqlashishini kuting. Olovdan olib, suzib oling, polientilen plyonka bilan yopib, sovushga qoldiring.
Qaymoq (u sovuq boʻlishi kerak) yengil uriladi. Soʻng sovuq sut aralashmasiga qoʻshilib, aralashtiriladi.
Shundan soʻng – muzlatgichga qoʻyib, har 20 daqiqada urib turish yoki muzqaymoqdonga joylashtirish kerak. Muzqaymoq yetarlicha sovigan, lekin hali yumshoq boʻlsa, siz uni qogʻoz stakanchalarga qoʻyishingiz mumkin, shunda u bir necha soat ichida haqiqiy plombirga aylanadi.
QANDAY QILIB ESKIMO TAYYORLASH MUMKIN

Agar plombir shokoladli glazur bilan qoplansa, biz eskimo olamiz. Buning uchun tayoqchali muzqaymoq hosil qilish kerak. Buning uchun maxsus shakllar boʻlsa yaxshi. Agar boʻlmasa, qoʻl ostida mavjud vositalardan buning uchun toʻgʻri keladigan ingichka va baland shakl yasash kerak. Bu stakanchalarga choʻziluvchan muzqaymoqni solib, tayoqchalarni oʻrnating va toʻliq muzlatishga qoʻying.
Glazur uchun teng miqdorda shokolad va sariyog’ oling, glazur muzqaymoqni botirib olishga qulay boʻlishi uchun koʻp boʻlishi kerak. Har ikkala masalliqdan 200 grammdan oling. Shokolad butunlay erigunicha suvli hammomda qizdiring. Muzqaymoqni shakldan chiqarib olib, uni iliq glazurga tezda botirib oling, ozroq sovushi uchun bir oz ushlab turing, soʻngra muzlatgichga qoʻying (unga oldindan pergament qogʻoz yoyish kerak).
VANILLI MUZQAYMOQ RETSEPTI
Bu muzqaymoq zich konsistentsiyali, boy taʼm va vanil aromatiga ega.
Kerakli masalliqlar:Vanilli muzqaymoq tayyorlash usuli
• tuxum – 2 ta
• shakar – 0,5 stakan
• tuz – bir chimdim
• sut – 350 ml
• qaymoq 20% – 240 ml
• vanilli shakar – 2 choy qoshiq
Uy sharoitida vanilli muzqaymoq qanday qilinadi?

Kichik idishga tuxumlarni chaqib soling. Shakar qoʻshib, venchik bilan u limon-sariq rangga kirishi va koʻpiki koʻp boʻlishigacha uring. Tuz qoʻshing, aralashtiring.
Kastryulkada sutni qaynatib oling. Soʻng tuxum aralashmasiga ingichka qilib quying va venchik bilan tinimsiz urib turing. Aralashmani kastryulkaga solib, kichik olovga qoʻying va quyuqlashgunicha qaynating, doimo venchik yoki yogʻoch qoshiq bilan aralashtirib turing. Bu oʻrtacha 7-10 daqiqa davom etadi.
Olovdan olib, muzlatishga qoʻyadigan idishga suzib oling, ozroq sovushini kuting. Qaymoq va vanil yoki vanilli shakar qoʻshing. Muzlatgichda toʻliq sovuting (bir necha soatdan to bir kechagacha).
Muzqaymoqni maxsus qurilma yoki muzlatgichda yakuniy tayyorlang.
CHERNIKALI MUZQAYMOQ RETSEPTI
Yangi, pishgan, mazali chernika muzqaymoqqa yoqimli tetiklashtiradigan taʼm bagʻishlaydi. Quyultirilgan sutdan foydalanish tilda eriydigan muzqaymoqqa shirinlik va yumshoqlik qoʻshadi. Va qaynatma krem qilish shart emas.

Kerakli masalliqlar:Uy sharoitida chernikali muzqaymoq tayyorlash
yangi chernika – 2 stakan
yogʻligi 12% dan koʻp boʻlmagan qaymoq – 475 ml
quyultirilgan sut – 420 ml
yogʻli qaymoq - 1 stakan
vanilli shakar – 1 choy qoshiq
Uyda “binafsharang” muzqaymoq tayyorlash
Chernikani yuvib, tozalang. Idishga solib, sanchqi yordamida ezing, blenderdan foydalansa ham boʻladi. Qanday qilib ezish xohishingizga koʻra – pyure yoki boʻlakchalar qilib.
Boshqa idishda sut, qaymoq, quyultirilgan sut va vanilni aralashtiring. Idishni muzlatgichga qoʻying va muntazam aralashtirib turishni unutmang yoki muzqaymoq tayyorlash uchun qurilmada yumshoq muzqaymoq holatigacha sovuting. Chernikali pyureni qoʻshing va yaxshilab aralashtiring. Soʻng yakuniy sovutishga qoʻying.
QOVUNLI SORBET RETSEPTI
Yangi qovunni nafaqat chanqoqni, balki ochlikni ham qoniqtiradigan xushboʻy sorbetga aylantirish mumkin. Boshqa turlarini mustaqil oʻylab topish qiyin boʻlmagan bu desert bizning holatda ikkita – rayhon va qulupnay bilan boyitilgan.

