🍰 Shirinliklar

Kokosli keks

2.6K marta oʻqildi
Kokosli keks
Kakosli keks oson tayyorlaniladigan, ammo juda ham mazali boʻlgan pishiriqlardan biridir! U oʻzgacharoq boʻlib pishadi: keksning usti qarsildoq, ichi esa nam va yumshoq, yegandan keyin esa sariyog’ va kakosli taʼm kelib turadi.

Kerakli masalliqlar:
  • 170 gramm margarin
  • 250 gramm un
  • 3 ta tuxum
  • 270 gramm kefir
  • 75 gramm kakos qirindisi
  • 1.5 choy qoshiq qabartma
  • 0.5 choy qoshiq tuz
  • 225 gramm shakar
  • 1 choy qoshiq vanil shakari
  • 125 gramm shakar upasi
  • 25 millilitr limon sharbati
  • ustiga sepish uchun kakos qirindisi
Tayyorlash usullari:
1. Togʻorachaga yumshagan margarin va shakarni solib, mikserda oqargunga qadar yaxshilab, taxminan 3 daqiqa koʻpirtirib olamiz.
⠀
2.Vanilin shakari, tuxumni bittadan solamiz.
⠀
3. Un, qabartma va tuzni aralashtirib olamiz.
⠀
4. Unli aralashmani uchga boʻlib, kefirni ikkiga boʻlib, navbati bilan solamiz.
⠀
5. Kokos qirindisini sepib, aralashtirib olamiz.
⠀
6. Qolipga yog' surtib, un sepamiz. Xamirni qolipga quyib, 175 C darajada qizigan pechda 60 daqiqa davomida pishirib olamiz.
⠀
7. Pishgan keksni biroz qolipida sovutib, soʻng pech panjarasiga qoʻyib, toʻliq sovutib olamiz. Keksni oziq-ovqat pelyonkasiga oʻrab, 3 kungacha xona haroratida saqlash mumkin.
⠀
8. Limon sharbati va shakar upasini aralashtirib, keksning ustidan quyamiz va shakar qirindisini sepamiz.
⠀
Yoqimli ishtaha!
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.