Medovik tort tayyorlash: retsepti, usullari, sirlari, uy sharoitida qanday pishirish kerak

Medovik retsepti (medoviy tort, rus. медовый торт – asalli tort) taxminan 200 yil oldin, imperator Aleksandr I ning oshpazi uning xotini uchun ajoyib shirinliklar tayyorlaganida paydo boʻlgan. Kulinarning nomi tarixda saqlanib qolmagan, ammo ruscha medovik torti qandolatchilik sanʼati klassikasiga aylandi. Hozirgi kunda mazali asalli tortning juda koʻp retseptlari mavjud, lekin dastavval mashhur tort smetanadan tayyorlangan kremli asalli korjlardan iborat edi. Hozirda medovik torti qanday tayyorlanadi?
MEDOVIK XAMIRI UCHUN ODDIY RETSEPT
Har bir uy bekasining uy sharoitida medovik tayyorlash uchun oʻz retsepti bor, chunki oʻz qoʻllari bilan pishirilgan tort, boʻyoqlar, konservantlar va xushboʻylantirgich moddalar bilan toʻla fabrikat pishiriqdan koʻra ancha yaxshiroqdir. Shundoq ham mazali boʻlgan asalli tortning taʼmini sunʼiy ravishda yana kuchaytirishning nima keragi bor?
Xamirni tayyorlash uchun sizga ozgina suyuq asal (gul yoki joʻkaning), tuxum, shakar, sariyog’ (u margarin bilan almashtirilmasligi kerak), un va qabartma (разрыхлитель) kerak.
Dastavval, suv hammomida asal, shakar va sariyog’ eritiladi, keyin urib koʻpirtirilgan tuxum, qabartma va ozgina un qoʻshilib, barcahsi mikser yordamida yaxshilab aralashtiriladi. Xamirni suv hammomida aralashtirish, korjlarni ayniqsa yumshoq va mayin qiladi. Aralashmani olovdan olgandan soʻng, xamir uni yoyish mumkin boʻlgan holatgacha olib kelinadi va keyin 40 daqiqaga sovutgichga qoʻyiladi.
MEDOVIK TORTI UCHUN KREM TAYYORLASH USULI
Asalli tort uchun krem oddiy tayyorlanadi – smetana shakar bilan koʻpirtiriladi, baʼzan esa quyultirilgan sut qoʻshiladi. Smetana yangi, sovutilgan va yuqori yog’ foiziga ega boʻlishi kerak, shunda krem yanada havodor va mayin chiqadi. Suyuq smetana asosida tayyorlangan kremlar tort korjlariga mukammal shimiladi, ammo ular orasida krem qavati boʻlmaydi. Agar smetana suyuq boʻlsa, uni bir necha marta taxlangan marlyaga quyib, ortiqcha suyuqligi chiqib ketishi uchun 3 soatga osib qoʻying. Smetana quyuqlashadi va mukammal ravishda koʻpiradi.
Agar shakar oʻrniga shakar kukuni ishlatilsa, kremning teksturasi yanada yoqimli boʻladi, shakar donalari esa tishlar orasida gʻichirlamaydi. Kremga kokos boʻlakchalari, yongʻoq, murabbo, povidlo, maydalangan mevalar, biroz apelsin yoki limon sedrasi, kakao yoki shokolad qoʻshish mumkin. Ushbu tort uchun qaynatma krem ham juda mos keladi.
Aytgancha, medovik yogʻli krem bilan ham tayyorlanadi: buning uchun yumshoq sariyog’ (yog’ miqdori kamida 82,2%) qaynatma quyultirilgan sut bilan massa hajmi koʻtarilgunicha 10-15 daqiqa davomida koʻpirtiriladi. Agar korjlar orasiga navbatma-navbat turli xil kremlar surtsangiz, medoviy tort oʻziga xos taʼmga ega boʻladi, chunki quyultirilgan sut shirini smetananing biroz nordonligi bilan susaytiriladi va asalli tort oʻta shirin boʻlib ketmaydi.
MEDOVIK UCHUN KORJLARNI QANDAY TAYYORLASH KERAK

