🍰 Shirinliklar

Tvorogli zapekanka

1 daqiqa 2.7K marta oʻqildi
Tvorogli zapekanka
Tvorogni hushlamaydigan bolajonlar uchun ajoyib tanlov. Nafaqat bolajonlar balki, kattalar uchun ham juda maʼqul boʻladi. Har qanday dasturxondan oʻzining yorqin oʻrnini egallaydi. Nozik va mazali ushbu zapekankani yaqinlaringiz uchun tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:
  • 500 gramm tvorog
  • 600 gramm qovoq pyuresi (500 gramm asosiga, 100 gr ustki qismi uchun)
  • 190 gramm shakar (100 gr tvorog uchun+70 gr qovoqga+20gr)
  • 5 dona tuxum (2 ta tvorog+2ta tuxum+1ta ustiga)
  • 2 osh qoshiq kraxmal (1 osh qoshiqdan tvorog va qovoq uchun)
  • 25 gramm mak
  • 1 dona apelsin poʻsti
  • 100 gramm smetana

Tayyorlash usullari:
1. Makni 15 daqiqa davomida, past olovda qaynating, suvdan ajaratib, makni quriting. Tvorogni 100 gramm shakar bilan blendrda, bir xil massa holigacha aralashtiring. Tvorog, 2 dona tuxum, 1 osh qoshiq kraxmal va makni birlashtiring.
Tvorogli zapekanka2. Qovoqni gaz pechida pishiring va qovoq pyuresini tayyorlang. Ortiqcha sharbatini ajratish uchun doka yordamida siqib oling. Qovoq, 70 gramm shakar, maydalangan apelsin poʻsti, 2 dona tuxum, 1 osh qoshiq kraxmalni birlashtirib, aralashtiring.
Tvorogli zapekanka3. Pishirish qolipi pastki qismiga pergament qogʻozi soling. Qolip devorlari va pergament qogʻozini yog' bilan surting va un seping. Tayyorlangan massalardan 1 osh qoshiqdan, pishirish qolipi markazidan, navbatma-navbat solib chiqing.
Tvorogli zapekanka4. Pishirish qolipini extiyotkorlik bilan silkiting. Solingan massa pishirish qolipi boʻylab yoyilsin.
Tvorogli zapekanka5. Zapekankani kesganingizdan soʻng, yanada ishtaxa ochar koʻrinishga ega boʻlishi uchun yogʻoch tayoqchada naqshlar hosil qiling.170 darajada qizdirilgan gaz pechida 40-50 daqiqa davomida pishiring.
Tvorogli zapekanka6. Zapekanka ustidan quyish uchun 20 gramm shakar, 1 dona tuxum va 100 gramm qovoq pyuresini birlashtiring. Belgilangan vaqt oʻtib, zapekanka ustidan tayyorlangan massani quying va yana 7-10 daqiqa davomida pishiring. Tayyor zapekankani qolipda sovuting.
Tvorogli zapekanka7. Belgilangan vaqt oʻtib, nozik zapekankani dasturxonga torting.Yoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.