Nozik tvorogli tort

Nomiga munosib nozik va mazali tort! Tez tayyorlanishi va natijasi bilan sizni hayratda qoldirishi turgan gap. Har qanday dasturxondan oʻzining yorqin oʻrnini egallaydi. Tez orada mexmon kutishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz albatta ushbu tortni tayyorlang!
Kerakli masalliqlar:
Tayyorlash usuli:
1. Tvorog va smetanani birlashtiring va bir xil massa hosil boʻlgunga qadar koʻpirtiring.
2. Shakar yoki asalni qoʻshing.
3. Jelatinni 5-10 daqiqa xona haroratida turgan suvda uyuting.
4. Jelatin uyigunga qadar tanlangan mevani hohishingizdagidek boʻlaklarga boʻling.
5. Uyutilgan jelatinni oʻrta olovda, butunlay erigunga qadar qaynash darajasiga olib boring. Biroq, qaynatib yubormang.
6. Jelatinni tvorogli massaga nozik oqimda quying. Extiyotkorlik bilan aralashtiring va koʻpirtiring.
7. Tort uchun qolipning tag qismiga mevalarni tering va tvorogli massani quying.
8. Tortni 1-2 soatga muzlatgichga qoʻying. Belgilangan vaqt oʻtib, tortni extiyotkorlik bilan qolipdan ajrating va yalpiz barglari, mevalar bilan bezating. Dasturxonga torting.Yoqimli ishtaxa!
Kerakli masalliqlar:
- 500 gramm tvorog
- 300 gramm smetana
- 30 gramm jelatin
- 1 stakan suv
- 200 gramm shakar yoki 3 osh qoshiq asal
- Taʼbga koʻra yumshoq mevalar (kivi, qulupnay, chernika)
- Bezash uchun yalpiz barglari va meva
Tayyorlash usuli:
1. Tvorog va smetanani birlashtiring va bir xil massa hosil boʻlgunga qadar koʻpirtiring.
2. Shakar yoki asalni qoʻshing.
3. Jelatinni 5-10 daqiqa xona haroratida turgan suvda uyuting.
4. Jelatin uyigunga qadar tanlangan mevani hohishingizdagidek boʻlaklarga boʻling.
5. Uyutilgan jelatinni oʻrta olovda, butunlay erigunga qadar qaynash darajasiga olib boring. Biroq, qaynatib yubormang.
6. Jelatinni tvorogli massaga nozik oqimda quying. Extiyotkorlik bilan aralashtiring va koʻpirtiring.
7. Tort uchun qolipning tag qismiga mevalarni tering va tvorogli massani quying.
8. Tortni 1-2 soatga muzlatgichga qoʻying. Belgilangan vaqt oʻtib, tortni extiyotkorlik bilan qolipdan ajrating va yalpiz barglari, mevalar bilan bezating. Dasturxonga torting.Yoqimli ishtaxa!Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!