🍰 Shirinliklar

Unsiz qovoqli pirog

3.2K marta oʻqildi
Unsiz qovoqli pirog
Bugun qovoqdan tayyorlanadigan ajoyib pirog recepti bilan boʻlishamiz.

Masalliqlar:

Qovoq — 200 g
Olma — 150 g
Shakar — 60 g
Joʻhori krahmali — 40 g
Vanilin — 7 g
Dolchin (korica) — 7 g
Tvorog — 350 g
Tuhum — 3 sht
Smetana 30% — 60 g
Muzqaymoq — 1 qoshiq

Tayyorlanish usuli:

Qovoqni mayda boʻlaklarga boʻlib, gaz pechida 180 daraja issiqlikda 7 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishgan qovoqni sanchqi yordamida ezib olamiz.
Olmani poʻchogʻini artib, danagini xam olib tashlaymiz. Yupqa boʻlaklarga boʻlamiz.
Barcha masalliqlarni qovoq pyuresi bilan aralashtirib, qolipga joylaymiz. Qizdirilgan gaz pechida 35-40 daqiqa davomida 180 daraja issiqlikda pishirib olamiz.
Tayyor pirogni muzqaymoq bilan tortamiz.
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.