Gilos-tvorogli pirog

Eʼtiboringizga nozik va juda ham mazali pirog retseptini taqdim etamiz. Taomnoma uchun yangilik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!
Kerakli masalliqlar:
1. 1 dona tuxum, 1 osh qoshiq shakar, bir chimdim tuz, 1 osh qoshiq qaymoqni birlashtiring va venchik yordamida koʻpirtiring.
2. Eritilgan saryogʻni quying va koʻpirtirishda davom eting.
3. Unni qoʻshing, yumshoq va choʻziluvchan xamir qoring.
4. Yog' surtilgan pishirish qolipiga xamirni devorlari boʻylab yoying. Soʻng, 30 daqiqaga muzlatgichga qoʻying.
5. Bu vaqt mobaynida pirog asosini tayyorlang. Blender idishiga tvorog, qaymoq, tuxum, shakar, vanilin, kraxmalni solib, bir xil massa hosil boʻlgunga qadar koʻpirtiring.
6. Gilos danaklarini ajrating, yuving va sitoga soling. Ortiqcha suvi ajralishi uchun.
7. Pishirish qolipidagi xamirga tayyorlangan tvorogli asosni soling va tekislang.
8. Tvorogli asos ustidan gilos mevasini terib chiqing. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 45-55 daqiqa davomida pishiring.
9. Belgilangan vaqt oʻtib, tayyor pirogni butunlay sovuting. Soʻng, dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!
Kerakli masalliqlar:
- 200 gramm un
- 100 gramm saryog'
- 1 osh qoshiq + 150 ml qaymoq
- 1 osh qoshiq + 150 gramm shakar
- Bir chimdim tuz
- 200 gramm gilos
- 200 gramm tvorog
- 1 dona + 2 dona tuxum
- 1 choy qoshiq vanilin
- 1 osh qoshiq kraxmal
1. 1 dona tuxum, 1 osh qoshiq shakar, bir chimdim tuz, 1 osh qoshiq qaymoqni birlashtiring va venchik yordamida koʻpirtiring.
2. Eritilgan saryogʻni quying va koʻpirtirishda davom eting.
3. Unni qoʻshing, yumshoq va choʻziluvchan xamir qoring.
4. Yog' surtilgan pishirish qolipiga xamirni devorlari boʻylab yoying. Soʻng, 30 daqiqaga muzlatgichga qoʻying.
5. Bu vaqt mobaynida pirog asosini tayyorlang. Blender idishiga tvorog, qaymoq, tuxum, shakar, vanilin, kraxmalni solib, bir xil massa hosil boʻlgunga qadar koʻpirtiring.
6. Gilos danaklarini ajrating, yuving va sitoga soling. Ortiqcha suvi ajralishi uchun.
7. Pishirish qolipidagi xamirga tayyorlangan tvorogli asosni soling va tekislang.
8. Tvorogli asos ustidan gilos mevasini terib chiqing. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 45-55 daqiqa davomida pishiring.
9. Belgilangan vaqt oʻtib, tayyor pirogni butunlay sovuting. Soʻng, dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!