Kuchlikdan ham kuchli bor

Judayam chiroyli, qomatlari kelishgan yosh qiz kuchli, gavdali, navqiron yigit bilan ketayotgan edi. Ulardan oldinroqda, keksa, qaltiroq kasalga chalingan chol zoʻrgʻa gandiraklab yurib borardi.
Yigit va qiz aynan unga yaqinlashishganida cholning oyogʻi loy suv bilan toʻlgan chuqurga tushib, qizning kiyimlariga koʻpgina suv sachrab ketdi. Qiz:
- Nimalar qilding, hayvon, befarosat chol, eshak?! - deb chunonam cholning yuziga qichqirdiki... yigit hech narsani oʻylamay cholga qattiq zarba berib yiqitdi. Nafrat bilan qarashdi.
Chol asta oʻrnidan turar ekan, yigitning baquvvat mushaklari, boʻy - bastini koʻrib, javob zarbasini bera olmasligini tushunardi. Hech kim eshitib tushuna olmaydigan, zaif ovozda nimalarnidir pichirlardi. U hali turib ulgurmasdan, chuqurning yonidagi binoga yigit va qiz kirib ketishdi. Binoning zinalaridan koʻtarilar ekanlar, yigitning bexosdan oyoqlari toyilib yiqildi. U dumalab binodan chiqib, aynan chol yiqilgan chuqurga kelib boshi bilan tushdi. Oʻsha zahoti oʻldi.
Qiz:
- Sevgilim, sevgilim, - deb baqira boshladi.
Cholga qarab:
- Sen uni oʻldirding! Sen aybdorsan! - deb bor ovozi bilan qichqirdi. Yaqinlarini chaqirdi. Darrov odamlar toʻplandi. Barchalari cholni aybdor deb bilib, qozining huzuriga olib bordilar. Qiz:
- Bu chol, sehrgar, jodugar, u nimalarnidir aytib, pichirlagandan keyin, erim yiqilib oʻldi! - dedi. Qozi choldan soʻradi:
- Nima boʻldi?
Chol dedi:
- Oyogʻim bexosdan suv toʻplangan chuqurga tushib ketdi. Bu qizning ustboshiga sachradi. U bilan birga boʻlgan yigit mening boshimga qattiq urdi. Unga mening kuchim yetmasdi. Lekin men «Allohim, bu yigit oʻz kuchini menda koʻrsatdi. Sen ham Oʻz kuchingni unda koʻrsat!» dedim. Hech qancha fursat oʻtmay u oʻsha chuqurga tushib oʻldi.
Qozi qizga qarab:
- Turmush oʻrtogʻingni bu chol oʻldirmabdi.
U sening holingdan gʻazablanib, buni uribdi. Buning Robbisi esa, eringni jonini olibdi! - dedi.
Zulm koʻrsangiz, Allohga yuzlaning. U Eshituvchi. U Koʻruvchi.
Oyoqlaringiz yerda iz qoldirsa, tilingiz qalblarda qoliradi.
Qanday iz qoldirish oʻz ixtiyoringizda.
Hech kimni gʻiybat qilmaydigan, tili bilan ozor bermaydigan, oʻzini oʻzgalardan afzal bilmaydigan boʻlish, qanday yaxshi!
Bu dunyoda barchamiz musofirmiz. Bir -birimizni ranjitmaylik
© Ummu Abdulloh

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!