Bulochka tayyorlash - retsepti, usullari, xamirturushli bulochka uchun masalliqlar

Bulochka – odatda yumaloq yoki oval shaklda boʻlgan kichik nonchalar. Bu kabi pishiriq juda mashhur – bolalikdan buyon barcha mazali bulochkalarni sevib isteʼmol qiladi: shirin bulochkalar, mak, mayiz, dolchin, murabbo, kunjutli, uyni eslatadigan bulochkalar. Agar siz uy sharoitida tayyorlash uchun bulochka retseptini, xamirini tayyorlash sirlarini izlayotgan boʻlsangiz, quyida xamirturushli bulochka tayyorlash jarayoni bilan tanishishingiz mumkin.
BULOCHKA TAYYORLASH UCHUN KERAKLI MASALLIQLAR
Retsept 16 ta bulochka uchun moʻljallangan
3/4 stakan (180ml) sut;
3/4 stakan (180ml) suv;
1/2 stakan (100 g) shakar;
1 choy qoshiq tuz;
2 ta tuxum;
5 choy qoshiq (15 g) quruq faol xamirturush;
5 stakan (700 g) un;
100 gramm margarin yoki sariyog’ (eritiladi);
Yuzasiga surtish uchun tuxum sarigʻi (xohishga koʻra).
BULOCHKA TAYYORLASH USULI
Tayyorgarlik koʻrish: 30 daqiqa | Tayyorlash: 15 daqiqa | Umumiy vaqt: 45 daqiqa
Oʻrtacha olovda kichikroq idishda sut, suv, shakar va tuzni qizdiring. Suyuqlik issiq emas, balki iliq (45 °C atrofida) boʻlishi kerak. Olovdan oling, soʻng xamirturush va yengil urilgan tuxum qoʻshing, aralashtiring.
Kattaroq idishga un soling. Unda botiqlik hosil qiling va hosil boʻlgan chuqurchaga xamirturush-sutli aralashmani quying. Aralashtirmang. Idish qopqogʻini yoping va 20-30 daqiqa qoldiring.
Eritilgan margarinni unga qoʻshing va yaxshilab aralashtiring. Xamir juda yopishqoq boʻlsa, yana qoʻshimcha un qoʻshing. Biroz aralashtirib, bulochka xamiri koʻtarilishi uchun idishni 20-30 daqiqa davomida yopib qoʻying.
Xamirdan kichik bulochkalar yasab, pishirish listiga tering. Ustini yoping va yanada koʻproq ko”tarilishi uchun iliq joyda 20-30 daqiqa qoldiring. Bulochkalar ustiga tuxum sarigʻini surtishingiz mumkin, shunda ular yuzasi yanada qizarib pishadi.
15 daqiqa davomida oldindan 200 °C gacha qizdirilgan pechda pishiring.
BULOCHKA MAZALI VA YUMSHOQ CHIQISHI SIRLARI
Un albatta oliy navli boʻlishi kerak. Bundan tashqari, u ideal quruq boʻlishi va yaxshi elanganligi ham ahamiyatga ega. Agar ushbu qoidaga rioya qilinsa, xamir bir xilda chiqadi, unda erimay qolgan unli toʻpchalar yoki yot jismlar boʻlmaydi.
Bulochka uchun margarin yoki sariyog’ tanlash masalasiga kelganda, har kim oʻz taʼbiga mosini tanlashi mumkin. Lekin sut xonaki va yogʻli boʻlsa, bulochka oʻta yogʻli boʻlib ketmasligi uchun margarindan foydalangan maʼqul. Xonaki sutdan tayyorlangan bulochkalar yanada mazaliroq chiqadi.
Shakarni yoqtiruvchilar (yoki aksincha, kamroq xush koʻruvchilar) retseptga biroz oʻzgartirish kiritish istagida boʻlishsa, bunda ehtiyotkor boʻlmoqlik kerak. Shakarni juda kam solish xamir koʻtarilishiga salbiy taʼsir qiladi, chunki xamirturush aynan shakar bilan oziqlanadi. Uni oshirib yuborish natijasida esa xamir shunchaki achib qoladi.
Tuz miqdori – pishiriq tayyorlashning muhim nuqtalaridan biri, hatto shirinlik boʻlsa ham. Xamirni shoʻr ham, taʼmsiz qilish ham kerakmas. Tuz miqdori shakar miqdoriga bogʻliq. Retseptda koʻrsatilgan nisbatga amal qilish bulochkalar shirin chiqishini taʼminlaydi.

Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!