Kerakli masalliqlar:Qovunli sorbet retsepti
qovun – bitta kichik yoki kattaroq qovunning yarimi
apelsinli fresh – chorak stakan
shakar upasi – 170 gramm
tuz – bir chimdim.
Uy sharoitida qovundan muzqaymoq-sorbet tayyorlash
Qovunni urugʻlari va poʻstlogʻidan tozalang. Soʻng kichkina kubiklar qilib kesing (ular kamida 300 gramm boʻlishi kerak). Qovun kubikchalarini blenderga soling, apelsin sharbati, shakar upasi va bir chimdim tuz qoʻshing. Barchasini bir hil massali pyurega aylantiring.
Aralashmada shakar oxirigacha erishi uchun bir daqiqacha qoldiring, soʻng sovutish uchun sovutgichga qoʻying. Muzqaymoq tayyorlash uchun qurilma konteyneriga oʻtkazing yoqi muzlatgichga qoʻyib, vaqti-vaqti bilan aralashtirib turishni esdan chiqarmang.
Taʼbga koʻra bu retseptga rayhon, qulupnay, kivi yoki greypfrut qoʻshish mumkin.
KREM-BRYULE MUZQAYMOQ RETSEPTI
Karamelning taʼmi va rangi – bu uy sharoitida tayyorlash mutlaqo oson boʻlgan krem-bryuledir.

Kerakli masalliqlar:Krem-bryule muzqaymoq retsepti
qaymoq 35% – 95 ml
sut – 330 ml
quruq sut – 30 gramm
shakar – 100 gramm
joʻxori kraxmali – 8 gramm
Uy sharoitida krem-bryule qanday tayyorlanadi
40 ml sut va 40 gramm shakardan sirop tayyorlang: kastryulkaga shakarni solib, jigarrang karamel hosil boʻlgunicha eriting, keyin iliq sut quyib, aralashtiring. Past haroratda karamel toʻliq erib ketgunicha, aralashmaning konsistentsiyasi esa suyultirilgan sutdek boʻlgunicha qaynating.
Ozroq sutda kraxmalni eriting. Boshqa kastryulkaga qolgan shakar va quruq sut solib aralashtiring. Bir oz sut qoʻshing va bir xil massa hosil boʻlguniga qadar yaxshilab aralashtiring. Soʻng siropni quyib, aralashtirishda davom eting. Qolgan sutni qoʻshing. Suzib oling va qaynagunicha qizdiring. Aralashtirayotgan vaqt kraxmal qoʻshing.
Ustini plyonka bilan yopib, biroz sovuting va sovutgichga qoʻying. Qaymqoni urib, yengil koʻpirtiring. Sovutgichdan aralashmani olib, qaymoqqa qoʻshing va yana uring. Muzqaymoq tayyorlash uchun qurilma konteyneriga yoki muzlatgichga qoʻyish uchun konteynerga oʻtkazing.
GILOS VA SHOKOLADLI MUZQAYMOQ RETSEPTI
Uy sharoitida tayyorlash oson boʻlgan mazali muzqaymoq. Bitta “ammo” – bu aralashmaga termik ishlov berilmaydi, shuning uchun faqat yangi tuxumlardan foydalaning.

Kerakli masalliqlar:Gilos va shokoladli muzqaymoq tayyorlash sirlari
achchiq qora shokolad – 100 gramm
yangi gilos – 100 gramm
tuxum – 2 ta
shakar – 180 gramm
Yogʻli qaymoq – 2 stakan
sut – 1 stakan
Uyda gilos va shokoladli muzqaymoq qanday qilinadi
Giloslarni yuvib, ikkiga boʻlish orqali donagidan ajratib oling. Biron idishga solib, sovutgichga soling. Shokoladni qirgʻichni yirik tishidan oʻtkazib, ubi ham sovutgichga qoʻying.
Tuxumlarni bir-ikki daqiqa urib koʻpirtiring. Shakar qoʻshib, urishni davom ettiring. Shakarni hammasi solib boʻlingach, yana bir necha daqiqa uring. Qaymoq va sut qoʻshing, yaxshilab aralashtiring. Muzlatgich yoki muzqaymoq tayyorlash uchun qurilma idishiga joylashtiring.
2 soatdan keyin, muzqaymoq deyarli qotib qolganda, shokolad va gilos qoʻshing, yaxshilab aralashtiring va toʻliq muzlatishga qoʻying. Muzlatgichda tayyorlayotgan boʻlsangiz, aralashmani birinchi va ikkinchi marta muzlatishda aralashtirishni unutmang.
UY SHAROITIDA SHOKOLADLI MUZQAYMOQ TAYYORLASH RETSEPTI
Shokoladli muzqaymoq koʻpchilikni eng sevimli muzqaymogʻi hisoblanadi. Uni uy sharoitida tayyorlash ham mumkin.

Kerakli masalliqlar:Shokoladli muzqaymoq
qaymoq 40% – 1 stakan
qaymoq 18% – 240 ml
Shakar – 0,5 stakan
vanilli shakar – 3/4 choy qoshiq
tuz – bir chimdim
kakao – 3 osh qoshiq (yoki 60 ml shokoladli sirop)
Shokoladli muzqaymoqni tayyorlash jarayoni
Kakaoni oz miqdorda issiq 18%li qaymoqda eritib oling. Qolgan qaymoqni (18%) qizdiring, shakar qoʻshib, u toʻliq erigunicha qizdirishni davom eting, kakaoli qaymoqni quying va qaynashgacha olib boring. Sovushga qoldiring. Sovuq aralashmaga vanilli shakar qoʻshib, aralashtiring.
40% qaymoqni bir chimdim tuz bilan aralashtirib, koʻpirtiring va sovugan aralashmaga qoʻshing. Muzqaymoq tayyorlash uchun qurilma idishiga yoki muzlatgichga qoʻyish uchun idishga oʻtkazing.

Kerakli masalliqlar:Vanilli muzqaymoq tayyorlash usuli• tuxum – 2 ta

Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!