📖 Hikoyalar

Adolatli boʻling

1 daqiqa 3.5K marta oʻqildi
Adolatli boʻling
Masjiddan qaytayotgan ikki qoʻshni suhbatidan:
– Qoʻshni, yangi imomizning qiroatlari chiroyli ekan-a! Namozlarni maza qilib oʻqiyapmiz.
Maʼruzalari ham maʼnoli, Qurʼon-hadisdan gapirar ekanlar. Alloh rozi boʻlsin, ilmli inson ekanlar.

– "Olim boʻlma, odam boʻl", deyishadi. Ilm boʻlsa-yu, ilmiga amal qilmasa bundan yomoni yoʻq. Baʼzi imom-domlalar ilmiga amal qilmaydi.
Bu yangi domlayam eski imomimizdek ilmiga amal qilmas ekan...

– Hoy, qoʻshni, mayli domlalarni qoʻyib turaylik. Sizdan anchadan beri bir narsa haqida soʻramoqchi boʻlib turgandim.
Harqalay diniy ilmingiz mendan koʻra tuzukroq. Ayrimlar gʻiybat qilishni hanafiy mazhabidan boshqa mazhablarda joiz deyishyapti. Haqiqatan ham baʼzi mazhablarda gʻiybat qilish joizmi?

– Kim aytyapti shu gapni?! Gʻiybatni mutlaq harom qilingani aynan Qurʼonning oʻzida zikr qilingan. Toʻrtala mazhabda ham gʻiybat qilish – harom! Men buni aniq bilaman!

– Gʻiybat hukmini aniq bilsangiz nega oʻzingiz amal qilmaysiz? Nega mulla-imomlarni hadeb gʻiybat qilaverasiz?
Agar ular ilmiga amal qilmasa, siz ham bilganingizga amal qilmayapsiz-ku!
Bir vaqtning oʻzida "ilmiga amal qilmaydi", deb ikkala imomimizni ham gʻiybat qildingiz-a!
Ustiga-ustak, “Toʻrtala mazhabda ham gʻiybat qilish – harom! Men buni aniq bilaman!” – deyishingiz meni hayron qoldirdi. Ilmiga amal qilmayotgan biror domlani koʻrganimizda oʻzimiz ham qanchadan-qancha bilganlarimizga amal qilmayotganimizni ham oʻylaylik! Musulmon odam har tomonlama insofli, adolatli boʻlishi kerak, qoʻshni!

– Gapingiz toʻgʻri, qoʻshnijon. Gʻaflatda qolibman, tavba qildim! Koʻzimni ochdingiz. Sizdek insonni menga qoʻshni qilib bergan Alloh taologa hamdu sanolar boʻlsin!..
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Olmos
Hikoyalar

Olmos

10-sentabr, 20202.2K
Gʻazab
Hikoyalar

Gʻazab

12-sentabr, 20203.5K
Otam
Hikoyalar

Otam

18-sentabr, 20203.3K