🍛 Taomlar

Pirog "Sabzavotlar savatchasi"

1 daqiqa 1.8K marta oʻqildi
Pirog "Sabzavotlar savatchasi"
Eʼtiboringizga vitaminlarga boy va mazali pirogni taqdim etamiz. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:
  • 2 stakan qovoq (kabachki, qirgʻichdan chiqarilgan)
  • 1 stakan sabzi (qirgʻichdan chiqarilgan)
  • 0,3 stakan oshqovoq (qirgʻichdan chiqarilgan)
  • 4 osh qoshiq oʻsimlik yogʻi
  • 1 choy qoshiq tuz
  • 0,5 stakan un
  • 100 gramm pishloq
  • 2 dona pomidor
  • 2 dona tuxum
  • 150 ml sut
  • Bir chimdimdan muskat yongʻogʻi, murch
  • 1 bog' koʻkat
  • 100 gramm shampinon (pishirilgan)
Pirog "Sabzavotlar savatchasi"Tayyorlash usuli:
1. Qirgʻichdan chiqarilgan sabzavotlarni ortiqcha sharbatidan siqib oling. Qovoq, oshqovoq va sabzini birlashtirib, 4 osh qoshiq oʻsimlik yogʻi va 0,5 stakan un solib, aralashtiring.

2. Yog' surtilgan pishirish qolipiga sabzavotli massani devorlari boʻylab yoyib chiqing.
Pirog "Sabzavotlar savatchasi"3. 190 darajada qizdirilgan gaz pechida 25 daqiqa davomida pishiring. Soʻng, qirgʻichdan chiqarilgan pishloq, mayda toʻrgʻalgan shampinonni soling.
Pirog "Sabzavotlar savatchasi"4. Pomidorni yupqa, yumaloq shaklda kesing va qizdirilgan yogʻda har tomonlama qovuring. Tuxum va 150 ml sutni birlashtirib, koʻpirtiring. Muskat yongʻogʻi, murch va tuzni solib, aralashtiring. Pishirish qolipidagi yarim tayyor masalliqlar ustiga sutli massani quying, pomidor boʻlaklarini terib chiqing.
Pirog "Sabzavotlar savatchasi"5. Koʻkat seping, 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqa davomida pishiring. Tayyor va nozik pirogni dasturxonga torting.Yoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!