🍛 Taomlar

Tuxum-koʻkatli pirog

3.2K marta oʻqildi
Tuxum-koʻkatli pirog
Bu juda ham ajoyib! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:
Xamir uchun:
  • 4 dona tuxum
  • Tuz
  • 7 osh qoshiq un
  • 1/3 ichimlik sodasi
  • 200 gramm smetana
  • 1 osh qoshiq mayonez
Asosiga:
  • 6 dona pishirilgan tuxum
  • 1 bog' koʻk piyoz (katta)
  • Tuz va murch
Tayyorlash usuli:
1. Birinchi navbatda xamirni tayyorlang. Tuxumni tuz bilan koʻpirtiring. Smetana va mayonezni soling, aralashtiring. Un va ichimlik sodasini solib, xamir qoring.
Tuxum-koʻkatli pirogTuxum-koʻkatli pirog2. Asos uchun tuxum va koʻk piyozni mayda shaklda toʻrgʻang. Taʼbga koʻra tuz soling va aralashtiring.
Tuxum-koʻkatli pirog3. Yog' surtilgan pishirish qolipiga xamirning yarim qismini quying. Asosni soling va qolgan xamir qismini quying, tekislang. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 25-35 daqiqa davomida pishiring.
Tuxum-koʻkatli pirog4. Tayyor va mazali pirogni dasturxonga torting.
Tuxum-koʻkatli pirogTuxum-koʻkatli pirogYoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!