Sovutgichda tindirilgan xamir korj soniga qarab boʻlaklarga boʻlinadi va har bir boʻlak yupqa aylana qilib yoyiladi. Qolgan xamir bu paytda salfetka yoki plyonka bilan yopilgan boʻlishi kerak, aks holda u qurib qoladi. Odatda standart retseptda taxminan 7-10 ta korj chiqadi, ularni bir xil kesish uchun tarelka yoki boshqa shakldan foydalanish mumkin.
Korjlar bir necha joylarida sanchqi bilan teshilib, pechda 5-7 daqiqadan pishirib olinadi. Pishganidan soʻng, tayyor korj chetlari pichoq bilan kesilib, korrektsiya qilinadi, eʼtibor bering, korjlar pishgachgina kesilganida silliq va tekis chiqadi. Shundan soʻng, korjlarga krem surtiladi va ustidan qolgan korj talqoni, yongʻoq va shokolad sepiladi. Tortga krem surtishda uning yonlarini esdan chiqarmang, ular ham yaxshi namlanishi va yumshoq boʻlishi kerak.
QANDOLATLARDAN BIR NECHTA SIRLAR
Xamir uchun grechka va akatsiyadan olingan asaldan foydalanmang: bunday asalning noyob taʼmi va hidiga qaramasdan, korjlar biroz achchiq chiqadi. Xamir quyuqligi bir xil chiqishi uchun asal suyuq boʻlishi kerak, shuning uchun shakarlanib qolgan asalni suvli hammomda eritib olish tavsiya etiladi.
Xamirni tayyorlashdan oldin, tuxumlar sovutgichdan chiqarib qoʻyilishi kerak – ular xona haroratida boʻlishi zarur, un ham yengil va havodor boʻlishi uchun elangan boʻlishi talab etiladi. Xamir suv hammomida aralashtirilganda, idishdagi suv kuchli qaynamasligi kerak, balki ozgina biqirlab turishi kerak, yaʼni olov past boʻlishi maqsadga muvofiqdir. Agar isteʼmol sodasi oʻrniga qabartmadan foydalansangiz, uni aralashtirishni oxirida qoʻshing. Baʼzi uy bekalari sodani xamirni tayyorlash vaqtida emas, balki koʻpirtirish vaqtida tuxumlarga qoʻshishni maslahat berishadi, shunda ular hajmi nisbatan tezroq koʻtariladi.
Yana bir qimmatli maslahat: medovik korjlarini terishni boshlaganingizda, oldin idishga biroz krem surting va undan keyin ustidan birinchi korjni qoʻying, shunda tort yanada yumshoqroq chiqadi.
UY SHAROITIDA KLASSIK MEDOVIK PISHIRISH: BOSQICHMA-BOSQICH RETSEPT
Medovik retseptini bosqichma-bosqich tayyorlanishini koʻrib chiqamiz. Bizning koʻrsatmalarimiz bilan bu qandolatchilik sanʼatini tezda oʻrganib olasiz.
Masalliqlar: tuxum – 3 dona, sariyog’ – 50 g, shakar – 600 g (xamir va krem uchun 300 g dan), suyuq asal – 150 ml, soda – 1 choy qoshiq, un – 500 g, smetana – 500 g.
Tayyorlash usuli:
1. Kattaroq idishni suv bilan toʻldiring va olovga qoʻying (suv hammomi uchun).
2. Kichikroq idishda tuxum bilan shakarni birlashtirib, koʻpirguniga qadar yaxshilab uring.
3. Koʻpirtirilgan tuxumga sariyog’, asal va soda qoʻshing.
4. Idishni suv hammomiga qoʻying va aralashmaning hajmi ikki marta oshgunicha 15 daqiqa davomida aralashtirib turing. Massa yengil va havodor boʻlishi kerak.
5. 1 osh qoshiq un soling va un yaxshilab aralashib ketguniga qadar yana 3 daqiqa ezib aralashtiring.
6. Idishni olovdan oling va qolgan un bilan yumshoq va plastik xamir hosil boʻlguncha yana aralashtiring.
7. Xamirni 8 ta boʻlakka boʻlib, oziq-ovqat plyonkasiga oʻrang va muzlatgichda yarim soatcha qoldiring.
8. Har bir boʻlakni yupqa aylana boʻlgunicha yoying.
9. Korjni pishirish qogʻozi bilan yopilgan va moylangan tovaga qoʻying. 180 °C da 3-5 daqiqada pishirib oling.
10. Korjlar chetini kesib tashlang va ularni sovuting, chiqqan qoldiqlarini ushating.
11. Smetana va shakarni mikser bilan aralashtirib, krem hosil qiling.
12. Korjlar orasiga krem surtib, tortni tera boshlang.
13. Medovik ustidan korj qoldiqlari maydalanganlarini sepib chiqing.
14. Tortni xona haroratida 1,5-2 soat ushlab turing, shunda u kremni shimib oladi, soʻng uni muzlatgichda kamida 8 soat davomida saqlang.
Klassik medovikni shokolad yoki yongʻoq boʻlaklari bilan bezatish va kremga ozgina maydalangan meva qoʻshish mumkin. Tortni koʻproq qiling, chunki juda tez yeb qoʻyiladi. Yoqimli ishtaha!
YARIM SOAT ICHIDA TEZDA MEDOVIK TORTI TAYYORLASH
Agar vaqt tanqis boʻlsa, klassik medoviy tort tayyorlash usulidan farqli boʻlgan ushbu retseptdan foydalanishingiz mumkin. Siz 7-10 ta korj emas, balki bitta biskvit pishirasiz, u esa keyinchalik bir nechta korjlarga kesiladi.
Bir stakan shakar bilan 4 ta tuxum oqini urib koʻpirtirib, keyin navbatma-navbat 4 ta sarigʻini, 3 osh qoshiq asal, 1 choy qoshiq sirka bilan soʻndirilgan soda va 1,5 stakan un qoʻshing. Xamir quyuq qaymoqdek boʻlishi kerak. Uni yogʻlangan tovaga soling va 170-180 °C haroratda yarim soat davomida pishiring.
Tayyor biskvit baland (taxminan 10 sm), yengil va havodor boʻladi. Uni 5 ta korjga kesing va 400 ml quyuq smetana va 0.5 stakan kukun shakaridan tayyorlangan krem surtib, tera boshlang. Kremga biroz mayiz va yongʻoq qoʻshing, ular bilan tortni oʻzini ham bezating, korjlar kremni shimib olishiga vaqt bering va dasturxonga torting.

Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!